Umumiy pedagogika


Ta’lim jarayonining ta’lim berish funksiyasi



Yüklə 2,54 Mb.
səhifə65/261
tarix26.11.2023
ölçüsü2,54 Mb.
#136132
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   261
UMK 3 kurs um.ped. FILOL Jumaniyoziva

1.Ta’lim jarayonining ta’lim berish funksiyasi–o‘quvchilarda bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat.

Didaktika (ta’lim jarayoni)ning quyidagi uchta funksiyasini ajratib koʻrsatadi: ta’lim berish, rivojlantirish va tarbiyalash.
Ta’lim natijasi sifatida bilimlarning toʻlaligi, chuqurligi, tizimliligi, anglanganligi, mustahkamligi va amaliy xususiyat kasb etishi muhimdir. Bu kabi holatlar ta’lim jarayonining metodik jihatdan toʻg‘ri tashkil etilganligini ifodalaydi.
Ta’lim jarayonida oʻquvchilarda ular tomonidan oʻzlashtirilgan nazariy bilimlar asosida hosil qilingan amaliy koʻnikma va malakalarning shakllanishi ham alohida ahamiyatga ega.
Umumiy koʻnikma va malakalarga og‘zaki va yozma nutqni bilish, axborot materiallaridan foydalana olish, oʻqish, manbalar bilan ishlash, referat yozish, mustaqil ishni tashkil etish kabilar kiradi.

2.Ta’limning rivojlantiruvchi funksiyasi ta’lim jarayonida bilimlarni o‘zlashtirish jarayonida o‘quvchining rivojlanishi sodir bo‘lishini ifodalaydi

Rivojlanish quyidagi yoʻnalishlarda sodir boʻladi: nutq, fikrlash, sensorli – harakatli va hissiy – irodaviy sohalarning rivojlanishi. Toʻg‘ri tashkil etilgan ta’lim shaxsni har doim rivojlantiradi. Ta’lim-tarbiya jarayonida oʻquvchini har tomonlama rivojlantirish, birinchi navbatda, aqliy rivojlantirish (analiz qilish, taqqoslash, turlarga ajratish, xulosa chiqarish, obyektlarning muhim belgilarini ajrata bilish, faoliyat maqsadi va usullarini aniqlashni oʻrgatish, natijalarni tekshirish malakasini rivojlantirishga e’tibor qaratish lozim.


Ta’lim jarayoni tarbiyalovchi xususiyatga ham ega. Tarbiya va ta’lim oʻrtasidagi bog‘liqlik obyektiv va qonuniy hisoblanadi. Biroq shaxsni ta’lim jarayonida tarbiyalash tashqi omillar (oila, mikromuhit va boshqalar)ning ta’siri tufayli qiyin kechadi.

3.Ta’limning tarbiyalash funksiyasi turli ijtimoiy tuzum hamda sharoitda ham yaqqol namoyon bo‘lib, ta’lim mazmuni, shakli va metodlarining mohiyati bilan belgilanadi va o‘qituvchi hamda o‘quvchilar o‘rtasidagi munosabatlarni tashkil etish jarayonida yetakchi o‘rin tutadi


Ta’lim jarayonida shaxsning ma’naviy-axloqiy va estetik tasavvurlari, xulq-atvori va dunyoqarashi shakllantiriladi. Ta’limni tarbiyasiz va rivojlanishsiz tasavvur qilib boʻlmaydi. Bu uzviylik ta’lim jarayonida maqsad, vazifa, shakl va metodlar, vositalar kabi kategoriyalar oʻrtasida oʻzaro aloqani vujudga keltiradi.

Yüklə 2,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin