Universitetining jizzax filiali "psixologiya" fakulteti "iqtisodiyot va turizm"


Iqtisodiy sikl deganda, odatda ishlab chiqarishning bir iqtisodiy



Yüklə 0,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/15
tarix11.11.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#131983
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Iqtisodiy muvozanatlilikning mohiyati va unga erishish yo\'lla

Iqtisodiy sikl deganda, odatda ishlab chiqarishning bir iqtisodiy 
holatdan, cho‘qqidan yoki inqirozdan ikkinchisi boshlangunga qadar 
takrorlanib turadigan to‘lqinsimon harakat tushuniladi, Sikl quyidagi 
fazalarni: inqiroz, turg‘unlik jonlanish, yuksalish
fazalarini o‘z ichiga oladi. 
Ana shu fazalarning har biri rivojlanishi jaryonida navbatdagi fazalarning o‘tish 
uchun sharoit yuzaga keladi. 
Inqiroz ishlab chiqarishning pasayishida ifodalanadi siklning qayd etuvchi 
ifodasidir.U bir siklni nihoyasiga yetkazib, yana muqarar ravishda inqiroz bilan 
tugaydigap yangisining boshlanishiga asos soladi; inqiroz vaziyatda asosi 
kapitalning ortiqcha jamg‘arilishi uning hamma funksional shakllarida namoyon 
bo‘ladi. Inqirozdan keyin turg‘unlik keldiki, uning davomida iqtisodiy faollik 
jonlanishi 
uch 
sharoitlar 
vujudga 
kelishi 
nihoyasiga 
yetadi. 
Jonlanish fazasining boshlanishi ozmi-ko‘pmi darajada barqaror ishlab 
chiqarishning kengayishiga o‘tishni bildiradi. 
Ish bilan ta’minlanish darajasining ortishi va foydalarning tez o‘sishi 
jonlanishning yuksalishi bosqichiga o‘sib o‘tishiga ko‘maklashadi. Yangi sikl 
yuksalishning boshlanish nuqtasi hisoblanadi. Yuksalish fazasida ish kuchiga 
bo‘lgan ta’labning kengayishi ishsizlikning birmuncha kamayishiga hamda ish 
haqining o‘sishiga olib keladiki, buning oqibatida iste’mol tovarlariga to‘lovga 
qodir talab kengayadi. Pirovad talabning oshishi, o‘z navbatida, iste’mol tovarlari 
ishlab chiqaruvchi tarmoklariga bozorni kengaytirishga jadal turtki beradi. Raqobat 
va foyda ketidan quvish oqibatida nomutanosibliklarning to‘planib borishidan 
iborat zanjirli reaksiya tezlashadi. Bu bilan yangi inqiroz muqarrar bo‘lib qoladi. 


20 
Alohida iqtisodiy sikllar bir-biridan davomiyligi va intensivligi bo‘yicha 
keskin farqlanadi. Shu bilan birga ularning hammasi bir xil fazalarga ega bo‘ladi 
va har xil tadqiqotchilar tomonidan turlicha nomlanadi. 1-chizmada asosiy 
ko‘pchilik iqtisodchilari tomonidan tan olingan iqtisodiy sikl ko‘rsatilgan. Siklning 
eng yuqori nuqtasida, iqtisodiyotda to‘liq bandlilik kuzatiladi va ishlab chiqarish 
to‘liq yoki deyarli to‘liq quvvat bilan ishlaydi. Siklning bu fazasida narx darajasi 
o‘sish tamoyiliga ega bo‘ladi, iqtisodiy faollikning o‘sishi to‘xtaydi. 
2.1-chizma 
Tanazzul fazasida ishlab chiqarysh va bandlilik qisqaradi, ammo 
narxlar pasayish tamoyiliga berilmaydi. Tanazzulning quyi nuqtasida 
ishlab chiqarish va bandlilik o‘zining eng past darajasiga erishishi bilan 
xarakterlanadi. 

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin