Xususiy tamoyillar ijodkorlik, tashabbuskorlik; ta'lim-tarbiya jarayoniga dasturiy munosabat; o‘quv-tarbiya jarayonini oldindan loyihalash; uzviylik va uzluksizlik; texnologik yondashuvning ustuvorligi; sub'ekt-sub'ekt munosabatlarning ustunligi; ilmiy-texnik yutuklar, ilg‘or tajribalar, pedagogik g‘oyalar yaxlitligi; qiziqarlilik, faollik; natijaning ustuvorligi, kafolatliligi; motivatsiyaning yuqoriligi.
Ta’lim-tarbiya jarayoniga texnologik yondashuv asosida loyihalashtirish va uni amaliyotga tatbiq etishda bir qator ta’limiy-tarbiyaviy vazifalar oʻz-oʻzidan hal etiladi. Jumladan, umumiy va xususiy maqsadlar, ta’lim-tarbiya tamoyillari, qonuniyatlari aniqlanadi, jarayon loyihalashtiriladi (shakl, metod, vosita, mazmun, vaqt me’yorlari, bilim, malaka, koʻnikma mezonlari, ilg‘or tajriba, fan-texnikaning zamonaviy yutuqlari, xalqaro ta’lim-tarbiya natijalariga qoʻyiladigan talablar, pedagogik ijodiy hamkorlik va b.q), tashxislanadi, ta’lim-tarbiyaning mazmunan va tematik yangi yoʻnalishlari belgilanadi, jarayonni boshqarishning innovatsion shakli aniqlanadi, natijalar standartlashtiriladi, ta’lim-tarbiya jarayonining ham ob’ekti ham sub’ekti hisoblangan oʻqituvchi va oʻquvchi kommunikativ faoliyatining shakli va mazmuni rejalashtiriladi.Oʻqituvchi va oʻquvchining ichki va tashqi resurslaridan oqilona foydalaniladi.
Ta’lim-tarbiya jarayonining muvaffaqiyatini kafolatlovchi pedagogik omillardan biri tamoyillar hisoblanadi.
“Ta’lim tamoyillari- ta’lim nazariyasining asosiy etakchi qoidalari boʻlib, oʻqitish asosidagi ta’lim va uni tashkil etish jarayonini tashkil etish mazmuni, shakli, metodi, vositalarini tanlashini belgilaydigan boshlang‘ich asos hisoblanadi”56.
Ta’lim-tarbiya jarayonida foydalaniladigan tamoyillar loyihalashtirilgan dars mavzusining xarakteri, oʻquvchi shaxsi hamda sinf jamoasining oʻquv fanga boʻlgan qiziqishi, qobiliyati, ehtiyoji, dunyoqarashi, psixologik xususiyatlari, motivatsiyasi, faolligi va boshqa xususiyatlariga qarab tanlanadi. Bir oʻquv-tarbiyaviy mashg‘ulot jarayonida bir necha tamoyillardan foydalaniladi.
Pedagog olimlarning tasnifiga koʻra pedagogik texnologiyalar mazmun, mohiyat, yoʻnalishiga qarab 12 ta turga ajratiladi.57 Qoʻllanish darajasi boʻyicha (umumiy pedagogik; xususiy predmetli; lokal, modulli, tor pedagogik).
Falsafiy asos boʻyicha (materialistik, idealistik, dialektik, metafizik, insonparvar, antroposofiya, teosofiya, pragmatistik, ekzistensialistik).
Ruhiy rivojlanishning etakchi omillari boʻyicha (biogenli, sotsiogenli, psixogenli).
Oʻzlashtirish konsepsiyasi boʻyicha (assotsativ-reflektorli, rivojlantiruvchi, bixevioristik, geshtalttexnologiya, suggestiv, neyrolingivistik).