Dastlab «O‘zbekinvest» kompaniyasi nechanchi yilda va qanday nom bilan tuzilgan?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaysi farmoniga asosan «O‘zbekinvest» milliy sug‘urta kompaniyasi «O‘zbekinvest» eksportimport milliy sug‘urta kompaniyasi sifatida qayta tashkil etilgan?
«O‘zbekinvest» eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasining asosiy ta’sischilari kimlar va kompaniya ustav kapitalida ularning ulushi qanday?
Hukumat tomonidan «O‘zbekinvest» eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi oldiga qanday vazifalar qo‘yilgan?
«O‘zbekinvest» eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi qachondan beri Bern Ittifoqiga a’zo hisoblanadi?
«O‘zbekinvest» eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasining yutuqlari haqida nimalarni bilasiz?
«O‘zbekinvest» eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi qaysi sho‘ba korxonalarning ta’sischisi hisoblanadi?
«O‘zbekinvest» eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasining xalqaro faoliyati to‘g‘rsida nimalarni bilasiz?
«O‘zagrosug‘urta» Davlat aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasi qachon va qaysi hujjat asosida tuzilgan?
«O‘zagrosug‘urta» Davlat aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasi qanday tashkiliy-huquqiy asoslarda tashkil etilgan?
«O‘zagrosug‘urta» Davlat aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasining asosiy faoliyat yo‘nalishlari, ta’sischilari haqida so‘zlab bering.
«Kafolat» Davlat aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasi qachon tashkil etilgan?
7-mavzu. MAHALLIY SUG‘URTA XIZMATLARI BOZORI
7.1. Mahalliy sug‘urta xizmatlari bozori rivojlanishini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning asosiy yo‘nalishlari. 7.2. Sug‘urtalovchilarning filiallari va bo‘limlari – mahalliy sug‘urta bozorining asosiy subyektlari sifatida. 7.3. Mahalliy sug‘urta xizmatlari bozori rivojlanishida majburiy sug‘urtaning roli.