Turkistonda jadidchilik harakati. Yangi usul maktablarining ochilishi. Turkistondagi jadidchilik harakati bu bir tasodif xodisa bо‘lmay, balki hayotimizdagi ijtimoiy-siyosiy ziddiyotlar mahsulidir. Jadidchilik oqimini ijtimoiy-siyosiy va ma’rifiy tomonlarini professor B.Qosimov о‘z tadqiqotida batafsil bayon etgan.
Jadidchilik yoki jadidizm (arab. جديد jadīd — yangi) — 19-asr oxiri 20-asr boshida Turkiston, Kavkaz, Qrim, Tatariston hayotida muhim ahamiyat kasb etgan ijtimoiy-siyosiy, maʼrifiy harakat.[1] Jadidchilik dastlab 19-asrning 80-yillarida Qrimda vujudga keldi. 19-asrning 90-yillaridan Oʻrta Osiyoda tarqaldi.
Jadidchilikning asosiy gʻoya va maqsadlari quyidagilar edi: Turkistonni oʻrta asrlarga xos qoloqlik va diniy xurofotdan ozod etish;
SHariatni isloh qilish;
Xalqqa maʼrifat tarqatish;
Turkistonda muxtoriyat hukumatini barpo etish uchun kurash;
Buxoro va Xivada konstitutsiyaviy monarxiya va parlament, keyinchalik demokratik respublika tuzumini oʻrnatish orqali ozod va farovon jamiyat qurish;
Barqaror milliy valyutani joriy qilish va milliy qoʻshin tuzish. Toshkent, Fargʻona, Buxoro, Samarqand va Xivada hur fikrli va taraqqiyparvar kishilarning ayrim guruhlari tomonidan ochilgan madaniy-maʼrifiy yoʻnalishdagi jamiyat va uyushmalardan jadidchilik harakati shakllandi.
XIX asr oxiri – XX asrning boshlarida Turkistonda chor mustamlakachiligining kuchayishi natijasida Markaziy Osiyoning kо‘p joylarida jadidchilik harakati kuchayib ketdi. Jadidchilik jamiyati tо‘ntarish yо‘li bilan emas, islohotlar yо‘li bilan rivojlantirishni о‘zining asosiy vazifasi deb belgiladi.
Jadidlar 1906 yildayoq “Taraqqiy” deb nomlangan gazeta nashr ettirib, о‘z g‘oyalarini tarqata boshladilar, oradan kо‘p о‘tmay, “Xurshid”, “Shuhrat” singari yangi gazetalar dunyo yuzini kо‘rdi. Markaziy Osiyoning turli shaharlarida jadid maktablari bodroqdek ochilib, ularda diniy ilmlar bilan birgalikda dunyoviy bilimlar ham keng targ‘ib qilindi. “Jadidlar nima haqida gapirishmasin, hammasi yangi nafas, yangi g‘oya edi, proletar mafkurasi ham, ishchilar sinfi ham yо‘q edi, tabiat birlamchi deguvchilarning mafkurasini deyarli hech kim tushunmas, biladiganlar esa juda ozchilikni tashkil qilar edi. Shuning uchun jadidchilikning yangi g‘oyalar bilan paydo bо‘lib, ruhoniylarga, hukmron sinflarga qarshi turishi, madaniyatni yaratishi, bir sо‘z bilan aytganda, yangilik edi, “jadid” jumlasining ma’nosi ham “yangi” demakdir”.