Umumpedagogik tamoyillar ilmiylik; izchillik; sistemalilik; ijtimoiy-g‘oyaviylik; ko‘rgazmalilik; ta'lim-tarbiya birligi; nazariyaning amaliyot bilan bog‘liqligi; insonparvarlik; ta'lim-tarbiyaning o‘quvchilar yosh psixologik xususiyatlariga mosligi;
бола шахсини ҳурмат қилиш;
педагогик ҳамкорлик;
коммуникативлик;
фанлараро алоқадорлик;
интерфаол шакл, метод яхлитлиги, устуворлиги.
SHaxs tuzilmasiga yoʻnaltirilganlik boʻyicha (informatsion, operatsion, hayajonli-ahloqiy, oʻz-oʻzini rivojlantiruvchi, evristik va amaliy). Mazmunli va tuzilish xarakteri boʻyicha (ta’limiy va tarbiyaviy, dunyoviy va diniy, umumta’lim va kasbga yoʻnaltirilgan, gumanitar va texnokratik, turlicha sohaviy texnologiyalar, xususiy predmetli hamda monotexnologiyalar va politexnologiyalar).
Tashkiliy shakllar boʻyicha (sinf-dars, muqobilli, akademik, yakka tartibli, guruhli, jamoa boʻlib oʻqish usullari, tabaqalashtirilgan ta’lim).
Bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish turi boʻyicha (ma’ruzali klassik oʻqitish; audiovizual texnik vositalar yordamida oʻqish; “maslahatchi tizim”; kitob yordamida oʻqitish; “repetitor” tizimi; “dasturli ta’lim” ).
Bolaga yondashish boʻyicha (avtoritar, didaktotsentrik, shaxsga yoʻnalgan texnologiyalar, hamkorlik texnologiyasi, erkin tarbiyalash texnologiyasi, ezoterik texnologiyalar).
Ustuvor metodlar boʻyicha (reproduktiv, tushuntirish-koʻrsatish, rivojlantiruvchi ta’lim, muammoli ta’lim, ijodiy; dasturli ta’lim, dialogli, oʻyinli ta’lim, oʻz-oʻzini oʻqitish ta’limi, informatsion ta’lim).
Mavjud an’anaviy tizimlarni yangilash yoʻnalishlari boʻyicha (munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratlashtirish asosida; bolalar faoliyatini faollashtirish va jadallashtirish asosida; tashkillashtirish va boshqarish samaradorligi asosida; oʻquv materiallarini metodik va didaktik rekonstruksiyalash asosida; tabiatan monandlik, muqobillik texnologiyalari; mualliflik maktabining yagona texnologiyasi).
Tahsil oluvchilar toifasi boʻyicha (ommaviy texnologiya, olg‘a odimlovchi ta’lim, toʻldirvchi, oʻzlashtirmovchilar bilan ishlash texnologiyalari, iqtidorlilar bilan ishlash texnologiyalari).
Pedagog olimlarning tasnifiga koʻra ta’lim-tarbiya amaliyotda pedagogik texnologiyalarning juda koʻplab turlaridan foydalaniladi. Pedagogik texnologiyalardan ilmiy-texnik resurslar bazasi, oʻquv fani xarakteri, maqsad va vazifalari, mazmuni, didaktik jarayonning mohiyati, sub’ektlar imkoniyati, motivatsiyasi, muhit va sharoit inobatga olinadi.