Urganch davlat universiteti "pedagogika" fakulteti



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/22
tarix03.12.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#138038
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22
 
 
 
 
 
 
8
.
“Maʼnaviyat yulduzlari” 
,Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti
Toshkent,
1999-y,50-b


14 
1.2.Mahmud Qashg’ariyning o’zbek adabiyoti tarixida tutgan o’rni 
Birinchi turkolot Maxmud Qoshg’ariyning asl ismi Maxmud Ibnul Xusayn 
ibn Muhammadali Qoshg’ariy bo’lib uning bobosi Qashqarda tug’ilgan bo’lsa 
ham asosan Bolasog’unda yashagan. Ba’zi manbalarda Qoshg’ariyning to’liq ismi 
Shamsiddin Mahmud ibn Husayn tariqasida keltirilgan. Maxmud Qoshg’ariy 
Qoshg’ar shahrining janubi G’arbidagi O’pol qishlog’ining o’g’iz mahallasida 
tug’ilgan. U Qoraxonning xukmdorlaridan Yusuf Qodirxonning evarasi. Otasi 
Xusayn ibn Muhammad (Qodirxonning nevarasi) ,,Arslon Elik” nomi bilan 1056 – 
1057 yillarda Barsixon amiri bo’lgan. Maxmudning ona tomonidan buvasi Xoji 
Sayfiddin buzrukvor bo’lgan.
Mahmud Qoshg’ariy Samarqand Buxoro Bog’dodda tahsil olgan. Arab fors 
rumoniy kabi 8 – 9 tilni mukammal egallagan. U qandaydir bir qirg’in paytida ota 
yurtini tashlab chiqib ketgan. Mahmud Qoshg’ariy haqida bizgacha juda oz 
ma’lumot yetib kelgan. Bu ma’lumotlar ham uning ,,Devonu lug’atit turk’’ asari 
orqali yetib kelgan.
Devonu lug’atit turkdan yana bir narsa ma’lumki Mahmud Qoshg’ariy bu 
lug’at bilan bog’liq bo’lgan yana bir asar - ,,Kitobi javohirun naxfiy lug’otit turk” 
(turkiy tillarning naxv qoidalari) kitobini ham yozgan va bu kitob hanuzgacha 
topilgan emas. Mahmud Qoshg’ariyning qoraxoniy zodagonlarning oliy toifasiga 
mansub ekanligini quyidagi daillar ham tasdiqlaydi.
1. Bobomiz somoniylardan turk yerlarini tortib olgan usha amirdir. Bu hamir 
,,ya’ni amir” Tekin deb ataganlar. Mahmud Qoshg’ariy asar boshida o’zi 
to’g’risida so’zlab o’zining eng eski turkiy qabilalarida ekanligini bildirgan. 
Mahmud Qoshg’ariy taqor turkiy tillardan tashqari arab va fors tillarini ham 
bilgan. Asarning muqaddimasida aytilgan so’zlardan M.Qoshg’ariy Buxoro va
Nishopurda bo’lgan deb taxmin qilish mumkin. Maxmud Qoshg’ariy va uning 
asariga bag’ishlangan tadqiqotlarda Mahmud Qoshg’ariy va uning chuqur va boy 
bilim olishi mumkin bo’lgan Buxoro, Nishopur, Samarqand, Marf, Shimoliy Eron 
va Bog’dod musulmon olimlarning markazlari qayta – qayta tilga olinadi. Usha 
davr musulmon maktablarida arab tili grammatikasi musulmon aqidalari va 


15 
xuquqshunoslik xisob, qur’on va xadis o’rgatilgan. Mahmud Qoshg’ariy ,,Devoni 
lug’atit turkda” yorqin namoyish etgan linvistika geografiya, tarix va boshqa 
fanlarga oid bilimlarni extimol keyinchalik olgan. Mahmud Qoshg’ariy turk yerlari 
bo’ylab qilgan ko’p yillik safarining birlamchi maqsadi haqida gapirmaydi. 
Asardagi avtoxarakteristikadan quyidagilar ma’lum: ,,Men turklar, turkmanlar, 
og’izlar, chiginlar, yag’molar, qirg’izlarning shaharlarini qishloq va yaylovlarini 
ko’p yillar kezib chiqdim. Lug’atlarni turklari turli xil so’z xususiyatlarini o’rganib 
aniqlab chiqdim. Men tilda ularning yetuklaridan eng katta mutaxassislaridan
xushfaxmlaridan eski qabilalardan jang ishlarida usta nayzadorlaridan edim. 
Ularga shuncha diqqat qildimki turklar, turkmanlar, o’g’izlar, chiginlar, yag’molar, 
qirg’izlar qabilalarining tillari butunlay dilimga jo bo’ldi. Ularni har tomonlama 
puxta bir asosda tuzdim. Kitob devoni lug’atit turk deb ataldi. Men bu kitobni 
hikmatli so’zlar, sajlar, maqollar, qo’shiqlar, rajaz va nasr deb atalgan adabiy 
parchalar bilan bezadim”. Devoni lug’atit turkni tuzishdan avval linvistik tarixiy 
va etnografik materialni yig’ish bo’yicha ko’p yillk ish amalga oshirilganligi 
tabiiy. Lekin Mahmud Qoshg’ariy o’z yurtini tashlash turk yerlarini kezib 
yuritishga nima majbur etdi? Bu savolga 2 ta javob bo’lishi mumkin. 1. O’z tiliga, 
o’z tarixiga muhabbat turk tilining arab tilidan qolishmasligining dalillari bilan 
isbotlab uni ulug’lash istagi. 2. Mahmud Qoshg’ariy hijriy 448 – 449 yillarda 
sharqiy qoraxoniylar davlatida hammaga ma’lum bo’lgan qonli voqealar bo’lib 
turgani uchun o’z yurtlarini tark etishga majbur bo’lgan. Devoni lug’atit turk 
(turkiy so’zlar devoni) melodiy 1072 – yillarda yozila boshlagan va 1074 – yilda 
tugatilgan. Muallif bu haqda shunday degan. (Kitob 464 – yilda hijriy) jumadul 
avval boshlarida boshlandi va to’rt karra yozilganda va tuzatilgandan so’ng 464 – 
yil jumadul oxirining 12 kuni bitirilgan. Bu vaqtda muallif 50 yoshda bo’lgan. 
Umuman olganda bu asar 11 – asrda yozilgan bo’lib turkey so’zlar lug’ati 
xisoblanadi.
Yuqoridagi misralardan anglashimiz mumkinki, muhabbat, ishq mavzusi 
an’anaviy mavzulardan biri hisoblanadi. Mahmud Koshg‘ariyning XI asrda 
yozilgan mazkur asarida ham, undan kryin yozilgan asarlarda ham va bugungi 


16 
kunda ham muhabbat adobiyotning asosiy tasvirlovchi ifodalaridan biridir. Bu 
misralarda shoir sevgisi kundan-kun kuchayib, uni o‘rtayotgani va yori ketgani 
uchun oshiq bu yurtlarda ortiq tura olmasligi tasvirlangan.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin