Yuqorida qayd etilgan fikrlardan
quyidagi xulosalarga
kelishimiz mumkin:
Xalq maqollari asrlar davomida o‘zbek xalqining hayot
tajribasini badiiy jihatdan ifodalovchi so‘z san’ati namu-
nalari sifatida yashab keldi.
Xalq maqollari ming yil davomida shoir va yozuvchilar
tomonidan badiiy asarlarga kiritildi va folklorizm namunasi
sifatida so‘z san’atidan o‘rin oldi.
Mahmud Koshg‘ariyning turkiy so‘zlarga
izoh berish
maqsadida keltirgan maqollari o‘z davrida o‘rta asr olimi
tomonidan dastlabki o‘rganish ob’ekti bo‘lgani sifatida
baholanishi mumkin. Keyinchalik esa, bu an’ana o‘zbek
folklorshunos olimlari tomonidan rivojlantirilganini e’tirof
etish joizdir. Bu olimlar ko‘p
asrlik madaniy merosimizdan
munosib o‘rin olgan otalar so‘zini to‘pladilar, ilmiy tahlil-
dan o‘tkazdilar, nashrdan chiqardilar va xalqqa taqdim
etdilar.
Maqollar mundarijasi ijtimoiy, siyosiy,
iqtisodiy, ma’-
naviy masalalarga oid mavzulardan iboratdir. Ularda
o‘zbekning vataniga, xalqiga, mehnatga, ilmga, hunarga,
oilaga, mardlikka, ahillikka bo‘lgan munosabatlari o‘zining
badiiy ifodasini topgan.
Badiiy jihatdan mukammallik
maqollarning asosiy fazi-
latlaridan biri hisoblanadi. O‘xshatish, tovushdoshlik, sifat-
lash, istiora, majoz kabi badiiy san’atlar keng qo‘llanilgan-
ligi bilan ular o‘quvchi diqqatini o‘ziga jalb etadi.
Maqollar uzoq o‘tmishda bo‘lgani kabi bugungi kunda
ham mustaqillikka erishgan o‘zbek
xalqining yosh avlodini
ajdodlar havas qilgan barkamol inson darajasiga yetaklovchi
asosiy tarbiya vositalaridandir.
Dostları ilə paylaş: