Pedagogik amaliyotni tashkil etishga doir hujjatlar tо‘plami (“Pedagogik amaliyotni tashkil etish va о‘tkazish tо‘g‘risida”gi Nizom, pedagogik amaliyot topshiriqlari, talabalarning amaliyotdagi faoliyatini baholovchi mezonlar Nazorat-sinov ishlari (test savollari tо‘plami, amaliy topshiriqlar, laboratoriya ishlari vazifalari, ijodiy loyiha, BMI mavzulari, talabalar BKMni baholash mezonlar
О‘quv modelini mustaqil о‘zlashtirish uchun maxsus saytlar rо‘yxati
Shu bilan birga masofaviy ta’lim texnologiyalari quyidagi qoʻshimcha talablarga javob bera olishi zarur:
1. Adaptatsiya (ta’lim oluvchining oʻz shaxsi, turar-joy sharoiti, moliyaviy ahvoli, psixologik va fiziologik xususiyatlari koʻra ta’lim jarayoniga moslasha olishi zarurligini ifodalaydi).
2. Iqtisodiy muvofiqlik (bu talab ta’lim tizimini moliyalashtirishda mablag‘lar miqdorining cheklanganligini bildiradi).
3. Oʻzgaruvchanlik (u ta’lim sifati va mazmunini tezkor, izchil, uzluksiz yangilab borish, oʻquv manbalari va materiallarini modernizatsiyalash zarurligini anglatadi).
4. Nazorat (oʻqitishning barcha bosqichlarida ta’lim natijalarini sifatli nazorat qilish, tinglovchi shaxsini aniqlash muhimligini ifodalaydi)
Axborot texnologiyalarini ta’lim jarayoniga tatbiq etishda bu tizimda faoliyat olib boruvchi oʻqituvchilar malakasini oshirishga yuqori talablar qoʻyiladi. Oʻqituvchi malaka oshirish tizimiga kelishlari bilan ta’lim berish subyektidan ta’lim olish obyektiga aylanadi va oʻquv jarayonidagi oʻzaro munosabatlar xarakteri oʻzgaradi.