Pedagogik texnologiya- ilmiylikka asoslangani holda, vaqt va makonga nisbatan dasturlashtirilgan, oldindan aniq belgilangan natijaga olib keluvchi, pedagogik jarayonlarga oid komponentlarning barchasini birdek ishga sola oluvchi tizimdir. (R.Jo‘raev)
Pedagogik texnologiya- dunyo fan-texnika taraqqiyoti talablari asosida kadrlar tayyorlash sifat samaradorligini ta'minlash maqsadida o‘qituvchi va o‘quvchining intellektual imkoniyatlari, mahorati ilg‘or pedagogik tajribalar, fan yutuqlaridan unumli foydalangan holda o‘quv-tarbiya jarayonini modernizatsiya qilish, loyihalashtirish, oldindan rejalashtirilgan, yuqori natijaga erishish kafolatidir. (O.Musurmanova)
Pedagogik texnologiya- ta'lim shakllarini takomillashtirish vazifasini ko‘zlagan o‘qitish va boshqalarni o‘zlashtirishining barcha jarayonlarini texnika va inson omillarida, ularning birgalikdagi harakatlari vositasida yaratish, tatbiq etish va aniqlashning izchil metodi demakdir. (YuNeSKO)
Pedagogik texnologiyalarning negizida oʻquvchi va oʻqituvchining ijodiy pedagogik faoliyati yotadi.
Pedagogik faoliyatni yaxlit qamrab olishga qaratilgan pedagogik texnologiyani vertikal tuzulmasini 4 guruhga ajratish mumkin. (G.K.Selevko)
Metatexnologiya- mohiyatan ijtimoiy-siyosiy, ta’lim-tarbiyaviy jarayonning geografiyasini kengligi bilan xarakterlanadi. YA’ni mamalakat, mintaqa, ta’lim muassasi miqyosida tatbiq etiladigan rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasi, mintaqaviy ta’lim sifatini boshqarish texnologiyasi, ta’lim muassasida tashkil etiladigan tarbiyaviy ishlar texnologiyasi tarzida boʻlishi mumkin.
Makrotexnologiya- ma’lum bir oʻquv tarmog‘i, ta’lim-tarbiya yoʻnalishi, oʻquv fanlariga xos boʻlgan pedagogik texnologiyalar demakdir. Masalan u yoki bu oʻquv fanini oʻqitish texnologiyasi, toʻldiruvchi ta’lim texnologiyasi.
Dostları ilə paylaş: |