Dimnaning hikoyati
Rivoyat qilibdurlarki, bir shaharda tajribali, be-
morga to‘g‘ri va foydali maslahat beradigan, aqlli,
xizrnafas bir tabib yashar edi. Bu hakim xasta
bo‘lib, insonning eng qimmatli ne’mati bo‘lgan
ko‘zidan ajralib, ko‘r bo‘lib qoldi. Shundan foy-
dalanib, bir hayosiz nodon odam o‘zini tabib qilib
ko‘rsatib, nom chiqara boshladi.
Ushbu shahar podshohining bir qizi bor edi.
Shoh uni o‘z akasining o‘g‘liga uzatgan edi. U
homilador bo‘lib, tug‘ish vaqti yaqinlashganda
og‘ir kasal bo‘lib qoldi. Shoh tajriba va muolajada
shuhrat topgan ko‘r tabibni chaqirtirib keldi. U
ayolning kasalini so‘rab-surishtirgach, dardini
darhol topdi, unga «zamahron» dorisidan bir mis-
qolini toza mushk va dolchinga qo‘shib ichirishni
151
buyurdi. Unga dorini tayyorlashni taklif qilgan-
larida, u aytdi:
– Mening ko‘zlarim ko‘rmaydi, o‘zlaringiz
tayyorlar sizlar.
Shu orada nodon «tabib» kelib qolib, gapga
aralashdi:
– Bu mening ishim, men tayyorlay olaman, –
dedi.
Shoh uni o‘z yoniga chaqirib, turli giyohlar
saqlanadi gan xonaga kirib dorini tayyorlashni
buyurdi. U ilmsiz va nodon odam darrov o‘sha
xonaga kirib, hech narsa bilmagani holda ishga
kirishdi: zahar solingan bir idishni oldi, unga
dorilarni aralashtirdi va olib chiqib ayolga berdi.
Shohning qizi uni ichishi bilanoq jon berdi. Pod-
sho g‘azablanib, o‘sha doridan qolganini nodon
hakimga ichirdi, uning butun a’zoyi badani ko‘m-
ko‘k bo‘lib, shu joyning o‘zida qotib qol di.
Bu masalni shuning uchun keltirdimki, masala-
dan xabardor bo‘lmay so‘z aytganning, bilmagan
ishga kirishganning ahvoli shunday bo‘ladi.
O‘tirganlardan biri dedi:
– Jinoyatini avom xalqdan so‘rab-surishtirib
o‘tirishga ehtiyoj bo‘lmagan, razilligi va riyokorligi
a’yon-u ashrafga oydek ravshan bo‘lgan badbaxt
Dimna o‘limga sazovordir. Dimnaning lo‘ttibozligi,
qalbining qoraligi, uning yuzidagi alomatlaridan
ham ko‘rinib turibdi.
Qozi dedi:
– Qaysi alomatlardan, ularni aytib ber, xalqqa
ham ma’lum bo‘lsin.
U shaxs dedi:
– Olimlar debdurlarki, kimning qoshlari oralig‘i
uzoq bo‘lsa, o‘ng ko‘zi chap ko‘zidan kichikroq
152
bo‘lsa va tez-tez yumib ochsa, burni chap tomon-
ga biroz qiyshaygan bo‘lsa va uchida uchta tuk
bo‘lsa, o‘zi hamisha yerga qarasa, unday odamga
fisq-fasod hamroh, hiyla va makr yo‘ldoshdir. Bu
alomatlarning hammasi Dimnada bordir.
Dimna dedi:
– Ollohning hukmi haqdir, unda sahv-xato
bo‘lishi mumkin emas. Agar sen sanab chiqqan
alomatlar haqiqatning mezoni, adolatning o‘lcho-
vi bo‘lsa va yolg‘iz shularga asoslanib to‘g‘rini
yolg‘ondan, haqni nohaqdan ajratish mumkin
bo‘lsa, u vaqtda hech bir kimsani hech qanday
mas’uliyatga tortib bo‘lmaydi. Na yaxshiligi uchun
unga mukofot berib bo‘ladi va na yomonligi uchun
jazo. Chunki xudo tomonidan yaratilgan bu xu-
susiyatlarni hech kim yo‘q qilish qudratiga ega
emasdir... Agar menga tuhmat yuzasidan to‘nkal-
gan bu ishni qilgan bo‘lsam (xudo saqlasin), de-
mak, meni bunga shu alomatlar majbur etibdi.
Bu alomatlarni xudo yaratganligi tufayli men
ularni yo‘q qilishga qodir emasman, binobarin,
jazoga ham sazovor emasman... Gar shunday
ekan, qanday qilib sizlar meni bu alomatlarga
asoslanib baloga duchor qila olasizlar? (Sizlar bu
bilan xudoni gunohkor hisoblagan bo‘lasizlar-ku!)
Sen bu bema’ni so‘zlaring bilan o‘z nodonligingni
va omiliging ni hammaga ayon qilding. Sen o‘zing
bilmagan ishingga aralashib yuribsan, og‘zingdan
chiqqan gapning ma’nosiga tushunmaysan.
Dimnaning bu so‘zlaridan keyin hamma og‘ziga
tolqon solgandek jim bo‘lib qoldi, hech kim biron
narsa deyishga jur’at eta olmadi.
Qozining buyrug‘i bilan Dimnani zindonga olib
ketdilar.
153
Dimna zindonga kelgan edi hamki, Kalilaning
Ruzbeh otli do‘sti Kalilaning o‘lganini unga xabar
qildi. Dimna buni eshitgach, yuragi g‘am-g‘ussaga
to‘ldi, oh chekib, ko‘zlaridan seldek yosh to‘kdi va
marsiya o‘rnida shu she’rni o‘qidi:
Dostları ilə paylaş: |