Turkistonda rus maktablarining ochilishi. Yerlik aholi uchun rus-tuzem maktablarining tashkil etilishi. The traditional education system was not the only option for Central Asian students, but it was far more popular than the alternative. Beginning in 1884, the tsarist government in Turkestan established "Russo-native" schools. They combined Russian language and history lessons with maktab-like instruction by native teachers. Many of the native teachers were Jadids, but the Russian schools did not reach a wide enough segment of the population to create the cultural reinvigoration the Jadids desired. Despite the Russian governor-general's assurances that students would learn all the same lessons they could expect from a maktab, very few children attended Russian schools. In 1916, for example, less than 300 Muslims attended Russian higher primary schools in Central Asia1 An'anaviy ta'lim tizimi Markaziy Osiyo aholisi uchun yagona ta’lim shakli emas edi, lekin u muqobillariga qaraganda ancha mashhur edi. 1884 yilda boshlab, Turkistonda chor hukumati tomonidan "Rus-tuzem" maktablari tashkil etilgan. Ularda o'qituvchilari tomonidan rus tili va tarixi fanlaridan saboq berilgan. Mahalliy o’qituvchilarning aksariyati usuli jadid ta’limi tarafdorlari edi. Rossiya General-gubernatorining "Rus-tuzem" maktablarida ham usuli jadid maktablaridagi ta’limning aynan o’qitilishi haqidagi iddaolariga qaramasdan, bu maktablarda juda kam sonli o’quvchilar o’qiganlar. Masalan, 1916 yili "Rus-tuzem" maktablarida 300 tadan kam musurmon bolalari ta’lim olgan.
Yerli xalqning aksariy qismi, ba'zi rusparast boy-zodagonlarni hisobga olmaganda, o'z bolalarini rus-tuzem maktablariga berishning oqibatlaridan cho'chir edi. Bu maktablarda birinchi navbatda pravoslav mahzabinig asoslari, rus tili, podshoni ulug'lovchi madhiyalar o'rgatilgani uchun mahalliy xalq bu ochiqdan-ochiq dinbuzarlikdan qochib o'z farzandlarini rus-tuzem maktablariga bermasdi. Buni o’z vaqtida Sirdaryo viloyatidagi rus maktablarini taftish etgan chor amaldori N.K. Smirnov ham qayd etgan edi. U ruslashtirishga yo'naltirilgan ta'lim siyosatining muvaffaqiyatsizligi sabablarini quyidagicha izohlaydi va yozadi:
- yerli aholining shaharlardagi rus maktablarining qabul qilmaganligi sababi ularning dasturlarida musulmoncha savod darslari yo'qligi, darslar bolalar uchun tushunarsiz bo'lgan rus tilida olib borilishi va o'qituvchilarning mahalliy tillarni bilmasligi;
- (rus) bolalariga pravoslav dini asoslarini musulmon bolalar huzurida o'rgatish.
Shuningdek, ruscha xat-savod oddiy turkistonlikka foyda keltirmas edi, chunki o'lkaning musulmon aholisi barcha narsani - xatlar, hisob-kitoblar va boshqa yozishmalarni mahalliy tilllarda va arab yozuvida amalga oshirar, musulmoncha xat-savodli kishi bunda, tabiiy, ko'proq yutar edi. 1917 yilgi tо‘ntarishgacha 21 foiz savodxon bо‘lgan о‘lka aholisini, yoppasiga savodsiz edi, deya kamsitishga urindilar, quruq bо‘hton yog‘dirdilar.
Bunga biz 1897 yildagi Rossiya tomonidan о‘tkazilgan aholini rо‘yxati ma’lumotlarini kо‘rsatishimiz mumkin. Masalan, о‘sha aholi rо‘yxatida qayd etilishicha, Markaziy (О‘rta) Osiyo aholisining savodxondik darajasi quyidagicha belgilangan:
Tojiklar – 99,5 % savodsiz;
Qirg‘izlar – 99,4 % savodsiz;
Turkmanlar – 99,3 % savodsiz;
О‘zbeklar – 98,4 % savodsiz;
Qozoqlar – 97,9 % savodsiz deb hisoblangan.
Bu kо‘rsatkichlarning barchasi uydurma edi. Aslida Turkiston о‘lkasi xalqlarining savodxonlik darajasi chor Rossiyasi aholisininng savodxonlik darajasidan past emas edi. Chunki, Turkiston о‘lkasi xalqlari 1917 yilgi tо‘ntarishdan oldin shaxsiy va ommaviy maktablar, madrasalarda bilim olganlar, yuksak ilm egasi bо‘lganlar.
Tarixda о‘zbek xalqi kо‘p bosqinchilarni kо‘rgan. Masalan, mо‘g‘ul-tatar bosqinchiligini oladigan bо‘lsak, ular odamlarni qirgan, boyliklarini talon-taroj qilgan... ammo madaniyatiga, tiliga va diniga tegmagan. Eng dahshatlisi, ruslar Turkistonda barcha bosqinchilik ishlarini olib borish bilan birga xalqning urf-odatidan, tili va dinidan ham ayirmoqchi bо‘ldilar.
Musulmon aholisi yashaydigan joylarda qadimdan maktab-madrasa va hokazolar mavjud bо‘lib, bularga qarshi chor hukumati Rossiyadagi kо‘p sonli xalqlar uchun maxsus hukumat maktablari barpo qilar edi. Bu maktablarning kо‘pchiligida о‘qitish rus tilida olib borilar edi. Ularning biri – tо‘rt yillik, ikkinchisi – ikki yillik edi. Ba’zi bir tо‘rt yillik maktablarda internatlar ham bо‘lib, ularda kо‘proq feodallarning va mahalliy aholining boy qatlami bolalari ta’lim olardi. Turkistonning 1880 yilda Rossiya tasarrufiga о‘tganidan keyin Markaziy Osiyodagi rus-tuzem maktablari ancha mashhur bо‘ldi. Ammo mehnatkashlarning bolalari uchun yaxshi yо‘lga qо‘yilmagan ikki yillik savod chiqarish maktablari ochilgan edi. О‘qish muddati ikki yil bо‘lgan milliy maktablardan, masalan, qozoqlarda ovul maktablari, deb atalgan maktablar tipik maktab sanalar edi.
Rus maktabiga о‘qishga kirgan bolalar rus tilini mutlaqo bilmas edilar, natijada ancha qiyinchilik tug‘ilar edi. Shuning uchun rus maktabiga kirgan, lekin rus tilini mutlaqo bilmaydigan о‘quvchi rus tilida sо‘zlashishni о‘rganib olmaguncha odatda quyi bо‘limda о‘qir, rus tilida sо‘zlashishni о‘rganib olgandan keyingina yuqori bо‘limga о‘tkazilardi. Yuqori bо‘limlarga о‘quv yilining о‘rtalarida ham о‘tkazilar edi, chunki maktablar kichkina bо‘lib, bir vaqtning о‘zida mashg‘ulotlar bir necha bо‘limlar bilan olib borilar edi.
Turkistonning rus aholisi maktab ta’limi bilan yerli aholiga qaraganda ancha yaxshiroq ta’minlangan edi. Turkiston о‘lkasida birinchi bо‘lib rus maktabi Toshkentda 1866 yilda, Samarqandda 1870 yilda, oradan 1-2 yil о‘tgach, Turkiston о‘lkasining boshqa shaharlarida ham paydo bо‘ldi.
Bu rus maktablarida mahalliy aholi bolalari juda kam sonni tashkil etardi. 1876 yilda Toshkentda erkaklar progimnaziyasi va qizlar progimnaziyasi ochiladi. 1894 yilda real bilim yurti ochildi. Bu о‘quv yurtlarida boshqa shaharlardan kelgan о‘quvchilar uchun pansion (yotoqxona) ham bor edi. Bu maktablar davlat byudjetidan ta’minlanar edi.
Iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan Qо‘qon va Toshkent shaharlarida 1905-1907 yillarda yangi tipdagi о‘rta maktablar - о‘g‘il va qiz bolalar birga о‘qiydigan kommersiya bilim yurtlari ochildi.