Urganch davlat universiteti



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə18/72
tarix26.03.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#124383
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   72
Maktabgacha ta’limda innovatsion faoliyat” fanidan o‘quv-uslubiy

Tamoyillar:
 ko`p marta takrorlash, majburiy bosqichma-bosqich nazorat, qiyinchilikning yuqori darajasi, katta bloklarda o`rganish, faoliyatning dinamik qolipi, xatti-harakatning tayanchi, mo`ljaldagi asosini qo`llash;
 shaxsni ko`zda tutish asosida yondashuv;
 insonparvarlik;
 zo`rlab o`qitmaslik;
 o`quv vaziyatlarining konfliktsizligi, har - bir o`quvchining muvaffaqiyatlaridan boxabarlik, tuzatish (yo`lga solish), o`sish, yutuqlarga istiqbolni ochish;
 o`qitish va tarbiyani bog’lash.

.F. Shatalov metodining o`ziga xosligi:


 materiallar katta hajmda kiritiladi;
 materiallar bloklar bo`yicha joylashtiriladi;
 o`quv materiali tayanch sxema – konspekt ko`rinishida rasmiylashtiriladi.
 Jadvaldan ko`rinib turibdiki, tayanch konspekt ko`rgazmali sxemani tashkil etmoqda.
V.F.Shatalov tayanch (tayanish) deganda bola harakatlarining taxminiy asosini, ichki fikrlash faoliyatining tashqi tashkil qilinish usulini tushunadi.
Tayanch signal o`zaro uzviy bog’lovchi ramzlar (ishora, so`z, sxema, rasm va h.o) bo`lib, qandaydir ma’noli mohiyatni almashtiradi.
Tayanch konspekt - o`quv materiallari o`zaro bog’langan usullarining butun qismlari sifatida faktlar, tushunchalar, g’oyalar tizimi o`rnida qo`llana oladigan ko`rgazmali konstruksiyalardan iborat qisqacha shartli konspekt ko`rinishidagi tayanch signallar sistemasidir.
V.F.Shatalovning xizmatlari shundaki, u mashg’ulotlarda yetarli darajada va barchaning faolligini ta’minlovchi o`quv faoliyati tizimini ishlab chiqdi. V.F.Shatalovning o`quv jarayoni texnologik sxemasi tablitsada ko`rsatilgan.
V.F.Shatalov metodikasi 4 bosqichdan iborat bo`lib, ular bir qancha usul va metodik yechimlarni o`z ichiga oladi:
1. Nazariyani sinfda o`rganish: taxtada oddiy tushuntirish (bo`r, ko`rgazmali qurol, TV bilan); bo`yalgan plakat – tayanch konspekt bo`yicha qayta tushuntirish; plakat bo`yicha qisqacha bayon qilish; o`quvchilarning o`z konspektlari ustida individual ishlashlari, konspekt bloklari bo`yicha keng mustahkamlash.
2. Uydagi mustaqil ishlar: tayanch konspekt, darslik, ota - onalar yordami. o`quvchilarga uqtirish: konspektdan foydalangan holda o`qituvchining tushuntirganlarini esla, berilgan materialni kitobdan o`qi; o`qiganlaringni konspekt bilan qiyosla; konspekt yordamida darslik materiallarini so`zlab ber (kodlashtirish - dekodlashtirish); konspektni so`zlab berish uchun tayanch sifatida yodda saqla; konspektni qayta ishlab chiqing va namunaga qiyosla.
3. Birinchi takrorlash - konspektni o`zlashtirishni har tomonlama keng nazorat qilish: barcha o`quvchilar konspektni xotirasida qayta ishlab chiqadilar, o`qituvchi ularni ketma-ket tekshirib boradi; bir vaqtning o`zida «asta» va magnitafon orqali so`rab boradi; yozma ishdan so`ng og’zaki so`rash boshlanadi.
4. Tayanch konspektni og’zaki so`zlab olish - o`zlashtirishdagi tashqi nutq (og’zaki) faoliyatining eng muhim bosqichi, u turli savol-javoblar jarayonida yuz beradi.
5. Ikkinchi takrorlash-umumlashtirish va bir tizimga keltirish (tartibga tushirish): o`zaro nazorat darslari; oldindan sinov savollari ro`yxatini nashr qilish; tayyorlash; barcha turdagi nazoratlardan foydalanish (taxtada, astagina, yozma va b.); o`zaro so`rash va o`zaro yordam; o`yinli unsurlar (jamoalar bellashuvi, rebusni topishi va b.).
Nazorat, baholash. V.F. Shatolov o`quvchilarning bilim, malaka va ko`nikmalarini bosqichma-bosqich nazorat qilishning bosh muammosini hal qildi. Doimiy tashqi nazoratni o`zini-o`zi nazorat qilish va o`z-o`zini baholash bilan bog’lash, har birini bosqichma-bosqich nazorat qilish, kuchi yetadigan darajada talab qilish, doimo tuzatishning imkoniyati mavjudligi, natijalar oshkorligi, ikki bahoning yo`qligi, past bahodan qo`rqishning yo`qligi.
Nazorat shakllari: tayanch konspekt bo`yicha yozma ish, mustaqil ishlar, baland ovozda so`rash, magnitafonda, juftlikda o`zaro nazorat, guruhdagi o`zaro nazorat, uy nazorati, o`z-o`zini baholash.
O`quvchi tomonidan olingan har - bir baho bilimlarni maxsus ochilgan ko`zguga qo`yib boriladi. U go`yo o`quvchiga xizmat qiladigan ro`yxat vazifasini bajaradi, baholar esa ijobiy shifrlangan tavsifnoma ahamiyatiga ega bo`ladi. Bunday tavsifnomani e’lon qilish katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo`ladi. Bu tavsifnomaning eng muhim tomoni shundaki, o`quvchi xohlagan vaqtida har qanday bahoni nisbatan yuqori bahoga o`zgartirishi mumkin. Ochiq imkoniyat tamoyilining mohiyati ham shunda. Har - bir baho, - deb ta’kidlaydi V.F. Shatalov, avvalambor, o`quvchida ijobiy e’tiborni qo`zg’atadigan vosita, turtki bo`lib xizmat qilishi lozim. Ikki baho salbiy hislarga sabab bo`ladi, o`qituvchi va fan bilan ziddiyatni keltirib chiqaradi. Shatalov bunday konfliktli vaziyatlarni bartaraf qiladi.
Metodik usullar (pedagogik mikrounsurlar) tirkamasiga: uchirma takrorlash, releli (almashma) nazorat ishlar, desant metodi, zanjir metodi, vazifalar ichida «cho`milmoq», kitobdagi xatolarni topmoq, varaqchalarda misol-masala yechish, tanlov asosida misol-masala yechish, 4 qo`lda yechish, tajriba darslari, «miyaga» niqtash, quyidan yuqoriga qarab yechish, aytib berganni rag’batlantirish, ochiq fikrlar darsi, oltinchi ball, ijodiy konspekt, tezaytish, keskinlikni yumshatish usullari (musiqa, yorug’lik, tanaffus va b.) va b.
V.F.Shatalov tomonidan ishlab chiqilgan o`quv faoliyati tizimi maktab o`quvchilarida eksperiment qilingan, lekin uning metodikasi matematika o`qitish doirasidan chiqib, nafaqat tabiiy fanlar, balki gumanitar fanlar: til, tarix kabi fanlarni o`qitishda ham keng tarqaldi.

O`qitishni individuallashtirish texnologiyasi.


Inge Unt, A.S. Granitskaya, V.D. Shadrikov tadqiqotlarida individual o`qitish o`quv jarayonini tashkil etish shakli, modeli sifatida belgilanadi. Unda:
• Pedagog faqat birgina talaba bilan o`zaro munosabatda bo`ladi;
• Bir talaba faqat o`qitish vositalari (kitoblar, komyuter va b.) bilan o`zaro aloqada bo`ladi.
Individual o`qitishda faoliyatning mazmuni, metodlari va sur’ati talabaning xususiyatlariga moslashtiriladi.

