Uz Sugurta Umid doc


-modda. Sug‘urtalangan mol-mulkka bo‘lgan huquqlarning sug‘urtalovchiga o‘tkazilishi



Yüklə 2 Mb.
səhifə86/115
tarix26.11.2023
ölçüsü2 Mb.
#135168
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   115
Ozbekiston sugurta bozori Shennayev X 038ed

958-modda. Sug‘urtalangan mol-mulkka bo‘lgan huquqlarning sug‘urtalovchiga o‘tkazilishi


Mol-mulk sug‘urta qilinganda sug‘urta qildiruvchi (naf oluvchi) sug‘urta hodisasi yuz berganidan keyin sug‘urtalovchining roziligi bilan sug‘urtalangan mol-mulkka bo‘lgan o‘z huquqlarini unga o‘tkazishi va sug‘urta tovonini sug‘urta pulining to‘liq hajmida olishi mumkin.

959-modda. Qayta sug‘urta qilish


Sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchi o‘z zimmasiga olgan sug‘urta tovonini yoki sug‘urta pulini to‘lash xavfi uning tomonidan to‘liq yoki qisman boshqa sug‘urtalovchida (sug‘urtalovchilarda) u bilan tuzilgan qayta sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalanishi mumkin.
Qayta sug‘urta qilish shartnomasiga nisbatan, agar qayta sug‘urta qilish shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, ushbu bobning tadbirkorlik xavfini sug‘urta qilish borasida qo‘llanishi lozim bo‘lgan qoidalari tatbiq etiladi. Qayta sug‘urta qilish shartnomasini tuzgan sug‘urta shartnomasi (asosiy shartnoma) bo‘yicha sug‘urtalovchi keyingi shartnomada sug‘urta qildiruvchi hisoblanadi.
Qayta sug‘urta qilishda sug‘urta tovonini yoki sug‘urta pulini to‘lash uchun asosiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta qildiruvchi oldida ushbu shartnoma bo‘yicha sug‘urtalovchi javobgar bo‘lib qolaveradi.
Biroq asosiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalanuvchi hisoblangan sug‘urta tashkiloti sug‘urta hodisasi yuz berishidan oldin tugatilgan taqdirda, uning ushbu shartnoma bo‘yicha huquq va majburiyatlarining qayta sug‘urta qilingan qismi qayta sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchiga o‘tadi.
Ikki yoki bir nechta qayta sug‘urta qilish shartnomalarini ketma-ket tuzishga yo‘l qo‘yiladi. Bunday shartnomalarning har biri keyingi qayta sug‘urta qilish shartnomasiga nisbatan asosiy sug‘urta shartnomasi deb hisoblanadi.

960-modda. Ikki tomonlama sug‘urta


Fuqarolar va yuridik shaxslar o‘z mol-mulklarini hamda ushbu kodeks 915-moddasining ikkinchi qismida ko‘rsatilgan boshqa mulkiy manfaatlarini ikki taraflama asosda, buning uchun ikki tomonlama sug‘urta qilish jamiyatlarida zarur mablag‘larni birlashtirish yo‘li bilan sug‘urta qilishlari mumkin.
Ikki tomonlama sug‘urta qilish jamiyatlari o‘z a’zolarining molmulki hamda boshqa mulkiy manfaatlarini sug‘urta qilishni amalga oshiradi va tijoratchi bo‘lmagan tashkilot hisoblanadi.
Ikki tomonlama sug‘urta qilish tashkilotlari tomonidan o‘z a’zolarining mol-mulki va mulkiy manfaatlarini sug‘urta qilish, agar jamiyatning ta’sis hujjatlarida bunday hollarda sug‘urta shartnomalari tuzish nazarda tutilmagan bo‘lsa, bevosita a’zolik asosida amalga oshiriladi.
Ushbu bobning qoidalari, agar qonunda, tegishli jamiyatning ta’sis hujjatlarida yoki jamiyat belgilagan sug‘urta qilish qoidalarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, ikki tomonlama sug‘urta qilish jamiyati bilan uning a’zolari o‘rtasidagi sug‘urtaga doir munosabatlarga nisbatan qo‘llaniladi.
Ikki tomonlama sug‘urta qilish yo‘li bilan majburiy sug‘urtani amalga oshirishga faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda yo‘l qo‘yiladi.
Ikki tomonlama sug‘urta qilish jamiyati sug‘urtalovchi sifatida, agar uning ta’sis hujjatlarida sug‘urta faoliyatini amalga oshirish nazarda tutilgan, jamiyatning o‘zi tijorat tashkiloti shaklida tuzilgan, tegishli turdagi sug‘urtani amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lsa va qonunda belgilangan boshqa talablarga javob bersa, jamiyatning a’zolari bo‘lmagan shaxslarning manfaatlarini sug‘urta qilishni amalga oshirishi mumkin.
Ikki tomonlama sug‘urta qilish jamiyatining a’zosi bo‘lmagan shaxslarning manfaatlarini sug‘urta qilish jamiyat tomonidan sug‘urta shartnomalari asosida ushbu bobning qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ikki tomonlama sug‘urta qilish jamiyatlari huquqiy holatining xususiyatlari va ularning faoliyat yuritish shartlari qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin