Umumiy pedagogika


Ta’limning oshkoraligi va oʻzgaruvchanligini ta’minlash tamoyili



Yüklə 2,54 Mb.
səhifə238/261
tarix26.11.2023
ölçüsü2,54 Mb.
#136132
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   261
UMK 3 kurs um.ped. FILOL Jumaniyoziva

6. Ta’limning oshkoraligi va oʻzgaruvchanligini ta’minlash tamoyili (masofaviy ta’limning yosh, ma’lumoti jihatidan turlicha boʻlgan talabalar uchun qulayligini, oʻqitishning ochiq rejalashtirilishini; ta’lim vaqti, sur’ati va joyini erkin tanlash imkoniyati mavjudligini; oʻquv mashg‘ulotlarida ixtiyoriy qatnasha olishini, izchillik, tizimlilik, uzviylik nuqtai nazaridan oʻquv materiallarining muntazam oʻzgarib borishini ta’minlash imkoniyatiga egaligi tavsiflaydi).
7. Zamonaviy axborot texnologiyalarini qoʻllashning pedagogik maqsadga egaligi tamoyili (unga koʻra masofaviy ta’lim tizimini loyihalashtirish, yaratish va tashkil etishda mavjud texnik vositalarini maqsadga muvofiq qoʻllanilishi tahlil qilib borilishi hamda ularni qoʻllashda yoʻl qoʻyilishi ehtimoli boʻlgan xatolarning oldi olinishi lozim).
Oʻquv yurtlarida masofaviy ta’limning tashkil etilishi muayyan jarayon sifatida kechadi. Tabiiyki, har bir jarayon ma’lum bosqichlarda amalga oshiriladi. Masofaviy ta’limni tashkil etish bosqichlar quyiagilardir: Oʻquv muassasaslarida masofaviy ta’limni amalga oshirish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi (3-rasm):

Amalga oshirish bosqichlari





Loyihalashtirish bosqichi

Tahlil bosqichi





О‘quv kontentlarini yaratish bosqichi

Joriy qilish bosqichi




Ishga tushirish bosqichi



Rivojlantirish bosqichi




3-rasm. Masofaviy ta’limni amalga oshirish bosqichlari.

Ayni oʻrinda masofaviy ta’limni amalga oshirish bosqichlarining mohiyati xususida soʻz yuritiladi.


1. Tahlil bosqichi (unda oʻquv muassasining masofaviy ta’limni tashkil etishga boʻlgan ehtiyoji, ta’lim oluvchilarning soni, ta’lim shakli, metod va vositalari, loyihani amalga oshirish uchun zarur boʻlgan texnik, dasturiy va inson resurslari, loyihani iqtisodiy asoslari tahlil qilinadi).

Yüklə 2,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin