Universitetining jizzax filiali "psixologiya" fakulteti "iqtisodiyot va turizm"



Yüklə 0,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/15
tarix11.11.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#131983
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Iqtisodiy muvozanatlilikning mohiyati va unga erishish yo\'lla

Xulosa. 
Ma’lumki, har yili yilning boshida mamlakatimizda oldingi yildagi ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishning yakunlari va yangi yildagi iqtisodiy islohotlami 
chuqurlashtirishning eng ustuvor yo‘nalishlari belgilab olinadi. Ushbu ustuvor 
yo‘nalishlardan kelib chiquvchi vazifalar amalga oshirilib, salmoqli natija va 
sezilarli o‘zgarishlar qo‘lga kiritilmoqda. Iqtisodiyotning yuqori barqaror sur’atlar 
bilan o‘sishi va makroiqtisodiy muvozanati va mutanosibligi ma’lumdarajada 
ta’minlanmoqda, ishlab chiqarishni tarkibiy o‘zgartirish va modernizatsiya qilish, 
texnik va texnologik yangilash, diversifikatsiyalash ishlari davomettirilmoqda. 
Shuni aytish kerakki, bugungi kunda mamlakatimizda bu boradagi ishlar tanqidiy 
tahlil qilinib, yangicha yondashuv bilan olib borilmoqda. Ayni vaqtda bu tahlillar 
yuqori salohiyatga ega bo‘lgan korxonalarga har bir turdagi mahsulotni xomashyo 
va yarimfabrikat bo‘yicha chuqur qayta ishlashning uzoq va yaqin kelajakdagi 
yillarga mo‘ljallangan aniq istiqbolga ega bo‘lgan mutlaqo yangi dasturiy 
kompleks yondashuvi asosida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni talab etmoqda. 
Bu borada prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning quyidagi so‘zlarini keltirib o‘tish 
o‘rinlidir: 
«
Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustah-kamlash va iqtisodiy 
o‘sishning yuqori sur’atlarini saqlab qolish,
jumladan, Davlat byudjeti barcha 
darajada mutanosib, milliy
valyuta va ichki bozordagi narx darajasi barqaror 
bo‘lishini
ta’minlash - eng muhimustuvor vazifamizdir».
3
 
Hozirda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar 
strategiyasida 
ko‘rsatilgan 
ustuvor 
yo‘nalishlariga 
ko‘ra, 
2017-yilda 
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, ayniqsa, valyuta bozori holati ustidan tizimli 
monitoringni amalga oshirish, zaruriyat tug‘ilganda, milliy valyuta va ichki 
bozordagi narxlaming barqarorligini oshirish, makroiqtisodiy muvozanatni saqlash 
va yuqori iqti-sodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlashga yo‘naltirilgan qonunchilikni 
takomillashtirish ishlarini olib borish ko‘zda tutilmoqda. 
3
O
‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dastuming eng muhim ustuvor yo'nalishlariga 
bag'ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasi // Xalq so‘zi, 2017-yil 15-yanvar. 


28 
Mavjud iqtisodiy tizimni butunlay yangi tartiblar asosida isloh qilish 
iqtisodiyotning rivojlanishidagi turli nomutanosibliklar hamda tanglik holatlarini 
keltirib chiqarishi mumkin. Shu sababli bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘lida 
iqtisodiyotni jonlantirish, bir tekis rivojlantirish va barqarorlashtirish jarayoni 
qonuniy bosqich hisoblanadi. Barqarorlashtirish jarayoni iqtisodiy rivojlanishda 
inqiroz holatlarining oldini olish uchun ishlab chiqarish va chiqarilayotgan 
mahsulot tarkibini o‘zgartirishga yo‘naltiriladi. Respublikada iqtisodiy islohotlarni 
amalga oshirishning dastlabki davrida barqarorlashtirish siyosatidan ko‘zda 
tutilgan maqsad eng awalo, makroiqtisodiyotda muvozanatni saqlash, ishlab 
chiqarishni keskin darajada pasayishining oldini olish va ommaviy ishsizlikning 
kelib chiqishiga yo‘l qo‘ymaslikdan iborat bo‘ldi.

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin