Uz Sugurta Umid doc


islohotlar va ularning ahamiyati



Yüklə 2 Mb.
səhifə11/115
tarix26.11.2023
ölçüsü2 Mb.
#135168
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   115
Ozbekiston sugurta bozori Shennayev X 038ed

2.5. 2008-2009-yillarda sug‘urta sohasida amalga oshirilgan

islohotlar va ularning ahamiyati


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 21-maydagi «Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» qarori sug‘urta kompaniyalarining kapitallashuv darajasini oshirish, ularning respublika mintaqalarida agentlik shaxobchalarini kengaytirish va investitsion jarayonlardagi ishtirokini kengaytirishda katta ahamiyat kasb etdi. Sug‘urta kompaniyalari ustav kapitalining eng kam miqdoriga o‘rnatilgan talab kuchaytirildi. Qarorga ko‘ra, 2010-yil 1-yanvardan umumiy sug‘urta sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi kompaniyalar uchun ustav kapitalining eng kam miqdori 750,0 ming yevroga teng ekvivalent summada; hayotni sug‘urta qilish sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi sug‘urta kompaniyalari uchun 1000 ming yevroga teng ekvivalent summada; majburiy sug‘urta bo‘yicha 1500,0 yevroga teng ekvivalent summada belgilandi. Bu albatta sug‘urta tashkilotlarining kapitallashuv darajasini keskin oshiradi.
Ma’lumki, majburiy sug‘urta ijtimoiy himoya tizimining muhim bo‘g‘inlaridan biri hisoblanadi. Iqtisodiyotning bozor shart-sharoitlari asosida rivojlanishida sug‘urtaning majburiy turlari muhim ahamiyat kasb etadi. Buning sababi shundaki, majburiy sug‘urta o‘zida nafaqat ijtimoiy himoya elementlarini namoyon etadi, balki bozor munosabatlariga xos bo‘lgan jihatlarni ham ifodalaydi. Amaliyotda majburiy sug‘urtaning ikki turi uchraydi. Birinchisi, bevosita mijozlarning to‘lagan sug‘urta mukofotlari hisobidan amalga oshiriladigan majburiy sug‘urta, ikkinchisi, sug‘urta mukofoti to‘lovi davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan majburiy davlat sug‘urtasi.
Majburiy sug‘urtaning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi ahamiyatini e’tiborga olgan holda 2008-yil 21-aprelda «Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilindi.1 Qonun 41 ta moddadan iborat bo‘lib, unda mazkur qonunning maqsadi, asosiy tushunchalar, majburiy sug‘urtaning asosiy prinsiplari, majburiy sug‘urtani amalga oshirish shartlari va tartibi, sug‘urta hodisalari bo‘yicha zararning o‘rnini qoplash, kompensatsiya to‘lovlari, majburiy sug‘urta bo‘yicha to‘lovlarni kafolatlash kabi boblar mavjud. Shunisi diqqatga sazovorki, mazkur qonunning 41-moddasida «Ushbu qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran olti oy o‘tganidan keyin kuchga kiradi», deb ko‘rsatib o‘tilgan edi2.
Qonun qabul qilingandan so‘ng uni amalga oshirishni ta’minlashga qaratilgan Hukumat qarorini qabul qilishga zarurat tug‘ildi va 2008-yilning 26-iyunida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi «Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida» 141-sonli qaror qabul qildi. Mazkur qarorga asosan «Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish qoidalari» tasdiqlandi.3 Shuningdek, qarorda Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha to‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasini tashkil etish va uning asosiy vazifalari ko‘rsatib o‘tilgan. Eng muhimi, mazkur qaror asosida majburiy sug‘urtani amalga oshirish huquqini olish uchun sug‘urtalovchilarga muayyan talablar belgilandi. Ular quyidagilardan iborat:

  • Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish huquqini olish uchun sug‘urtalovchilar ustav fondining eng kam miqdori qonun hujjatlarida belgilangan me’yordan kam bo‘lmasligi kerak.

  • Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish huquqini olish uchun sug‘urtalovchilar Qoraqalpog‘iston Respublikasida, barcha viloyatlar va Toshkent shahrida majburiy sug‘urta shartnomalarini tuzish, jabrlanuvchi (uning merosxo‘ri yoki huquqiy vorisi)ning sug‘urta to‘lovlari to‘g‘risidagi talablarini ko‘rib chiqish va sug‘urta to‘lovlarini amalga oshirish vakolati berilgan o‘z filiallariga va boshqa alohida bo‘linmalariga ega bo‘lishi shart.

Davlat tomonidan majburiy sug‘urtani amalga oshirishda sug‘urtalovchilarga nisbatan bunday talabning o‘rnatilishi bejiz emas, albatta. Buni shu bilan izohlash mumkinki, majburiy sug‘urta butun O‘zbekiston hududini qamrab oladi va yo‘l-transport hodisasi mamlakatimizning qaysi joyida sodir bo‘lishidan qat’iy nazar, yuridik yoki jismoniy shaxslarning mulkiy manfaatlariga yetkazilgan zarar, transport vositasi egasining fuqarolik javobgarligining majburiy sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urtalovchi tomonidan jabrlanuvchiga zarar qoplab berilishi lozim.
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi hududida transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish huquqiga quyidagi sug‘urta tashkilotlari haqlidirlar:

  1. «O‘zagrosug‘urta» Davlat aksiyadordik sug‘urta kompaniyasi.

  2. «O‘zbekinvest» eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi.

  3. «Kafolat» Davlat aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasi.

  4. «Kapital sug‘urta» sug‘urta kompaniyasi.

  5. «Alfa invest» sug‘urta kompaniyasi.

  6. «Asia insurans» sug‘urta kompaniyasi.

  7. «Alskom» sug‘urta kompaniyasi.

  8. «Ishonch» banklararo sug‘urta kompaniyasi.

  9. «Universal sug‘urta» sug‘urta kompaniyasi.

Yuqorida nomlari keltirilgan sug‘urta tashkilotlarining ustav fondi 2010-yil 1-yanvardan sug‘urtalovchilarning ustav fondlariga nisbatan o‘rnatilgan yangi talablarga to‘la-to‘kis mos keladi. Ma’lumki, 2010-yil 1-yanvardan majburiy sug‘urtani amalga oshiruvchi sug‘urtalovchilar uchun ustav fondining eng kam miqdori 1,5 mln yevro ekvivalentidagi summadan kam bo‘lmasligi shart. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 21-mayda qabul qilingan «Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirishga oid qo‘shimcha choratadbirlar to‘g‘risida» PQ-872-sonli qarorida aniq ko‘rsatilgan.1 Shuningdek, mazkur sug‘urta tashkilotlarining O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlarida filiallari mavjud.
2010-yilda mamlakatimizda transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha 1247596 dona sug‘urta polislari mijozlarga taqdim etildi. Buni quyida keltirilgan jadval ma’lumotlari ko‘rsatib turibdi.

3-jadval 2010-yilda transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bozorining asosiy ko‘rsatkichlari2






Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin