Umumiy pedagogika



Yüklə 2,54 Mb.
səhifə234/261
tarix26.11.2023
ölçüsü2,54 Mb.
#136132
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   261
UMK 3 kurs um.ped. FILOL Jumaniyoziva

3. Tyutor (lot. “tutorem”) – о‘quv kurslari uchun interfaol metodlarni tanlovchi, ma’ruza о‘qituvchisi bilan talaba о‘rtasida ta’limiy aloqani о‘rnatuvchi pedagog (ustoz, murabbiy).




4. Edvayzer (fr. “avisen” – “о‘ylamoq”, “advisor” – “о‘ylovchi”) bitiruv malakaviy ishi, kurs loyihalarining ta’lim oluvchilar tomonidan individual, mustaqil bajarilishi vaqtida metodik yordam beradigan maslahatchi.




5. Fasilitator (lot. “facilis”, ingl. “facilitator” – yengil, qulay) – masofaviy ta’lim xizmatidan foydalanayotgan guruhlarning faoliyatini muammoning yechimini topishga yо‘naltiruvchi, guruhlarda yuzaga keladigan muloqotni rivojlantiruvchi, shuningdek, guruhlar faoliyatini xolis, samarali baholovchi pedagog.




6. Invigilator – masofaviy ta’lim asosida tashkil etiladigan о‘qitish natijalarini nazorat qiluvchi mutaxassis-pedagog.

Masofaviy ta’lim tizimida produktiv, reproduktiv, muammoli bayon, evristik va ilmiy izlanish (tadqiqot) metodlari qoʻllaniladi. Mazkur tizimda oʻqitish vositalari sifatida quyidagilardan foydalaniladi:


- kitoblar (bosma va elektron shaklda);
- didaktik materiallar;
- kompyuter oʻquv tizimlari (oddiy va multimedia shaklida);
- audio oʻquv axborotlari;
- video oʻquv axborotlari;
- virtual stendlar;
- trenajyorlar;
- ma’lumotlar bazasi;
- texnik vositalar – radio, televideniye, magnitofon, videomagnitofon, kinoproyektor, diaproyektor, videoproyektor, kodoskop, kompyuter, Internet tarmog‘i va b.
Oʻquv kurslarida bir tinglovchining oʻrniga boshqa tinglovchi qatnashishi, uning oʻrniga sinov topshiriqlarini topshirishning olini olish maqsadida masofaviy ta’lim tizimida nazorat videokonferensiyalarni tashkil etilishiga asoslanadi. Masofaviy ta’lim tizimiga koʻra mashg‘ulotlar ma’ruza, seminar, laboratoriya mashg‘uloti, kurs ishi, sinov, imtihon, maslahat, mustaqil ish kabi shakllarda yoʻlga qoʻyiladi. Avvaldan yozib olingan videoma’ruzalar ta’lim oluvchilarga ma’ruzalarni tinglash va koʻrish uchun sharoit yaratsa, faksimal aloqa, xabar, topshiriqlarni tarmoq orqali tezkor almashinish talabalarga oʻzaro teskari aloqa orqali oʻqitish imkonini beradi. Zamonaviy sharoitda telekommunikatsiya vositalari – bosma matnlar, audio va videoyozuvlar oʻrni elektron oʻquv-axborot resurslari, dasturlari bilan toʻldirilmoqda. Masofadan oʻqitishning tashkiliy-metodik modeli sifatida quyidagilar tavsiflanadi: Hozirda rivojlangan xorijiy mamlakatlarda masofaviy ta’limning quyidagi modellari (YUNESKO, 2000 yil) amal qilmoqda (1-rasm):


Yüklə 2,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin