Umumiy pedagogika


Kognitiv (bilishga oid) soha



Yüklə 2,54 Mb.
səhifə153/261
tarix26.11.2023
ölçüsü2,54 Mb.
#136132
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   261
UMK 3 kurs um.ped. FILOL Jumaniyoziva

Kognitiv (bilishga oid) soha. Bu oʻqituvchining bilim, koʻnikma malakani egallashgacha boʻlgan pedagogik-psixologik talablarni oʻz ichiga oladi. YA’ni, yangi bilimlarni oʻzlashtirish, uning mazmun va mohiyatini chuqur anglash, hayotda qoʻllay bilish, turli nazariy g‘oyalarni qiyosiy tahlil etish zamirida xulosalar chiqarish, axborotlarni toʻg‘ri qabul qilish va baholash kabilarni oʻzida namoyon etadi. Bilish falsafiy nuqtai nazardan “ma’naviy-ruhiy hodisa” insonning olamini anglash qobiliyati, saralangan,tartibga solingan, muayyan usul (metod) yordamida olingan, ma’lum mezonlarga (me’yorlarga) muvofiq tartibga solingan, ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan, odamlar va butun jamiyat tomonidan aynan bilish sifatida tan olinadigan axborot. U amal qilinish darajasiga koʻra kundalik yoki odatdagi va maxsus; sohalarga koʻra kasbiy va amaliy; shaxsga doir aqliy bilish va hissiy bilish turlariga boʻlinishi mumkin.59
DTS, darsliklar, dasturlar, oʻquv metodik qoʻllanmalar, ilmiy-nazariy adabiyotlar, AKT yangiliklari, ilg‘or amaliy tajriba natijalari bilish uchun vositadir. Kognitiv maqsadlarga asosan dars jarayonida erishiladi.
Affektiv (hissiyotli-qadriyatli)soha. Bunga, ilmiy-nazariy bilimlarni oddiy idrok etish, ularni chuqur oʻzlashtirish va oʻz munosabatlarini bayon etish bosqichlaridan to oʻqituvchining atrof-muhitga, boʻlayotgan voqea-xodisalarga nisbatan hissiy-shaxsiy nuqtai-nazarini shakllantiruvchi maqsadlar majmuasi kiradi. Oʻquvchining u yoki bu nuqtai nazarga, voqea-xodisaga qiziqishi, oʻz munosabatini bildirishi, mohiyatan anglab etishi, xulosa chiqarishi, qaror qabul qilishini shakllantirish kabi maqsadlar shular jumlasidandir.
Bu oʻrinda hissiyotni ijobiy natija uchun yoʻnaltirish, uni jilovlay bilish, qoʻyilgan maqsadga etish uchun zamindir. Affektiv maqsadlar shaxsning ichki hissiy holati, rivojlanish darajasi bilan bog‘liq. Bu taksanomiya asosan tarbiya natijasini tashxislashda qoʻllaniladi.
Psixomotor (xarakatga oid) soha. Bu oʻqituvchining psixologik, ma’naviy xatti-xarakatini maqsad sari yoʻnaltirish bilan bog‘liq holatdir. YA’ni, unga harakat yoʻnalishini ongli ravishda boshqarish, harakatlarning oʻz oʻrnida, oʻqituvchi-oʻquvchi eteketi doirasida boʻlishini ta’minlash, chaqqonlik, aktyorlik mahoratini namoyon etish, tartibli, estetik harakatni muvofiqlashtirish, shakllantirishga oid maqsadlar kiradi.
Psixomotor soha oʻquv maqsadlari aniq namoyon boʻladigan hatti-xarakatlar bilan xarakterlanadi.
B.Blum taksanomiyasining tarkibiy qismlari: bilish,tushunish, qoʻllash, analiz, sintez, baholash kabilardan iboratdir.
Bilish- ilmiy-nazariy bilimlarni g‘oyalar, aniq dalillar, xulosa va tavsiyalar, amaliy tajriba asosida xotirada saqlab qolishdan iboratdir. Egallangan bilim takrorlash zamirida mustahkamlanadi, darslikdan tashqari uslubiy, oʻquv qoʻllanmalar, OAV, internet materiallari vositasida toʻldiriladi, boyitiladi. Bilish ma’naviy komillik poydevoridir. B.Blum taksanomiyasi boʻyicha kognitiv sohada quyidagi talablarga alohida e’tibor berish maqsadga muvofiqdir:

  • ilmiy-nazariy dalillar, atamalarni bilish;

  • dalillarni tanlash va anglash usulini bilish;

  • voqea-xodisalarning taraqqiyot dinamikasini bilish;

  • guruhlash, tabaqalash, turkumlashni bilish;

  • nazorat qilish, xulosalash, baholash mezonlarini bilish;

  • qoʻllaniladigan usul va yoʻllarni bilish;

  • voqea-xodisalarning borishi, natijasi, mohiyatini oldindan bashoratlashni bilish;

  • egallangan nazariy bilimlarni amaliy faoliyatda, jarayon va holatda qoʻllashni bilish.


Yüklə 2,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin