Urganch shahar 31-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘tkazilgan yig‘ilish bayonnomasi


Urganch shahar 31-son umumta’lim maktabida o‘tkazilgan yig‘ilishi



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə54/73
tarix02.12.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#137157
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   73
67-ta bayon lotin

Urganch shahar 31-son umumta’lim maktabida o‘tkazilgan yig‘ilishi


BAYONNOMASI
2018 yil 13 sentabr Urganch shahri


Qatnashdilar: Maktab direktori N.Bobojanova, MMIBDU B.Xasanova, 21-maxalla inspektori O.Atajanov 38-son mahalla X\Q bo‘yicha mutaxasis R.Saydamatova maktab psixologi N.Jumaniyozova, sinf rahbarlar.


Kun tartibi:
1. Xaftaning xar payshanba kuni o‘tkaziladigan “Huquqbuzarliklar profilaktikasi” kuni munosabati bilan internet tarmog‘idagi noqonuniy saytlarning voyaga etmagan o‘quvchilarga salbiy ta’siri (MOMO);
2. O‘quvchilarning kundalik davomati yuzasidan;
Eshitildi:
Kun tartibidagi masala yuzasidan maktab direktori N.Bobojanova so‘zga chiqib, Men o‘z so‘zimni davlatimizning birinchi Prezidenti I.Karimovning ushbu so‘zlari bilan boshlamoqchiman: “Diniy qadriyatlarning, ezgulikning, insoniyatning dushmani bo‘lgan yot g‘oyalarning asl mohiyatini ochib berish, buzg‘unchi oqimlarni jilovlash, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish, mana shunday tinch, musaffo osmon ostida bunyodkorlik mehnati bilan band bo‘lib, shukrona keltirib yashayotgan olijanob xalqimizning tinch hayotini har qanday balo-qazolardan asrashga o‘z hissamizni qo‘shish-bugungi kundagi eng dolzarb vazifamiz bo‘lishi kerak”.
Bugungi yig‘ilishni o‘tkazishdan maqsad, kelajagimiz bo‘lgan yoshlarni ezgulik ruhida tarbiyalash, yot g‘oyalarning girdobiga tushib qolmasliklarining oldini olish, o‘z milliy g‘oyamizning mazmun-mohiyatini, hech kimdan kam bo‘lmagan millat, yurt farzandlari ekanliklarini ularning onglariga singdirish omillari to‘g‘risida maslahatlashib olishdir.
Biz bugungi kunda tinch va osoyishta yurtda, barcha sohalarda barqaror rivojlanib borayotgan mamlakatda yashamoqdamiz. SHu bilan birga globallashuv jarayoni, jahon sivilizatsiyasining shiddat bilan o‘sib borishi kabi omillar-bizni nihoyatda ogoh bo‘lishga undaydi. Ana shu ogohlikni o‘quvchi-yoshlarimizga ham o‘rgatish, yoshlarimizni mustaqil fikrlaydigan, o‘zgalar fikrini tahlil qila oladigan, faqat o‘z hayoti, kelajagi uchun foydali bo‘lgan amallarni bajaradigan qilib tarbiyalash-siz va bizning zimmamizdadir. Davlatimiz rahbari SH.Mirziyoevning “YOshlarning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz” degan so‘zlari biz uchun dasturilamal bo‘lmog‘i lozim.
Muhtaram Prezidentimiz aytganlariday, mustaqil fikrlaydigan, oq bilan qorani, yaxshi bilan yomonni, o‘z milliy g‘oyamiz bilan yot g‘oyalarni ajrata oladigan yoshlarni tarbiyalashimiz uchun biz kattalarning oldimizda qanday vazifalar turibdi? Umuman, yoshlarimiz oldida turgan asosiy xavf-xatarlar nimalardan iborat? Biz bugun ana shu haqda o‘zaro fikr almashamiz.
SHundan so‘ng maktabning MMIBDO‘ B.Xasanova o‘z so‘zida ota-onalar farzandining o‘quvchi formasida maktab o‘quv qurollari bilan ta’minlab dars mashg‘ulotlariga qatnashishini qattiq nazoratga olishlari xaqida gapirib, ongida ma’naviy bo‘shliq mavjud bo‘lgan o‘quvchi-yoshlarning, “O‘rgimchak to‘ri” deb atalgan internetning yolg‘on ma’lumotlariga ishonib, o‘z ongida keskin o‘zgarishlar sodir qilishlarini va buning oqibatida, yuqorida ta’kidlaganimizdek, asta-sekin bunday axborot xurujining quliga aylanib qolishlarini-siz va biz berayotgan tarbiyaning etarli emasligi, tanazzuli deb tushunishimiz lozim. Bizni hushyorlikka undaydigan bir holat borki, ongi to‘liq shakllanmagan ayrim yoshlarimiz internetdagi ma’lumotlarni saralamasdan, duch kelgan axborotni to‘g‘ri deb qabul qilishmoqda. Biz bugun ayrim davlatlarning o‘smirlarini o‘z tuzog‘iga ilintirib, o‘z joniga qasd qilishga undayotgan va ayrim holatlarda maqsadlariga etayotgan “MOMO” g‘oyasi namoyandalarining manfur qilmishlari bilan sizlarni tanishtirmoqchimiz. Ushbu g‘oyaning bizning farzandlarimiz hayotiga ham xavf solmasligi uchun biz ota-onalardan nihoyatda xushyorlikni, farzandlarimiz nima bilan shug‘ullanayotganligini, ayniqsa Internetdan nima maqsadda foydalanayotganligini doimiy nazorat qilishimizni davr talab qilmoqda. Aslida inson o‘zida yaxshi ma’lumotlarni olish va eshitish, zararsiz axborotlarni qabul qilish ko‘nikmasini shakllantirishi lozim. Biz yoshlarda u yoki bu axborotni olishdan oldin o‘ziga: “Bu axborotni kim tarqatyapti?”, “Nima uchun uzatyapti?”, “Qanday maqsadni ko‘zlayapti?” degan savollarni berishga o‘rgatishimiz, o‘zi aqli etmagan joylarni albatta ustozlardan, ota-onalaridan so‘rashlari lozimligi ko‘nikmasini shakllantirishimiz shart va zarurdir. O‘zbekistonning kelajagi yorug‘, ertasi porloq ekanligini, uning oltin kaliti yoshlar qo‘lida ekanligini, fan, texnika sirlarini o‘rganib, yurtimizni obod qilishlari, o‘zlarining yorug‘ kelajaklari davlatimiz tomonidan kafolatlanganligini o‘quvchilarimiz ongiga singdirib bilsakkina, biz maqsadga erishgan bo‘lamiz.
SHuningdek maktab etakchisi G.Bekchanova internetdagi MOMO sayti noqonuniy, salbiy saytlardan biri ekanligi bunday noqonuniy ijtimoiy tarmoqlar ko‘payib borayotganligi, diniy ekstremizm va aqidaparastlikdan, yot g‘oyalardan, turli salbiy tarmoqlardan foydalanishning eng maqbul yo‘li kitob o‘qish madaniyatini shakllantirishdir, yoshlarda internetdagi ma’lumotlarni ajrata bilish ko‘nikmasini shakllantirish, kelajak avlodni milliy ma’naviyatga, odob-ahloqqa salbiy ta’sir etuvchi ma’lumotlardan himoya qilish, va nihoyat, bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, maktabda va maktabdan tashqari massasalarda tashkil qilingan to‘garaklarga va mashg‘ulotlarga muntazam qatnovini yo‘lga qo‘yish. Kitob o‘qigan o‘quvchining qalbi fikrga to‘liq bo‘ladi, bo‘sh vaqti bo‘lmaydi, chunki badiiy asar insonni yaxshilikka o‘rgatadi, ma’nan tarbiyalaydi. Biz farzandalrimizga qanchalik ko‘p kitob o‘qitsak, shunchalik ularni yot g‘oyalardan chetga tortamiz.

YUqoridagi masala yuzasidan maktab yig‘ilishi

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin