belgi-alomatlar, belgi-signallar (ishoralar), belgi-simvollar (ramzlar) va til
belgilari o‘ziga xos va mos vazifani bajaradi. Til tarkibini tashkil etuvchi
struktural elementlar – morfema, so‘z, so‘z birikmasi, gap, matn va boshqalar
muayyan informatsiyani olish va yetkazish uchun xizmat qilishi bilan informativ
belgilarning eng asosiysi hisoblanadi va 2 tomonlama: informatsiyani ham qabul
qilish, ham yetkazish vazifasini bajaradi. Til grafik belgilar sifatida ham, (yozuv,
harf vositasida), tovushli belgilar sifatida ham (og‘zaki so‘zlashuv, tovush
vositasida), harakatli belgilarning o‘rnida ham qo‘llana oladigan ko‘p tarmoqli
belgilar sistemasidir. Shuning uchun tilni belgilarning belgisi deb atash mumkin.
Til birliklarini 2 guruhga ajratish mumkin:
- tilning asosiy birliklari – fonema va morfema;
- tilning konstruktiv birliklari – so‘z(leksema) va gap.
Bunda fonema til birligining ifoda tomoni va u til birliklarini ma’no
jihatidan farqlashga xizmat qiladi. Leksema lug‘aviy ma’no ifodalovchi morfema,
morfema esa grammatik ma’no ifodalovchi va so‘z shakllarini hosil qiluvchi
birlikdir.
Har qanday til birligi nutq jarayonida bir nechta variantlar: fonema fonlar
(allofon, tovush), leksema (alloleks, leksema varianti), morfema morf (allomorf,
morfema varianti), so‘z so‘z shakli, gap jumla, allofrazema orqali namoyon
bo‘ladi. Bunda: mustaqil pozitsiyadagi tovush invariant, tobe pozitsiyadagisi uning
varianti; morfema – invariant, uning nutqdagi variantlari esa allomorf yoki
morfema variantlari hisoblanadi
Til birliklarining bunday farqlanishi F.De Sossyur tomonidan ilgari surilgan
til va nutq dixotomiyasi asosida yuzaga kelgan. Unga ko‘ra konkret zamon va
makondagi individ nutqida muayyan sintaktik model asosida yuzaga chiqqan har
bir jumlada 2 qator hodisalar mavjud bo‘ladi:
1) nutq so‘zlangunga qadar so‘zlovchi xotirasida mavjud bo‘lgan birliklar
va grammatik sxemalar bo‘lib, ular “til faktlari”dir.
2) nutq so‘zlash jarayonida so‘zlovchi sub’ektining ijod mahsuli sifatida
aniq zamon va makonda muayyan maqsadni ko‘zlab bayon qilgan fikri -“nutq
faktlari”dir.
Ko‘rinadiki, til va nutq o‘zaro farqli hodisalar, ayni paytda biri-birisiz
mavjud bo‘la ololmaydi. Nutq tilsiz yuzaga chiqa olmaydi, til esa nutqni amalga
oshirish uchun yashaydi. Til va nutqning o‘rtasidagi ushbu ziddiyat mohiyat va
hodisa dialektikasidan kelib chiqadi va tilning barcha sathlarini qamrab oladi.
Dostları ilə paylaş: |