Xarasimonlar sinfiga kiruvchi nitella turkumining umumiy tavsifi. Kirish mavzuning dolzarbligi: C



Yüklə 446,16 Kb.
səhifə3/8
tarix07.06.2023
ölçüsü446,16 Kb.
#127891
1   2   3   4   5   6   7   8
Ahmadjonova Mushtariy zoologiya kurs ishi

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • I BOB.
Kurs ishining tuzilishi va hajmi: Ushbu kurs ishi II bobdan iborat bo'lib unda Tuban o’simliklar evolyutsiya tarixi, suvo'tlari tallomining tuzilishi, suvo'tlari ko'payishi va ko'payishidagi o'ziga xos xususiyatlari, charophyceae sinfining umumiy tavsifi va sistematikasi, xara turkumiga mansub asosiy turlarning tuzilishiva xaarasimonlar sinfiga kiruvchi nitella turkumining umumiy tavsifi haqida bayon etilgan.
I BOB. Xarasimon suvoʻtlarning evolutsiyasi, tallomining tuzilishi va ko’payishidagi o’ziga xos xususiyatlari.
1.1 Tuban o’simliklar evolyutsiya tarixi.
Evolutsiya nazariyasini birinchi bo‘lib yaratgan J.B. Lamark (1744-1829) ijodi tabiiy klassifikatsiyaning taraqqiy etishida juda muhim rol o‘ynaydi. Tabiiy tizimni takomillashtirishda J.B.Lamark o‘zining katta hissasini qo‘shdi. Lamark turlar orasida ko‘pincha keskin farq bo‘lmasligini anglay oldi va "Turlaming paydo bo‘lishi” degan o‘z nazariyasini yaratdi. Ch.Darvin ham turlaming rivojlanishi to‘g‘risida juda ko‘p asarlar yaratdi. Yuqorida aytib o‘tilgan olimlardan tashqari, o‘simliklar sistematikasini rivojlantirishda Venshteyn, Kuznetsov sistemalari ham katta rol o‘ynaydi.
Mashhur nemis botanigi A.Engler (1844-1930) butun dunyo tan olgan filogenetik tizimni ishlab chiqqan. Engler tizimida barcha o‘simlikIar dunyosi 17 ta bo‘limga ajratiladi. Shundan 13 bo‘limi tuban o‘simIiklarga tegishli bolib, 14-bo‘lim yo‘sinlami o‘z ichiga oladi, 15-bo‘lim psilofitlar, plaunlar, qirqbo‘g‘im va qirqquloqlarga, 16- bo‘lim ochiq urug‘lilarga, 17-bo‘lim esa yopiq urug‘lilarga bag‘ishlangan. Filogenetik tizimlardan yana biri daniyalik botanik E.Varmning va avstraliyalik botanik R.Vettshteyndir. R.Vettshteyn o‘z tizimida o‘simliklar dunyosini 9 ta bo‘limga ajratadi. Undan 8 tasi tuban o’simliklarga oid bo‘lib, 9-bo‘lim yuksak o‘simliklami o'z ichiga oladi. Rossiyada o‘simIiklar sistematikasiga P.Goryaninov (1795-1865) katta hissa qo‘shdi. U 1864-yilda yozgan “Tabiat tizimining o‘ziga xos qirralari” nomli kitobida tabiatda taraqqiyot oddiydan murakkabga tomon yo‘nalishda borishini va tuban o‘simliklardan yuksak o‘simliklar kelib chiqqanligini ta’kidlaydi.

Yüklə 446,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin