Universiteti biologiya fakulteti


TO`QIMA BAZOFILLARI YOKI SEMIZ HUJAYRALAR (LABROCYTUS



Yüklə 383,87 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/8
tarix27.05.2022
ölçüsü383,87 Kb.
#116299
1   2   3   4   5   6   7   8
Biriktiruvchi toʻqima

TO`QIMA BAZOFILLARI YOKI SEMIZ HUJAYRALAR (LABROCYTUS 
SEU GRANULOCYTUS BASOPHILUS TEXTUS) 
To`qima bazofillari (labrotsit, mastotsit yoki geparinotsit) birinchi marta 
1877 yilda Paul Erlix tomonidan ta’riflangan bo`lib, sitoplazmasida yirik 
donachalarni tutgani uchun semiz hujayralar nomini olgan. Ular asosan qon tomir 
kapillyarlari atrofida joylashadi. Bu hujayralar yirik noto`g`ri dumaloq shaklga ega 
bo`lib, fiziologik reaksiyalarda va turli patologik holatlarda miqdori o`zgarib turadi. 
Hujayra sitoplazmasida organellalardan tashqari yirik gomogen donachalar 
(kattaligi 0,3-1,0 mkm) joylashgan. Bir hujayrada. taxminan 10-20 ta donachalar 
bo`lib, ularni tuzilishiga ko`ra donador, plastinkasimon va aralash donachalarga 
bo`lish mumkin.. 
Donachalar o`zida biologik aktiv bo`lgan moddalar: gepapin, gistamin va 
serotoninlar tutadi. Bundan tashqari sitoplazmada har xil fermentlar: lipaza, ishqoriy 
fosfataza, peroksidaza, sitoxromoksidaza, ATF-aza va boshqalar mavjud. Hujayraga 
xos fermentlardan biri bo`lib gistidin dekarboksilaza hisoblanadi. Bu ferment 
yordamida 
gistidin 
aminokislotasidan 
gistamin 
sintezlanadi. 
To`qima 


12 
bazofillarining donachalarida saqlanadigan geparin va gistamin to`qimalar muhiti 
doimiyligini (gomeostazni) ta’minlashda muhim rol o`ynaydi. Geparin donachalar 
mahsulotining 
qariyb 
30% 
ini 
tashkil 
etib

sulfatlangan 
kislotali 
glikozaminoglikanlarga kiradi. U qon ivishiga to`sqinlik qiladi, hujayralararo 
moddaning o`tkazuvchanligini pasaytiradi va yallig`lanish protsessini susaytiradi. 
Gistamin esa kuchli aktiv modda bo`lib, kapillyarlar devorining o`tkazuvchanligini 
oshiradi va qon tomirlarni kengaytiradi. Shu xususiyatlari tufayli to`qima 
bazofillaridan ajralib chiqadigan gistamin turli xil allergiya reaksiyalarida ishtirok 
etadigan asosiy moddalardag` biri bo`lib hisoblanadi. Gistamindal tashqari, allergiya 
reaktsiyalarida to`qima bazofillari ajratib chiqaradigan moddalar, jumladan, 
allergiyaning sekin ta’sir ko`rsatuvchi moddasi, trombotsitlarni aktivlovchi modda, 
neytrofil va eozinofillarning :xemotaksisini kuchaytiruvchi modda va boshqalar 
ishtirok etadi.Bu moddalarning hujayradan tashqariga chiqishi degranulyatsiya deb 
atalib, u turli usul bilan amalga oshishi mumkin. Degranulyatsiya jarayonida to`qima 
bazofillarining hujayra qo-big`ida joylashgan maxsus retseptorlari muhim o`rin 
tutadi. Bu retseptorlar organizmga tushgan yot antigenlarning antitelolar bilan hosil 
qilgan maxsus «antigen + antitelo» kompleksini o`ziga biriktirib olib, natijada, 
hujayradan yuqorida qayd qilingan moddalarning ajralib chiqishiga olib keladi. 
Hozirgi paytda allergiya kasalliklarida immunoglobulinlarning maxsus E sinfi (Ig 
E) muhim rol o`ynashi tasdiqlangan. Allergiya reaktsiyalariga moyil bo`lgan 
organizmda antigenlarga yoki allergenlarga qarshi ko`p miqdorda Ig E ishlab 
chiqariladi. «Allergen + Ig E» kompleksi esa to`qima bazofillarining retseptorlari 
bilan bog`lanib, hujayralar degranulyatsiyasiga sabab bo`ladi. Demak, bu holatlarda 
Ig E himoya vazifasini o`tash o`rniga to`qimalarda muhit doimiyligini buzilishga 
olib keladi.To`qima bazofillariga tuzilishi va ximiyaviy tarkibi jihatidan qondagi 
bazofil leykotsitlar juda yaqin turadi. Ammo bazofil leykotsitlarning qizil suyak 
ko`migidagi o`zak hujayralardan kelib chiqishi tasdiqlangan bo`lsa, to`qima 
bazofillarining kelib chiqish manbai hozirgacha aniq ko`rsatilmagan. To`qima va 
qon bazofillarining tuzilish va faoliyat jihatidan o`xshashligi, bu ikkala 
hujayralarning son jihatidan bir-birini to`ldirib turishi to`qima bazofillari ham o`zak 


13 
hujayralardan kelib chiqadi degan taxminga dalil bo`la oladi. To`qima bazofillarida 
mitoz bo`linishining juda kam uchrashi ham bu fikrning qo`shimcha isbotidir.

Yüklə 383,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin