Xarasimonlar sinfiga kiruvchi nitella turkumining umumiy tavsifi. Kirish mavzuning dolzarbligi: C


II BOB. Charophyceae sinfining sistematikasi



Yüklə 446,16 Kb.
səhifə7/8
tarix07.06.2023
ölçüsü446,16 Kb.
#127891
1   2   3   4   5   6   7   8
Ahmadjonova Mushtariy zoologiya kurs ishi

II BOB. Charophyceae sinfining sistematikasi.
Xaraning sistematik o’rni quyidagicha:
Bo’lim: Yashil suvo’ttoifalar–Chlorophyta,
Ajdod: Xarasimonlar-Charaphyceae,
Qabila: Xaranamolar-Charales,
Turkum: Xara -Chara,
Tur: Chara foetida.
2.1 Xara turkumiga mansub asosiy turlarning tuzilishi. Xarasimonlar ajdodi – Charophyceae
Xarasimonlar ajdodining hozirgi zamon vakillari bitta tartib- xaranomalar (Charales)ni tashkil qiladi. Ular bir oila xaradoshlar (Characeae)va olti turkumdan iborat. Keng tarqalgan turkumlari xara (Chara)va nitella (Nitella) hisoblanadi. Bular boshqa yashil suvo’ttoifalaridan, murakkab tuzilgan jinsiy organlari va tallomini morfologik tuzilishi bilan farq qiladi. Xara (Chara)ning tallomi tikka o’suvchi bo’lib, bo’yi 20-25 sm qirq bo’g’imga o’xshaydi. Bosh "poya" va undan o’sib chiqqan yon shoxchalari to’xtovsiz o’sish qobiliyatiga ega bo’lib, bog’im hamda bo’g’im oraliqlarida bo’lingan. Xaraning bo’g’in oralig’idagi hujayralari ust tomonidan maxsus po’stloq bilan qoplangan. Bosh "poya" qismida xuddi "barglar"ni eslatuvchi shoxchalar xalka shaklida joylashgan.
Xar bir "poya"ning uchida bir to’da yosh "bargcha"lardan tashkil topgan o’sish nuqtasi bo’ladi. Xara hamisha va qat’iyan tikka o’sadi. Uning o’sishi "poya"ning o’sish konusiga joylashgan bitta yarim sharsimon ko’rinishdagi hujayraning bo’linishi hisobiga bo’ladi. Dastlab o’sish nuqtasidagi apikal hujayra asos tomonga qarab, parallel joylashgan sigment hujayra hosil qiladi. Bu hujayralar o’z navbatida, qo’shbotiq va qo’shqavariq shaklidagi hujayralarni atrofga ajratadi. Qo’shqavariq hujayra boshqa bo’linmay, uzayib, bo’g’im oralig’iga aylanadi. Bu vaqtda bug’im hosil qiluvchi qo’shbotiq hujayra ko’ndalang to’siq bilan ajralib, keyinchalik ulardan "barg"lar hosil bo’ladi. "Barg" asosining ustki bo’g’in h ujayralaridan, o’sishi chegaralangan "poya" shoxchalari taraqqiy etadi. Bundan tashqari "barg" bo’g’inlari asosidan ikki xil o’sib chiqadi: ulardan bittasi yuqoriga qarab o’sib, po’stloq hosil qiladi, ikkinchisi pastga qarab o’sib, ko’p hujayrali shoxlangan rizoidga aylanadi.
Hujayralari sellyulozali po’st bilan o’ralgan bo’lib, tashqi qavati kalsiy karbonat tuzlari bilan to’yingan. Sitoplazmasi hujayra po’sti devori atrofida joylashgan bo’lib, ichida juda ko’p mayda, disksimon pirenoidsiz xramatoforalari joylashgan. Bog’in oralig’idagi uzun hujayralarda xramatoforalari qator bo’lib o’rnashgan. Hujayra po’sti qum to’planganligi uchun g’adur-budur mo’rt bo’ladi. Sitoplazma, hujayraning ichki qismidan joy olgan yirik vakuola bilan tutashgan joyda, aylanma h arakat qiladi. Har bir hujayrada kuchayib va pasayib boradigan sitoplazma oqimi bo’ladi, uni xromotofori buzilgan tiniq hujayralarda ko’rish mumkin. Hamma hujayralar (apikal, segment hujayra, bog’inlardagi hujayralar) bir yadroli bo’lib, mitoz yo’li bilan bo’linish xususiyatiga ega. Bog’in oralig’idagi qari hujayralar yirik yadroli bo’lib, oddiy mitoz yo’li bilan bo’linadi. Xaralarda jinssiz ko’payish ko’zatilmaydi.
Vegetativ va jinsiy yo’llar bilan ko’payadi. Vegetativ ko’payishi rizoidlarda hosil bo’ladigan to’ganakchalarni o’sishidan yangi tallom hosil bo’ladi. Jinsiy ko’payishi oogomiya yo’li bilan boradi. Jinsiy organlari murakkab to’zilishga ega. Odatda, oogoniya bilan anteridiy bir to’p o’simlikda (bir uyli) ayrim hollarda har xil to’plarda (ikki uyli) bo’lib rivojlanadi. Bir uyli xarada ikki jinsli organ: oogoniya va anteridiy o’sishi chegaralangan ikkilamchi shoxchalarni "barg" qo’ltig’ini ustki tomonida oogoniya, ostki tomonida anteridiy joylashadi. Bir uyli nitellada oogoniy, anteridiy ostida taraqqiy etadi. Anteridiy yon shoxchalarni apikal hujayrasini bo’linishidan rivojlanadi. Avvalo, apikal hujayrasini yassi qismi bo’linib, ikkita disksimon hujayraga aylanadi. Keyinchalik bu h ujayra do’maloqlashib, ikki marta uzunasiga va bir marta ko’ndalangiga bo’linib, sakkizta oksant deb ataladigan hujayralar hosil qiladi. Har qaysi oksant hujayrada ikkitadan parallel to’siqlar paydo bo’ladi. Bularni har qaysi o’z navbatida hujayraga bo’linadi. Chetdagi sakkizta hujayra o’sib, yassi-qalqonsimon shakliga kiradi. Bu hujayralarni devori burishgan bo’lib, ichidagi modda olov yoki qizil rangda bo’ladi.

Yüklə 446,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin