Abu Rayhon Beruniy (937-1048 yy.) – matematika, kimyo, astronomiya,
geografiya, geometriya, tarix, musiqa, tilshunoslik bo‘yicha 150dan ortiq durdona
asarlar yaratgan. (“O‘tmish avlodlar yodgorligi”, “Hindiston tarixi”). Ular orasida
“Saydana” bevosita tilga oid bo‘lib, 29 bob, 1116 misradan iborat. Unda 4500 dan
ortiq dorivor o‘simliklarning 8 tildagi nomlari izohlangan.
Abu Ali ibn Sino (980-1037 yy.) – Sharq olamida “Shayx ur-rais”, G‘arbda
“Avitsenna” nomlari bilan mashhur bo‘lgan, ko‘p asrlar davomida jahon tibbiyot
ilmining asosi bo‘lgan “Tib qonunlari” kitobi muallifi, shuningdek, “Kitabi al
milh finnahv” (“O‘tkirlik sintaksisda ekanligi”), “Kitob lisonul arab”, “Asbobi
xudut al huruf” (“Tovushlarning chegaralanish sabablari”) kabi tilshunoslikka oid
asarlar yaratgan.
Allomaning fikricha, tovush havoning to‘lqinsimon harakati natijasida hosil
bo‘ladi, fizikaviy (savt) va nutqiy (harf) tovushlari mavjud. U arab tilidagi 3ta
unli, 28ta undosh borligini qayd etadi va undoshlarning har birini mukammal
tavsiflaydi. Ibn Sinoning tovushlar artikulyatsisi, nutq a’zolari, unli va undoshlar
haqidagi fikrlari fonetika sohasiga qo‘shilgan salmoqli hissadir.
Dostları ilə paylaş: |