Uo‘K: 821. 21-3 kbk: 82. 3(5Hin) k-19 Kalila va Dimna


Dimnaning navbatdagi hikoyati



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/70
tarix15.10.2022
ölçüsü1,38 Mb.
#118324
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   70
KAMILA VA DIMNA

Dimnaning navbatdagi hikoyati
Bir toshbaqa bilan bir chayon do‘st edilar. Ular 
bir kun safarga otlandilar. Nogoh yo‘lda bir anhor-
ga duch keldilar. Chayon o‘ta olmasligini sezib, 
hayron bo‘lib to‘xtadi.
Toshbaqa dedi: 
– Ey, aziz do‘stim, senga nima bo‘ldi, g‘amgin 
bo‘lib turibsan?
Chayon dedi: 
– Birodar, men bu suvdan qanday o‘taman deb 
hayronman.
Toshbaqa dedi: 
– G‘am yema, orqamga mindirib, seni bexatar 
o‘tkazib qo‘yaman.
Toshbaqa chayonni orqasiga mindirib suvga 
tushdi, suzib borayotganida uning qulog‘iga bir 
narsaning tiqirlagani eshitildi va chayonning 
harakatidan shubha lanib so‘radi: 
– Eshitayotganim qanday ovoz, sen nima qil-
yapsan?
Chayon javob berdi: 
– Nishimning nayzasini sening qalqoningga urib 
sinab ko‘rmoqdaman.


99
Toshbaqa dedi: 
– Ey, bemuruvvat, men o‘zimni girdobga tash-
lab, seni suvdan bexatar o‘tkazmoqchi bo‘lsam-u, 
sen orqamga nish ursang. Bilasanki, nayzang 
mening qalqonimga zarar yetkazolmaydi.
Chayon dedi: 
– Mening tabiatim, xoh do‘st orqasiga bo‘lsin, 
xoh dushman siynasiga bo‘lsin, nish urmoqni 
taqozo etadur.
Toshbaqa dedi:
– Donishmandlar zoti yomonni tarbiyalasang, 
obro‘yingdan mahrum bo‘lasan, deb bekorga ayt-
maganlar.
Shuni deb toshbaqa suvga sho‘ng‘idi, chayon 
esa tushib halok bo‘ldi.
Bu masalni shuning uchun keltirdimki, Shat-
rabaning zoti yomon, o‘zi nopok.
Shunday qilib, Dimna hiyla angiz so‘zlar bilan 
o‘z maqsadiga erishdi, suvni loyqalantirib, sher-
ning g‘azabini qo‘zg‘ata oldi. 
Aytibdurlarki, podsho o‘z mulozimlariga had-
dan ortiq marhamat va lutf-karam ko‘rsatmasligi 
kerak, toki ular boshqa kattaroq narsa umidida 
dushman tarafiga o‘tib ketmasinlar; shunday qi-
lish kerakki, ular xavf va ehtiyoj, qo‘rquv va umid 
orasida yashasinlar: na umidsizlikka tushsinlar 
va na quturib ketsinlar... Egri odamdan to‘g‘rilik 
kelmasligini podsho bilmog‘i kerak. Yo‘ldan ozgan 
odamni jazo berish bilan to‘g‘ri yo‘lga qaytarish 
har gal mumkin bo‘laveradigan ish emas. Itning 
qayrilma dumini qanchalik mahkam bog‘lab 
qo‘ymang, u baribir to‘g‘ri bo‘lmaydi, bog‘ni 
yech gan zamonoq avvalgi holiga qaytadi. Kimki 


100
achchiq bo‘lsa ham, o‘z do‘stlari nasihatiga qu-
loq solmas ekan, ishining oqibati pushaymonlik 
bo‘ladi. Bu – hakim buyurgan dorilarni ishlatmay, 
parhez qilmay, o‘zining ko‘ngli tilagan taomlarni 
yegan, istagan ichimliklarni ichgan bemorning 
har daqiqa dardi og‘irlashib ketgani kabidir... 
Shohning mulozimlari ularga qilingan yaxshiliklar 
evaziga o‘z bilganlarini shohlarga aytib turishga 
majburdirlar. Shohlar ham buni talab qilishga 
haqlari bor. Shohdan hech bir narsani yashirma-
ganlar mulozimlarning eng sodiqlaridir. Oxiri 
xayrli bo‘lgan ish eng yaxshi ish sanaladi. Eng 
yaxshi odamlarning maqtovi eng oliy mukofotdir. 
Ehtiyoj sezilmaganda ham har bir ishda yaqindan 
yordam beruvchi do‘st – do‘stlarning eng yaxshi-
sidir. Muloyimlik va sofdillik eng yaxshi xislatlar-
dandir. Ochko‘z va xasis bo‘lmagan – odamlarning 
eng badavlatidir. Davlatdan mag‘rurlanmagan, 
kambag‘allikdan ruhiy tushkunlikka tushmagan 
– insonlarning eng komilidir...
To‘shagi tikandan, yostig‘i ilondan bo‘lgan 
odamning uyqusi shirin bo‘la olmaydi. Inson idroki-
ning rasoligi, aqli komilligining alomati shuki, do‘st-
lardan biri dushmanlik qilsa va yo mulozimlardan 
biri g‘ururlanib ketsa, bunga qarshi darhol chora 
ko‘radi, fursat topib, ziyon yetkazmasdan burun uni 
bir yoqlik qiladi. Chunki dushmanga muhlat berilsa
uning qudrati ortadi, vaqt berilsa, kuch yig‘adi...
Ishning avvali-yu oxirini tushunmagan, katta 
hodisalar yuz berganda yaxshi tadbir ko‘ra olma-
gan, fursat qo‘ldan ketgandan va dushman g‘olib 
kelgandan keyin o‘z yaqinlarini koyib, har biriga 
bir jazo bergan shoh podshohlarning eng ojizidir... 


101
Mamlakatni idora etish shartlaridan biri hamlaga 
tayyorlangan dushmanni darhol bartaraf etishdir.
Sher dedi: 
– Sening so‘zlaring juda dahshatli va qahr-u 
g‘azab bilan sug‘orilgan. Lekin xayrixoh odamning 
so‘zlariga quloq osmaslik to‘g‘ri emas. Shatraba 
dushmanlik fikriga tushsa, uning yetkaza oladigan 
zararlari meni qo‘rqitolmaydi. Chunki u mening 
taomimdir. Uning yemishi o‘t-alaf, meniki esa 
go‘shtdir. Buning ustiga, u bilan mening oramizda 
salom-alik, ishonch, hurmat bor. Debdurlarki, 
aqlli odamlar ishonchga xiyonat etmaydilar. Endi 
men nimaga asoslanib Shatrabaga xiyonat qila 
olaman. Majlislarda takror-takror uni maqtab, 
undan rozi ekanligimni, uning aqli va farosatidan 
mamnunligimni, unga sodiqligimni hamisha 
aytib kelganman. Endi bu aytganlarimning aksini 
qilsam, men so‘zimning ustidan chiqmaydigan 
va tez-tez fikridan qaytadigan odamdek bo‘lib 
qolaman. Bundan keyin hech kim men bergan 
va’dalarga yurakdan ishonmay qo‘yadi.
Dimna dedi: 
– «Shatraba mening taomimdir», deb shoh al-
danib qolmasinlar. Shatraba o‘zi bir narsa qila 
olmasa ham, atrofiga do‘stlarini to‘plab, hiyla va 
riyokorlik bilan maqsadiga yetishi mumkin. Bu-
tun yirtqich hayvonlar uning tarafiga o‘tib keta-
dilar deb qo‘rqaman. Chunki Shatraba ularning 
qalbida senga adovat, o‘ziga rag‘bat hisini uyg‘ot-
gan. Bularning ustiga, agar Shatraba boshqalarni 
senga gijgijlatolmagan taqdirda ham, uning hij-
roni visolidan yaxshiroqdir.
Sher Dimnadan so‘radi: 


102
– Xo‘sh, endi nima qilay?
Dimna dedi: 
– Chirigan tishni sug‘urib tashlamaguningc-
ha og‘rig‘i qolmaydi... Hazm bo‘lmagan taomni 
qayt qilib tashlamaguncha, ko‘ngil behuzurligi 
bosilmaydi. Yaxshilikni bilmagan, do‘stlik o‘rniga 
dushmanlik xayoliga tushgan yaramas raqib-
ni halok qilmaguncha, uning dastidan qutulib 
bo‘lmaydi.
Sher dedi: 
– Sening so‘zlaringdan keyin Shatrabaning diy-
dorini ko‘rishni ham istamayman. Birortani yubo-
ray, borib unga qayerga xohlasa ketaverishi mum-
kinligini aytib kelsin, aslo ko‘zimga ko‘rinmasin.
Dimna bu so‘zlar Shatraba qulog‘iga yetib bor-
sa, u darhol o‘zini oqlash uchun dalillar keltirishi-
ni, Dimnaning yolg‘on gapirib, hiyla ishlatganini 
fosh etishini yaxshi bilar edi. Shuning uchun 
tezda sherga dedi:
– Ehtiyotkorlik jasurlikning fazilatidir. Bunday 
qilishga maslahat bermayman, chunki aytilmagan 
so‘zlarni har qachon aytsa bo‘laveradi, lekin aytil-
gan so‘z erkin harakat etmoqqa xalal yetkazishi 
mumkin.
Aytilgan so‘z – otilgan o‘q, uni qaytarib bo‘lmay-
di... Mabodo Shatraba bu xabarni eshitsa, o‘zining 
fosh etilishini bilib, qo‘shin to‘plashi, shaylangan 
holda urushgani kelishi mumkin.
Aql va tajriba egalari oshkora gunoh uchun 
yashirin jazo va aksincha, yashirin gunoh uchun 
oshkora jazo berishni maslahat ko‘rmaydilar.
Sher dedi: 


103
– Hech qanday dalil bo‘lmasdan, faqat gumon-
ga asoslanib yaqinlarni uzoqlashtirish, ularni 
halok etishga intilish – o‘z ildiziga o‘zi bolta urish 
demakdir. Podshohlar butun ishlarda, xususan, 
mukofot va jazo berishda atroflicha mulohaza 
yuritmoqlari darkor.
Dimna dedi: 
– Shohning aytganlari to‘g‘ri. Lekin bu hiylagar 
kelguncha fursatni qo‘ldan bermay, yaxshi ho-
zirlik ko‘rmoq kerak. Shatrabaga diqqat bilan 
qaralsa, uning qanday fikrda ekanligini jirkanch 
basharasidan ham bilsa bo‘ladi. Chunki do‘st bilan 
dushman orasidagi farq, ularning qarashlari, yu-
rish-turishlarida ko‘zga tashlanib turadi. Xiyonat 
yo‘liga kirgan bo‘lsa, uning tashqi belgilari quyi-
dagicha bo‘ladi: kayfiyati buziladi, ko‘zi olazarak 
bo‘ladi, o‘ng va so‘lga alanglayveradi, shohni suzib 
olishga tayyorlanib turganday bo‘ladi.
Sher dedi: 
– Bu boshqa masala. Agar, haqiqatan ham, men 
bu belgilardan birortasini unda ko‘rsam, o‘sha 
zamonoq shubhalarim tasdiqlanadi.
Dimna sherning bu so‘zlarini eshitgach, o‘z hiy-
lasi ta’sir etganini angladi va ho‘kizni ham yo‘ldan 
urish uchun uning yoniga jo‘nashlikka qaror qildi. 
Lekin sherda shubha uyg‘otmaslik uchun avval 
undan ijozat olishni lozim ko‘rdi.
– Ijozat bersangiz, Shatrabaning yoniga boray, 
uning qanday fikrda ekanligini bilib, sizga xabar 
qilay.
Sher ijozat berdi.
Dimna boshini quyi solib, g‘amgin holda Shat-
rabaning yoniga keldi. Shatraba uni mehribonlik 


104
bilan qarshi olib dedi: «Bir necha kundan beri seni 
ko‘rmayman, kayfiyating qalay?».
Dimna javob berdi: 
– Ixtiyori o‘z qo‘lida bo‘lmagan, boshqalar amri-
ga mute bo‘lgan, hamisha qo‘rquv va iztirob ichida 
yashagan, bir daqiqa bo‘lsa-da, erkin nafas olib, 
yurakdagi so‘zlarini aytolmaydigan kimsaning 
kayfiyati nechuk bo‘lur edi!
Ho‘kiz dedi: 
– Nima bo‘ldi o‘zi?
Dimna dedi: 
– Nima bo‘lardi, hech narsa. Insonning mang-
layiga nima yozilgan bo‘lsa, o‘sha bo‘ladi... Hech 
toleyidan qochib qutulgan odamni uchratding mi? 
Kimni ko‘rdingki, xotinlar suhbatida birortasiga 
maftun bo‘lmagan bo‘lsin? Yaramas odamlarga 
ishi tushib, xor bo‘lmasin? Fitnachi odamlar bi-
lan ulfatchilik qilsin-da, oxirida o‘zi pushaymon 
bo‘lmasin? Podshohlar mulozimatida bo‘lsin-da, 
yana buning ustiga joni ham salomat qolsin?
Shatraba dedi: 
– So‘zlaringdan ko‘rinadiki, sherdan senga bir 
ozor yetgan va uning qahridan qo‘rqasan.
Dimna dedi: 
– To‘g‘ri. Lekin o‘zim uchun qo‘rqmayman, bal-
ki do‘stlar uchun tahlikaga tushib qolganman. 
Senga do‘st ekanligim, oramizdagi do‘stlik alo-
qalari, birinchi daf’a sher meni sening olding ga 
yuborganida senga halol xizmat qilganim o‘zingga 
ma’lum. Shuning uchun ham, men biron yaxshi 
yo yomon, xayrli yo zararli hodisani sezsam, uni 
sendan yashirolmayman.
Shatraba dedi: 


105
– Ey, ahdiga vafodor, aziz do‘stim! So‘zla va 
tezroq meni bo‘lgan hodisalardan xabardor qil!
Dimna dedi: 
– Bir e’tiborli odam sher og‘zidan shu gaplar-
ni eshitibdi: «Shatraba juda yaxshi semiribdi, 
ko‘rganda og‘zingning suvi keladi. Uning bu yerda 
tirik qolishining ma’nosi yo‘qdir... Jonivorlarni 
uning shirin go‘shti bilan mehmon qilsam». Bu 
gapni eshitgach, sherning naqadar qonxo‘r va 
yirtqich ekanini payqadim, seni xabar dor qilib
qardoshlik burchimni bajo keltiray, deb tezda 
sening yoningga keldim. Bu bilan do‘stlik, vijdon 
va ahd-u pay mon shartlarini ado etdim.
Endi birgina yo‘l bor – tezda bir chora ko‘rib, 
hiyla bilan joningni saqlab qolishing kerak.
Shatraba Dimnaning aytganlariga diqqat bilan 
quloq soldi. Sherning bergan va’dalari, ichgan 
ontlarini eslab, dedi: 
– Sherning mendan g‘azablanishiga asos yo‘q, 
chunki unga shu vaqtgacha mendan hech bir 
xiyonat sodir bo‘lmadi. Mening haqimda sherga 
yolg‘on so‘zlar so‘zlab, uni yo‘ldan chiqarganlar, 
sher ham shunday mulozimlarning bo‘hton va 
iftirolariga ishonib, mendan achchiqlangan. Sher-
ning xizmatida xoin mulozimlar ko‘p. Fitnachilar 
bilan do‘st bo‘lgan kimsa eng yaxshi odamlar 
haqida ham yomon fikrda bo‘ladi, vaqt o‘tgandan 
so‘ng ko‘zlari moshdek ochilib, pushaymon yeydi. 
Bu xuddi o‘rdakning xatosiga o‘xshaydi!
Dimna so‘radi: 
– U qanday xato qilgan ekan?


106

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin