Modulli о‘qitish – о‘quv jarayonini о‘quv axborotlarini modul shaklida taqdim etilishi asosida tashkil etilish yо‘li. Modulli о‘qitish mazmuni didaktik maqsadda, kasbiy va ta’lim oluvchilarning darajasiga mо‘ljallangan avtonom tashkiliy-metodik modullar mazmuni va hajmi asosida ishlab chiqiladi. Modullar konkret о‘quv materialini о‘rganishga (yoki mustaqil о‘rganish) yо‘naltirilgan bо‘lishi lozim.
.
Modulli texnologiyalar - eng zamonaviy texnologiya bо‘lib, modul bloklaridan tashkil topgan axborotni tizimli ravishda qayta ishlash va tahlil qilishga, talabaning mustaqil faoliyatiga asoslangan, bilim, kо‘nikma va malakalar diagnostikasida turli shakllaridan foydalangan holda tashkil etiluvchi yaxlit jarayon.
Tizimning umumiy asoslari Bolonya shahrida imzolangan deklaratsiyada oʻz ifodasini topgan. Ular quyidagilardan iboratdir:
1. Diplom ilovasiga koʻra fuqarolarni ishga samarali joylashtirish, Yevropa oliy ta’lim tizimining xalqaro raqobatga bardoshliligini oshirish imkoniyatini yaratadigan oʻzaro muvofiq keluvchi akademik darajalar tizimni qabul qilish.
2. Ikki siklli: tayyorgarlik va bitiruv ta’limiga oʻtish. Ta’limning birinchi sikli uch yil davom etadi. Ikkinchi sikl esa magistrlik va doktorlik darajalarini olish uchun yoʻnaltiriladi.
3. Keng koʻlamda talabalar almashinuvini qoʻllab-quvvatlash uchun mashaqqatli sinov birliklarini qayta topshirishning Yevropa tizimiga oʻtish. Mazkur tizim talabalarning oʻrganiladigan fanlarni tanlash huquqiga ega boʻlishlari uchun imkoniyat yaratadi. Buning uchun asos sifatida “Umr boʻyi ta’lim olish” konsepsiyasi doirasida qoʻllash imkonini beradigan tizim - YESBT (Yevropa sinov birliklari tizimi)ni qabul qilish taklif etiladi.
4. Oʻqituvchilar almashinuvini rivojlantirish. Yevropa hududida ishga sarflanadigan vaqt davrini inobatga olgan holda oʻqituvchilar va b. xodimlar almashuvini kengashtirish. Transmilliy ta’lim standartlarini oʻrnatish.
5. Oʻzaro mos mezon va metodologiyalarni ishlab chiqish hamda sifatini ta’minlashda Yevropa hamkorligini qaror topshirishga koʻmaklashish.
6. Oliy ta’lim muassasasining ta’lim sifatini nazorat qilish tizimini ishlab chiqish va oliy oʻquv yurtlari talabalari va xodimlari faoliyatini tashqi baholashga tortish.
7. Oliy ta’limda, ayniqsa, oʻquv rejalarini takomillashtirish, oliy ta’lim muassasalariaro hamkorlik, talaba va oʻqituvchilar almashinuvi va birgalikdagi ta’lim dasturlari, ilmiy tadqiqotlarni oʻtkazishga oid amaliy tayyorgarlik va ularni olib borish borasida zarur yevropacha nuqtai nazarlarning shakllanishiga koʻmaklashish.
Deklaratsiyaga a’zo boʻlish uchun quyidagi dastlabki talablar qoʻyiladi:
- oliy oʻquv yurtigacha 12 yillik ta’lim;
- ikki bosqichli oliy ta’lim-bakalavriat va magistratura;
- oʻquv jarayoni va oʻqitish natijalarini baholash YESTS kredit texnologiyasi asosida tashkil etilishi
Bolonya deklaratsiyasiga a’zo davlatlarda ta’lim modul-kredit tizimiga asoslanadi.
1989 yilda Yevropada Yevropa hamjamiyatining ERASMUS (European Community Action Scheme for mobility of University students) va TEMPUS kabi dasturlar joriy etildi. 2001 yilda 29 ta Yevropa davlatlari ta’lim vazirlari tomonidan Bolonya deklaratsiyasi imzolandi. Bugungi kunda ERASMUS dasturi boʻyicha Yevropa hamjamiyati universitetetlari oʻrtasidagi talabalar almashinuvi 145 ta oliy oʻquv yurtlarini qamrab olgan. Ular oʻrtasida Yevropa universitetlari ta’limi natijalarini oʻzaro tan olish tizimi – YESTS (European Credit Transfer System) shakllantirilgan
|
Kredit birliklarining soni talabalar tomonidan sarflanadigan mehnat sarfiga mos holda belgilanadi. Talabaning mehnat sarfi – auditoriya mashg‘ulotlari, mustaqil ishlar va oʻquv rejasida koʻzda tutilgan boshqa faoliyatlarini oʻz ichiga oladi.
|
Oʻquv fani (moduli)ni oʻrganish uchun talaba tomonidan sarflangan umumiy mehnat sarfi miqdori (auditoriya va mustaqil ish soatlari) bir oʻquv yilida 750-800 soatni tashkil etishi lozim. Ayni oʻrinda aytib oʻtish zarurki, kreditlar auditoriya soatlari bilan chegaralanib qolmay, balki talabaning auditoriyadan tashqari sharoitda ham oʻquv fani (moduli)ni oʻzlashtirish uchun sarflaydigan yuklamani ham inobatga olgan holda belgilanadi. Odatda oʻquv rejasiga kiritilgan fanlar boʻyicha ajratiladigan kreditlar soni 3 ga teng. Ba’zan oʻquv fani uchun ajratilgan kredit soni 3 tadan koʻp yoki kam boʻlishi mumkin. Kreditlar barcha (majburiy va ixtiyoriy) tanlangan oʻquv fanlari boʻyicha taqsimlanadi.
Kreditlarning taqsimlanishida fan boʻyicha kurs loyihalari va amaliy ishlarining mavjudligi inoatga olinadi. Oʻquv fani uchun ajratiladigan kreditlar miqdori fanning murakkabligi hamda talabalar tomonidan uning oʻzlashtirilishiga bog‘liq boʻladi. YESTSda kreditlar yig‘indisi semestrda – 30 tani, oʻquv yili davomida – 60 tani, bakalavriat davrida esa – 240 ni tashkil etadi.
“Modul-kredit tizimi – har bir о‘quv fani (moduli)ning talabalar tomonidan ma’lum miqdordagi kredit birliklari asosida о‘zlashtirilishini ta’minlovchi tizim
YESTS kredit texnologiyasiga oʻtishdan koʻzlangan maqsad talabalarga xorijda oʻqishni davom ettirish uchun oliy yurtini tanlashda shart-sharoit yaratish; muayyan davlatdagi mavjud ta’lim olish muddatining xorijiy davlatlarda tan olinishini ta’minlash; Yevropa oliy oʻquv yurtlari oʻquv rejalarini oʻrganish va shu asosida oʻquv jarayonini takomillashtirish; talabalar qobiliyatini toʻla rivojlantirish va oʻqitishning yuqori natijalariga erishish. Modul-kredit tizimi ham muayyan tamoyillarga tayanadi. Ular:
Dostları ilə paylaş: |