Universiteti


–rasm. Yosh yengil atletikachilarning o‘quv mashg‘ulotlari samaradorligini oshirish uchun



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə11/30
tarix17.01.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#122300
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   30
1665203129 lotincha

2–rasm. Yosh yengil atletikachilarning o‘quv mashg‘ulotlari samaradorligini oshirish uchun harakatli o‘yinlarni qo‘llash metodikasi
Biz ishlab chiqqan metodda turli xil shiddatdagi faolliklardan foydala- nishni nazarda tutib ishlab chiqilgan tavsiyalarni hisobga olgan holatda, barcha o‘yinlar bajarilayotgan harakatlarning shiddatiga bog‘liq holda va shuningdek, tarkibiy yo‘nalishi bo‘yicha 4 ta guruhga tizimlashtirildi (2– rasmga qarang).
Boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida shug‘ullanuvchi yosh yengil atletikachilar o‘quv mashg‘ulotlari jarayonida jismoniy tayyorgarlik darajasi rivojlani- shini muloqotga kirisha olish qobiliyatini rivojlantirish bilan birlashtirish ushbu maqsadlarda harakatli o‘yinlardan foydalanishda talab- larga aniqlik kiritish va tashkiliy uslublarni tanlab olish zaruratini yuzaga keltiradi. Bunda turli xil guruhlarga (amaliy, so‘zlar orqali beriluvchi, ko‘rish orqali beriluvchi va boshq.) kiritiladigan uslublardan bir vaqtda yoki ketma-ketlikda foydalanishga aniqlik kiritish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
Qat’iy tartibda belgilangan qoidalarga ega bo‘lgan mashqlardan foydalanish metodida yosh yengil atletikachilarni o‘rgatish jarayonida o‘yin davomida birgalikda samarali faoliyat olib borish, o‘yinning ma’lum bir vaziyatlarida harakatlarni aniq takrorlash va navbatdagi bosqichda ushbu harakatlarni muhokama qilishga e’tibor qaratiladi.
Oddiy o‘yinlarni o‘rgatishda bir butunlikdagi konstruksion uslubdan foydalaniladi, bunda bolalarga eslab qolish uchun o‘yinni amalga oshirish ketma-ketligi tushuntirib beriladi. O‘yinni amalga oshirishni o‘rganish davomida bolalar o‘yinning tarkibiy qismlarini alohida o‘rganishadi. Bunda hujum qiluvchi, himoyachi va jamoa kapitanining bajarishi belgilangan harakatlari alohida o‘rgatiladi.
Harakatli o‘yinlarni amalga oshirish jarayonida yosh yengil atletikachi- larning jismoniy sifatlarini maqsadga yo‘naltirilgan tarzda rivojlan- tirish, shuningdek, o‘yin davomida bolalarning me’yoridan ortiq charchab qolishlariga yo‘l qo‘ymaslik uchun standart-muntazamlikdagi mashqlar uslubidan foydalanish tavsiya qilinadi. Bunda harakatli o‘yinlarni takrorlash miqdori ushbu harakatlarning jismoniy tarbiya nuqtai nazaridan shakli va intensivligi bilan bog‘liq hisoblanadi.
Dissertatsiyaning “Yosh yengil atletikachilarning mashg‘ulot samarador- ligini oshirishda harakatli o‘yinlarni qo‘llash metodikasini tajribada tekshirish” deb nomlangan to‘rtinchi bobida ishlab chiqilgan uslubning 10-12 yoshli yengil atletikachilar jismoniy tayyorgarlik darajasiga ta’siri, yosh yengil atletikachilarning jismoniy tayyorgarligi dinamikasi va ishlab chiqilgan metodikaning 10-12 yoshli yengil atletikachilarning psixologik tayyorgarligiga ta’siri yuzasidan ma’lumotlar keltirilgan.
Boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida shug‘ullanuvchi 10-12 yoshli yengil atletikachilarning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash yuzasidan o‘tkazilgan tajriba natijalari quyidagicha bo‘ldi (3-jadvalga qarang).
Tezkorlik yengil atletikachilar uchun muhim hisoblangan jismoniy sifatlardan biri bo‘lib hisoblanadi. 11 yoshli yengil atletikachilarning
tezkorlik sifati rivojlanganligini aniqlash maqsadida biz 30 mga yugurish (s) bo‘yicha nazorat testini qabul qildik.
NGda shug‘ullanuvchi 11 yoshli yengil atletikachilarning tadqiqot boshidagi o‘rtacha ko‘rsatikichi 6,4±0,8ga, TG sportchilarida mazkur nazorat mashqining o‘rtacha ko‘rsatkichi 6,5±0,21 soniyaga teng. Ko‘rsatkichlar orasidagi statistik farqlar ishonchliga r>0,05ga teng.

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin