biznesning to‘xtashi – sug‘urta qildiruvchining odatdagi faoliyatini yuritishiga to‘sqinlik qiladigan tashqi va ichki omillar bilan bog‘liq ravishda tadbirkorlik faoliyatining to‘xtashi;
joriy xarajatlar – sug‘urtalangan faoliyatning to‘xtashi davrida sug‘urta qildiruvchining muqarrar ravishda davom etayotgan xarajatlari;
kontragent – sug‘urta qildiruvchi bilan shartnomaviy munosabatlarga kiruvchi yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor;
kontrakt – sug‘urta qildiruvchi va kontragent o‘rtasida haq evaziga tuzilgan tovarlarning oldi-sotdi (xizmatlar ko‘rsatish, ish bajarish) shartnomasi;
kutish davri – kontraktda ko‘rsatilgan to‘lov sanasidan boshlab hisoblanadigan, sug‘urta shartnomasida kelishilgan voqea natijasida sodir bo‘lgan zararni qoplashgacha o‘tishi lozim bo‘lgan ketma-ket kalendar kunlari soni;
sug‘urta shartnomasi – yozma kelishuv bo‘lib, unga ko‘ra sug‘urtalovchi kelishuvda shartlashilgan haq (sug‘urta mukofoti) evaziga kelishuvda nazarda tutilgan voqea (sug‘urta hodisasi) sodir bo‘lganda sug‘urta qildiruvchiga sug‘urta tovonini to‘lash majburiyatini oladi;
sug‘urtalangan faoliyat – mahsulot ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, ish bajarish va (yoki) iste’molchilarga tovar sotish bo‘yicha sug‘urta shartnomasida ko‘rsatilgan sug‘urta qildiruvchining xo‘jalik faoliyati (biznesi);
sug‘urtalovchi javobgarligining limiti – sug‘urta shartnomasida belgilanadigan pul miqdori bo‘lib, uning chegarasida har bir alohida yoki barcha sug‘urta hodisalari bo‘yicha sug‘urta tovonining miqdori belgilanadi;
sug‘urta davri – sug‘urtalovchi sug‘urta shartnomasi amalda bo‘lgan davrda sodir bo‘lgan sug‘urta hodisalari bo‘yicha majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladigan davr;
sug‘urtalovchi – umumiy sug‘urta sohasining tegishli klasslari bo‘yicha sug‘urtani amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan va sug‘urta shartnomasiga muvofiq sug‘urta tovoni to‘lovini amalga oshirish majburiyatini oluvchi tijorat tashkiloti bo‘lgan yuridik shaxs;