Umumiy pedagogika


Tarbiyada individual yondashuv



Yüklə 2,54 Mb.
səhifə35/261
tarix26.11.2023
ölçüsü2,54 Mb.
#136132
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   261
UMK 3 kurs um.ped. FILOL Jumaniyoziva

5. Tarbiyada individual yondashuv.
5. Tarbiyalanuvchining shaxsiy sifatlariga tayanib ish koʻrishni, uning yosh va individual-psixologik xususiyatlarini inobatga olishni nazarda tutadi.
Shaxsiy sifatlar tarbiya uchun oʻta muhim tavsiyalarni oʻzida aks ettiradi – shaxsning yoʻnalganligi, qadriyatlari tizimi, hayotiy rejalari, faoliyati va xulq-atvori motivlari.
Individual yondashuv tarbiyachidan quyidagilarni talab qiladi:

  • tarbiyalanuvchi temperamentining individual xususiyatlarini, qarashlarini doimiy oʻrganib borish va yaxshi bilish;

  • tafakkurining shakllanganlik darajasi, motivlari va qiziqishlari, hayotga va mehnatga munosabatlari toʻg‘risida aniq tasavvurga ega boʻlish;

  • har bir tarbiyalanuvchining istiqboldagi rivojlanishini ta’minlash maqsadida ularni imkoniyatlari darajasida tarbiyaviy tadbirlarga jalb etib borish;

  • tarbiyalanuvchining shaxsiy faolligidan samarali foydalanish;

  • oʻzini-oʻzi tarbiyalashga katta e’tibor berish, bu borada tarbiyalanuvchiga amaliy yordam koʻrsatish;

  • mustaqillik, tashabbuskorlik kabi fazilatlarni rivojlantirib borish;

  • oʻsmirlarning ta’lim jarayonida, sportda oʻz kuchi va imknoniyatlarini zoʻriqishlardan saqlagan holda me’yorda safarbar etishlariga erishish;

  • bir tarbiyalanuvchiga nisbatan qoʻllaganda yaxshi samara beradigan metod boshqaga nisbatan kutilgan natija bermasligini nazarda tutish;

  • bugungi kunda yoshlarning axborotlarni olish imkoniyatlari oshganligi natijasida ularning dunyoqarashi kengayib borayotganligini inobatga olib, oʻzi ustida betinim ishlash, siyosat san’at va madaniyatga oid bilimlarini boyitib borish;

  • individual yondashuv tamoyili faqat tarbiyasi og‘ir bolalargagina emas, barcha tarbiyalanuvchilarga nisbatan amal qilish lozim.


6. Tarbiyaviy ta’sirlarbirligi
6. Bu ta’lim-tarbiya jarayonining yakuniy natijasi oila, maktab mahalla, davlat va nodavlat notijorat tashkilotlarining hamkorligi darajasiga bog‘liq boʻlishdan bizni ogoh qiluvchi tamoyildir. Bolalikda oilaning tarbiyaviy ta’siri kuchli boʻlib, keyinroq maktabda ta’limning boshqa turlarida muhitning, pedagoglarning va tengdoshlarning ta’siri kuchayib boradi. Ammooila, maktab, mahalla yoshlar tarbiyasini oʻzaro hamkorlikda amalga oshirmas ekan, bu borada kutilgan natijalarga erishish qiyin.
Ushbu tamoyilni roʻyobga chiqarishda quyidagi jihatlarga e’tiborni qaratish maqsadga muvofiq:

  • ota-onalar farzandlarining individual-psixologik xususiyatlarini yaxshi bilishadi. Shu boisdan pedagog oʻz faoliyatida birinchi navbatda oʻquvchi yoki tarbiyalanuvchining ota-onasi bilan aloqani mustahkamlashi va yaqin hamkorlik qilishi muhim;

  • pedagogik faoliyatda sinf jamoasining tarbiyaviy ta’siridan ham samarali foydalanish, oʻquvchilar oʻrtasida oʻzaro ishonchga asoslangan doʻstona munosabatlarni yoʻlga qoʻyish lozim;

  • ushbu tamoyilni amalga oshirish uchun pedagoglar yagona ta’sir tizimini sinfdan va maktabdan tashqari oʻtkaziladigan tarbiyaviy tadbirlarda ham joriy etishlari zarur;

  • maktab, sinf (guruh) rahbari, oila, mahalla, davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari bilan yoʻlga qoʻyilgan hamkorlik aloqalarini muvofiqlashtirib borish maqsadga muvofiq.



  1. Yüklə 2,54 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin