6. Ta’limning samaradorligi guruhda individual о‘qitishli auditoriya mashg‘ulotlari va talabaning mustavqil ishlarini uyg‘unlashtirish orqali ta’minlanadi. Auditoriya о‘quv vaqtining 70% gacha qismini individual о‘qitishga, shuningdek umumiy о‘quv vaqtining 70%gacha qismini mustaqil ishga ajratilishi о‘quv fanlarining talabalar tomonidan о‘z qobiliyatlari darajasida о‘zlashtirishga imkon yaratadi. Bu asosida ta’limning samaradorligi ta’minlanadi.
Zamonaviy oʻqitish texnologiyasi, OTMning jihozlanganligi, professor-oʻqituvchilar tarkibi faqat darajali, yuqori malakali kadrlardan iborat boʻlishi, oʻqitishning yuqori sifatlari – YESTS uchun dastlabki zaruriy talablar hisoblanadi. Oʻquv jarayonini tashkil etishning ushbu tizimi, quyidagi oʻziga xos xususiyatlarga ega. Oʻquv rejasi boʻyicha barcha oʻquv fanlari ikki guruhga boʻlinadi:
1) majburiy fanlar;
2) talaba tomonidan ixtiyoriy tanlanadigan fanlar.
Ular taxminan 1:2 nisbatda boʻladi. Har bir talaba shaxsiy oʻquv rejasiga ega boʻlishi zarur. Qolaversa, talaba har bir oʻquv fani boʻyicha oʻqituvchini tanlash huquqiga ega. Modul-kredit tizimi uchun har bir semestrda oʻrganiladigan fanlarning soni kamida 3 ta, koʻpi bilan 7 ta boʻlishi, mustaqil ishga ajratilgan soatlarning auditoriya soatlaridan koʻpligi oʻziga xos jihatlar sanaladi.
Асосий ҳужжат транскрипт (трансcрипт оф руордс) – унификациялашган ҳужжат бўлиб, ягона шаклга эга
Transkript ta’lim natijalarining tan olinishi uchun majburiy hujjat sanaladi. Unda talaba oʻqiyotgan davlatda qabul qilingan baholash tizimi hamda oʻz mamlakatida olgan baholari toʻg‘risidagi ma’lumot beriladi. Oʻquv fanlari boʻyicha dasturlar “sillabus” deb nomlanib, ular quyidagi tarkibiy tuzilmaga ega boʻladi:
- oʻquv fanining toʻliq nomi va uning oʻquv rejasidagi tartib raqami;
- oʻquv fanini oʻrganishdan koʻzlangan maqsad;
- oʻquv fanining qisqacha mazmuni; - mashg‘ulotlar jadvaliilovasiga asoslangan taqvimiy reja;
- oʻqitish texnologiyasi;
- talabaning mas’uliyati va unga qoʻyilgan talablar;
- talabalar bilimini baholash tartibi va mezonlari; - asosiy va qoʻshimcha adabiyotlar roʻyxati
Modul-kredit tizimiga koʻra oʻquv mashg‘ulotlari shaxsga yoʻnaltirilgan oʻqitish texnologiyalari va talabaning mustaqil oʻqib-oʻrganishiga asoslanadi. Ta’limning birinchi bosqichida har bir talabaga axborot paketi beriladi. Unda ma’lumotlar mavjud boʻlib, ular talabalarga modul- kredit tizimi boʻyicha muvaffaqiyatli ta’lim olish shartlaridan xabardor boʻlish imkoniyatini yaratadi:
- oliy ta’lim muasasasi haqida ma’lumot;
- oʻquv rejasi;
- oʻquv jarayonining grafigi;
- oʻquv fanlarining mazmuni;
- OTMda mavjud boʻlgan oʻqitish tizimining - metodik xususiyatlari haqida ma’lumotlar;
- talabalar bilimini baholash tizimi va baholar shkalasi haqida ma’lumotlar;
- ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlarga oid ma’lumotlar;
- OTM faoliyatining tarixiy taraqqiyoti va uning zamonaviy rivojiga oid ma’lumotlar;
- qoʻshimcha ta’lim xizmatlari toʻg‘risida ma’lumotlar.
Oʻquv kreditlarini hisoblashda haftalik auditoriya oʻquv yuklamasi 36, talabalarning haftalik mehnat sarfi oʻrtacha 54 soat miqdorida qabul qilingan. Modul-kredit tizimi boʻyicha tashkil etiladigan ta’lim uchun ham ta’lim standartlariga muvofiq ishlab chiqilgan oʻquv rejasi ta’lim jarayoni uchun asosi boʻlib xizmat qiladi. Aynan oʻquv rejasiga muvofiq oʻquv faoliyatining turlari boʻyicha talabalar tomonian sarflanadigan mehnat sarflari aniqlanadi. Oʻquv faoliyati turlari boʻyicha mehnat sarflarini hisoblash taxminan shunday kechadi (4-jadval):
4-jadval
Dostları ilə paylaş: |