Shaxsiy yondoshish deganda:


• Bu pedagogikaning tamoyili bo`lib, unga ko`ra pedagog o`quv – tarbiya ishlar jarayonida talabalarning shaxsiy xislatlarini hisobga olgan holda ayrim talabalar bilan individual model bo`yicha o`zaro munosabatda bo`lish, individual xususiyatlariga asoslanish;
• O`quv jarayonida talabalarning individual xususiyatini hisobga olish;
• Barcha talabalarning rivojlanishigina emas, balki har - bir talabaga alohida rivojlanish uchun psixologik–pedagogik tadbirlar yaratish tushuniladi.

O`qitishni individuallashtirish;


• o`quv jarayonini tashkil etish bo`lib, unda o`qitish usullari, sur’atini tanlash talabaning individual xususiyatlari bilan bog’lanadi;
• individual yondashuvni ta’minlovchi turli o`quv-metodik, psixologik-pedagogik va tashkiliy-ma’muriy tadbirlardir.
Shunday qilib, didaktika bo`yicha amalga oshirilgan tadqiqotlarga ko`ra o`qitishni individuallashtirish o`quv jarayonining shunday tashkil qilinishiki, unda individual yondashuv va individual shakl ustuvor hisoblanadi.
O`qitishni individuallashtirish quyidagi mualliflik texnologiyalarida asoslab berildi:
 Inge Untning o`qitishni individuallashtirish texnalogiyasi;
 A.S. Grantsikayaning moslashuvchan o`qitish texnalogiyasi;
 V.D. Shadrikovning individuallikka qaratilgan reja asosida o`qitish texnologiyasi.
Inge Untning o`qitishni individuallashtirish texnologiyasidagi asosiy konsepsiya hozirgi sharoitda o`qitishni individuallashtirishning muhim shakli o`quvchilarning maktabdagi va uydagi mustaqil ishlari deb qoidalashtirilgan.
Inge Unt uning mazmuni va metodikasi deb mustaqil ishlar uchun individual o`quv vazifalari, joriy o`quv adabiyotiga moslashtirilgan, individuallashtirilgan mustaqil ishlar qo`llanmasi asosida nashr etilgan ish daftarlarini tushunadi.
A.S.Granitskaya o`zining moslashuvchan o`qitish tizimini sinf-dars tizimida tashkil etish va unda o`qituvchi 60-80% vaqtini o`quvchilar bilan individual ishlashga ajratish mumkinligini qayd qiladi. A.S.Granitskaya metodikasining o`ziga xosligi uning darsni muayyan g’ayriodatiy qurilma asosida tashkil etishidir:
Birinchi qism – barchani o`qitish;
Ikkinchi qism – ikki parallel jarayon: o`quvchilarning mustaqil ishlari va o`qituvchining ayrim o`quvchilar bilan individual ishlashi, ya’ni umumlashtirilgan sxemalardan foydalanish, almashinib turuvchi juft o`qituvchi bo`lib ishlash, moslashuvchan ko`p qirrali vazifalar va b.
V.D.Shadrikov gipotezasiga ko`ra agar bolaga murakkablashib boruvchi vazifalarning tafsiloti berilsa, unga o`rganish jarayonini motivatsiyalash taklif etilsa, lekin bolaga shu bugun uning uchun mumkin va qulay ishlash imkoniyati qoldirilsa, o`quvchilar qobiliyati samarali rivojlanadi deb hisoblanadi.
V.D.Shadrikov metodikasi asosini har - bir o`quvchining qobiliyatiga qarab o`qitishga imkon beradigan olti darajadagi o`quv rejasi, dastur va metodik qo`llanma tashkil etadi. Har - bir fanning murakkablik darajasiga ko`ra kuchi yetgan variantni tanlab olib, o`quvchilar sinfda tez - tez almashib turadi va fanning hajmi va mazmunini qo`ldan chiqarmay birgalikda o`quv dasturini o`zlashtirishga harakat qiladilar. Murakkablik darajasini tanlash tezlikda amalga oshiriladi, «ba’zan» uni amalga oshirib bo`lmaydi, chunki u sinfdagi o`quvchilarning tenglashish, o`quvchilarning qobiliyati holatiga bog’liq bo`ladi.

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin