Davlat siyosiy institutlar uchun normal siyosiy makon yaratib
berishi,
ular esa, ijtimoiy g u ru h la rn in g manfaatlarini ifodalashi va
himoya qilishga qodir bo'lishi zarur. Prezidentim izning “Siyosiy
partiyalar mavjud bo'lishining asosiy va birdan-bir prinsipi davlat
ning konstitutsiyaviy m e ’yorlarini hu rm at qilish va ularga rioya
etishdan iborat bo‘lm o g ‘i lozim” 1, - degan so'zlari siyosiy partiyalar-
ning konstitutsiyaviy tuzum dagi o‘rniga berilgan to‘g ‘ri bahodir.
O'zbekiston Konstitutsiyasida m afkuraga m unosabat ham
huquqiy davlat nazariyasidan kelib chiqib hal qilingan.
M afk u ra jam iyatdagi m uayyan siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy,
badiiy, falsafiy,
ilmiy qoidalar, fikrlar va g'oyalar majmuidir2, deb
e’tirof etsak, albatta, u turli-tum an bo'lishi kerak, degan xulosa
paydo bo'ladi. B archaga yagona mafkurani singdirish uiarning
qarashlariga zid holat bo'ladi. Shuning uchun, O'zbekistonda
mafkura va fikrlar xilma-xilligi konstitutsiyaviy darajada o'rnatildi.
Bu yagona m a fk u ra n in g hukm ron bo'Iishiga yo'l qo'ymaydi. Biron
m afkuraning davlat mafkurasi sifatida o'rnatilishi totalitarizmga
olib keladi.
Ijtimoiy hayot m afkuralar xilma-xilligi asosida rivojlanishi-
ning belgilanishi m afku ran in g ajralmas qismi bo'lmish
fikrlarning
xilma-xilligini t a ’minlaydi.
Jam iyat rivojini t a ’minlovchi asosiy vositalardan biri fikrlar
xilma-xilligi, bahs-munozaralardir.
Siyosiy
institutlarning xilma-xilligi
fikrlar xilma-xilligini
ta’minlovchi vositalardandir.
Siyosiy, iqtisodiy m asalalarni to'g'ri hal qilishda turli fikrlar
bo'lishi, albatta, zarur. Fikrlar xilma-xilligi ham ma sohada foy-
dalidir. Ayniqsa, turli fikrlilik parlament faoliyatida muhim rol
o'ynaydi. U n in g natijasida m ukam m al
qarorlar qabul qilinadi, xato
va kamchiliklarga yo'l qo'yilmaydi.
Fikrlar xilma-xilligiga amal qilmagan jamiyat, davlat inqi-
rozga m ah k u m bo'ladi. Bu sobiq Ittifoq misolida o z isbotini top-
gan. Qaysi m am lakatda erkin fikrlash, xilma-xil qarashlar mavjud
1 Karimov I.A. O'zbekiston X X I asr bo'sag'asida: xavfsizlikka tahdid,
barqarorlik
shartlari va taraqqiyot kafolatlari. — Т.: O'zbekiston. — 175-bet.
2 Qarang: M illiy istiqlol g'oyasi. Darslik. - Т.: Akademiya, 2005. - 35-bet.
103
www.ziyouz.com kutubxonasi
bo'lsa shu m a m la k a tla rn in g rivojlanayotganligini ko'rish mumkin.
S h u n in g u ch un m a m la k a td a b archa jabhalarda, hokim iyat miq-
yosida, siyosiy faoliyatda fikrlar xilma-xilligi bo'lishiga ahamiyat
berilmoqda. B u n in g natijasida fuqarolar h am ja m iy atd a o'z o'rniga
e g a ekanligini his qiladi. U la r n in g fikri, so'zi inobatga olinishiga
ishonch
hosil qiladi, erkin s h a x s sifatida n am oyon bo'ladi.
O 'zb ek isto n d a siyosiy in s titu tla r va fikrlar xilma-xilligi Kons
titu tsiy ad a hech qaysi m a fk u ra davlat m afk u rasi sifatida o'rnatili-
shi m u m k in em as, d eg a n qoida asosida kafolatlanadi. Biror-bir
m afk u ra davlat m a fk u ra si sifatida o'rnatilsa, unda fikrlar xilma-xil-
ligi to'g'risida gap bo'lishi m u m k in em as. Chunki, b u n g a hukmron
m a fk u ra aslo yo'l qo'ymaydi.
Dostları ilə paylaş: