Universiteti


-jadval 11 yoshli yengil atletikachi o‘g‘il bolalarning jismoniy tayyorgarligi



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə12/30
tarix17.01.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#122300
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   30
1665203129 lotincha

3-jadval 11 yoshli yengil atletikachi o‘g‘il bolalarning jismoniy tayyorgarligi


dinamikasi



T/r

Nazorat mashqlari

NG

TG

t

r

x  

x  

1.

30 mga yugurish (s)

6,5±0,21
6,3±0,2

6,4±0,8
6,0±0,9

0,87
2,39

>0,05
<0,05

2.

3×10 m mokisimon yugurish (s)

8,7±0,4
8,4±0,9

8,7±0,5
8,0±0,8

0,87
2,39

>0,05
<0,05

3.

60 mga yugurish (s)

9,2±0,3
8,8±0,9

9,1±0,8
8,3±0,7

0,87
2,39

>0,05
<0,05

4.

To‘ldirma to‘pni (1 kg) uloqtirish
(metr)

5,5±0,4
5,9±0,3

5,6±0,5
6,7±0,14

0,87
2,39

>0,05
<0,05

5.

Turgan joydan uzunlikka sakrash (sm)

160,2±2,5
164,2±3,2

161,4±4,1
174,2±4,3

0,87
2,39

>0,05
<0,05

6.

Turgan joydan qo‘l harakatisiz uzunlikka sakrash (sm)

135,2±3,2
137,3±1,3

136,1±4,3
144,1±2,7

1,12
2,45

>0,05
<0,05

7.

Tik turgan holda oldinga egilish
(sm)

5,7±1,2
6,4±1,8

5,8±1,12
7,9±1,18

0,87
2,39

>0,05
<0,05

8.

Turnikda tortilish (marta)

4,1±0,7
5,1±0,6

4,2±0,8
5,9±0,4

0,87
2,39

>0,05
<0,05

9.

Yuqoriga sakrash (Abalakov bo‘yicha)

23,1±1,2
24,2±1,8

23,2±1,3
25,9±0,7

0,87
3,41

>0,05
<0,001

10.

6 daqiqalik yugurish (metr)

905,5±9,4
945,5±10,3

900,8±8,5
1000,8±12,4

0,87
2,39

>0,05
<0,05

Yosh yengil atletikachilarning o‘quv mashg‘ulotlari jarayoniga tatbiq etil- gan harakatli o‘yinlarning samaradorligini aniqlash maqsadida yil oxirida o‘tkazilgan pedagogik testlash natijalari quyidagicha bo‘ldi. NG shug‘ulla- nuvchilarining 30 m ga yugurish natijasi o‘rtacha 6,0±0,9 soniyaga, TG sportchi- larida esa 6,7±0,2 soniyaga teng (r<0,05).


Shuningdek, har bir sport turida muhim bo‘lgani kabi yengil atletikachi- lar uchun ham muhim bo‘lgan chaqqonlik sifati rivojlanganlik darajasini aniqlash uchun 3x10 mga mokisimon yugurish nazorat mashqidan foydalanildi. NGda shug‘ullanuvchi yosh yengil atletikachilarning tadqiqot boshidagi natijalari 8,7±0,4 soniyaga, TG sportchilarida esa 8,7±0,5 soniyaga teng. Ko‘rsatkichlar orasidagi statistik farqlar ishonchliligi r>0,05 teng.
10-12 yoshli yengil atletikachilarning chaqqonlik sifatini rivojlan-
tirishda qo‘llanilgan harakatli o‘yinlar ta’sirini aniqlash yuzasidan o‘tka- zilgan pedagogik testlash natijalari quyidagicha bo‘ldi. Unga ko‘ra NG sportchilarining o‘rtacha ko‘rsatkichi 8,4±0,9 soniyaga, TG yengil atletikachi- larining o‘rtacha ko‘rsatikichi 8,0±0,8 soniyaga teng. TG va NG sportchilarining natijalari orasida 0,4 soniyaga teng farqlar aniqlandi. Ko‘rsatkichlar orasidagi statistik farqlar ishonchliligi r<0,05ga teng.
Tadqiqotlarning boshlanishi davrida o‘tkazilgan test natijalariga ko‘ra nazorat va tajriba guruhlari o‘rtasida muloqotga kirisha olish qobiliyati- ning rivojlanish darajasida statistik ishonarli darajadagi farqlar aniq- lanmadi.
Ta’kidlab o‘tish kerakki, muloqotga kirisha olish qobiliyati murakkab jarayon bo‘lib, bolalarda turli xildagi o‘zaro munosabatlarda namoyon bo‘ladi va hulq-atvorning oddiy ijtimoiy motivlarida shakllana boshlaydi. Tajribalarni amalga oshirish davomida (uchta bosqichning har biri yakunlanayotgan vaqtda) yosh yengil atletikachilarda muloqotga kirisha olish qobiliyatining namoyon bo‘lish darajasiga aniqlik kiritildi va o‘yin materiallarining tanlab olinishiga o‘z vaqtida tuzatishlar kiritish amalga oshirildi.
Test o‘tkazish davomida nazorat va tajriba guruhlarida pedagogik tajriba natijalarini tahlil qilish bolalarda muloqotga kirishish qobiliyatida ma’lum darajada o‘zgarishlar yuzaga kelganligini ko‘rsatdi.
Boshlang‘ich, oraliq va yakuniy natijalarni o‘zaro solishtirish asosida bolalardagi muloqotga kirisha olish qobiliyatining rivojlanish darajasi haqida yakuniy xulosa chiqarish imkonini beruvchi ma’lumotlar olindi.
Tajribalarni amalga oshirishgacha davr davomida tajriba guruhida bola- larda muloqotga kirisha olish qobiliyatining tashqi namoyon bo‘lish ko‘rsat- kichlari o‘rtacha qiymati 3,29 ball bilan baholandi, nazorat guruhida esa bu ko‘rsatkichning 3,33 ballni tashkil qilishi qayd etildi. Bu natijalar tahlil qilinayotgan ko‘rsatkich bo‘yicha “o‘rtacha” daraja hisoblanadi. Tajribalarni amalga oshirish davomida har ikkala guruhda ushbu ko‘rsatkich qiymatining ortib borish yo‘nalishida silliq o‘sishi qayd qilindi (3-rasmga qarang).
Shunday qilib, pedagogik tajribalarning birinchi bosqichida tajriba guruhida 70% bolalarda o‘z tengdoshlari bilan o‘zaro barqaror do‘stona munosabatlarning shakllanganligi qayd qilindi. Agar bunda tajribalarning boshlanishi davrida o‘zaro munosabatlarda qisqa vaqt davomidagi davriylik kuzatilgan bo‘lsa, 25% yosh yengil atletikachilarda ushbu ko‘rsatkichning salbiy tomonga o‘zgarishi qayd qilindi, tajribalarning yakunida esa bu salbiy ko‘rsatkich qiymatining 16% gacha kamayganligi aniqlandi. O‘zaro munosabatlarda salbiy holatlar qisqa vaqt davomida namoyon bo‘lish xususiyatiga ega bo‘lib, bunda bolalarning birgalikda o‘yin harakatlarida ishtirok etish xohish-istagining ortishi kuzatiladi.
Tajribalar davomida yosh yengil atletikachilardagi muloqotga kirisha olish qobiliyatining rivojlanishini aniqlash uchun o‘tkazilgan test natijalariga ko‘ra “Muloqotga kirisha olish bilan bog‘liq faoliyatni kuzatish” psixologik testi bo‘yicha nazorat guruhi o‘g‘il bolalarining
ko‘rsatkichlari pedagogik tajribadan so‘ng 4%, tajriba guruhida shug‘ullanuvchi sportchilarda mazkur test bo‘yicha olingan natijalar 12%ga teng bo‘ldi.




  1. Yüklə 0,88 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin