Til bo‘lsaydi o‘z qalbining sirdoshi,
Kesilmasdi til egasining boshi.
Dimna dedi:
– Ey, birodar, sen hamisha haq so‘zni aytar
va to‘g‘ri maslahatlar berar eding. Lekin hasad,
mansab orzusi aqlimni oldi, nasihatlaringni ko‘z
oldimda beqadr qildi. Bu ishning zarari bag‘oyat
va xatari benihoya ekaniga aqlim yetar edi, lekin
nafsini tiya olmay sog‘lig‘iga zararli taomni yegan
kasal kabi o‘zimni yenga olmadim. Bilaman, bu
balo urug‘ini o‘zim sepdim. Kim nima eksa, shuni
o‘radi. Inson o‘zi ekkan daraxtning zaharli ekani-
ni mevasini o‘ziga yedirganlaridan keyin biladi.
Ko‘rib turibmanki, menga ham qilgan ishlarim
hosilini yig‘ish va aytgan so‘zlarim jazosini tortish
vaqti keldi. Lekin do‘stim bo‘lganing uchun senga
ham ozor berishlari mumkinligi meni tashvishga
solyapti. Agar eskitdan do‘st-sirdosh ekanimizni
148
nazarda tutib, seni guvohlikka chaqirsalar va sen,
xudo ko‘rsatmasin, rostgo‘yliging tufayli barcha
bo‘lgan gaplarni aytib bersang, u vaqt men ikki
hissa og‘ir azob chekaman. Unda sen uchun ham,
men uchun ham najot yo‘li berkilgan bo‘ladi,
chunki sen mening ishlarimni bilib yurarding.
Sen boshqalar to‘g‘risida shahodat bersang ham,
hech kimda shak-shubha uyg‘onmaydi, shunday
samimiy do‘st bo‘laturib, men haqimda aytgan
so‘zlaring inobatli bo‘ladi. Endi mening qay ahvol-
da ekanligimni o‘zing ko‘rib turibsan. Muruvvat va
marhamat payti, gunohlarni kechirish vaqti yetdi.
Kalila dedi:
– Nima demoqchi bo‘lganligingni angladim.
Olimlar debdilarki, har kim ham azobga bardosh
berolmaydi, kulfatga tushgan odam jonini azob-
dan qutqarish uchun yolg‘onmi, rostmi, haqmi,
nohaqmi, og‘ziga kelganini qaytarmaydi. Men sen-
ga hozirgi vaziyatda najot yo‘lini ko‘rsata olmay-
man. Eng yaxshisi shuki, gunohingni bo‘yningga
ol va bo‘lgan ishni e’tirof qilib uzr so‘ra. Shunday
qilsang, hech bo‘lmaganda, narigi dunyo azobidan
qutulib qolasan. Chunki, baribir, seni qilgan
ishing uchun o‘ldiradilar.
Dimna dedi:
– Men bu haqda o‘ylab ko‘ray, biror qarorga
kelsam, senga aytarman.
Kalila bu suhbatdan yuragi siqilib, parishon
holda uyiga qaytdi. Ketma-ket ro‘y berishi mum-
kin bo‘lgan musibat va balolarni ko‘z o‘ngiga
keltirdi, g‘amdan ko‘rpa-to‘shak qilib yotib oldi,
biroq o‘rnida ilon chiqqandek to‘lg‘ana boshladi.
149
Nihoyat, kechga borib qorni shishib ketdi, tong
otmay, nafasi bo‘g‘ilib, jon taslim qildi.
Kalila bilan Dimna zindonda gaplashayotgan
paytda bir vahshiy hayvon ular yaqinida biqinib
yotib, butun gaplarni eshitib olgan edi... Erta-
siga u sherning onasi yoniga kelib hammasini
aytib berdi. Sherning onasi dedi:
– Xoin odamlarni kechirish, sodiq odamlarni
o‘ldirish demakdir. Fitnachi va riyokor odamlarni
salomat qoldirish, ularning ishiga sherik bo‘lish
demakdir.
Sher qoziga Dimnaning ishini tezlatishni, uni
biladi ganlarni so‘roq qilib, eshitganlarini har kuni
shohga xabar qilib turishni buyurdi.
Ertasiga hamma qozilar to‘plandilar, jar solib
jamoatni ham yig‘dilar. Qozining vakili jamoatga
yuzlanib, baland ovoz bilan dedi:
– Shoh Dimnaning ishi tezlikda tekshirilib
haqiqatni aniqlashni, shubhalarni bartaraf qilib,
Dimna ustidan hukm chiqarishni amr qildi. Le-
kin shoh bu hukm juda odil bo‘lishi kerakligini,
buning uchun Dimnani taniganlar uning yax-
shi-yomon ishlarini chiqib gapirishlari lozimligini
uqtirib o‘tdi. Toinki, xun nohaq ketmasin!
Qozi vakili so‘zini tugatdi. Hamma sukutga
ketdi. Hech kim chiqib gapirishga botinmas
edi. Chunki o‘tirganlar uchun bu masala ancha
qorong‘i edi. Ular tusmollab bir narsa deyishni va
shu tufayli behuda qon to‘kilishini xohlamasdilar.
Bu holni ko‘rib Dimnaga jon kirdi va jamoatga
qarab dedi:
– Agar gunohkor bo‘lsaydim, sizning indamas-
ligin gizga sevinar edim. Lekin men begunohman.
150
Gunohkor bo‘lmagan odam haqida hech kim
yomon so‘z aytishi mumkin emas. Har biringiz
mening to‘g‘rimda nima bilsangiz, gapiring. Lekin
esingizda tutingki, har bir so‘zning bu dunyoda
ham, u dunyoda ham o‘ziga yarasha mukofoti
bor. Og‘zingizdan chiqqan har bir so‘z bir odamga
hayot bag‘ishlashga va yoki bir insonni yo‘q qilib
yuborishga qodir. Haqiqatni bilmasdan, yolg‘iz
gumon va taxminga asoslanib guvohlik beradigan
va bu bilan meni halok qiladigan odam tabobat
ilmini bilmay, tabiblik da’vo qilgan kishi kuniga
tushadi.
Qozilar so‘radilar:
– U qanday bo‘lgan edi?
Dostları ilə paylaş: |