Yangi tahrirdagi o‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasi fani bo‘yicha o‘quv uslubiy majmua


Partio – bo’laman, ajrataman) g’oyaviy jihadan maslakdosh, manfaatlari mushtarak bo’lgan, shuningdek, muayyan ishni bajarish uchun ajratilgan kishilar guruhi



Yüklə 330,36 Kb.
səhifə27/30
tarix13.12.2023
ölçüsü330,36 Kb.
#139942
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Yangi tah. O\'z Res Kons majmua

Partiya – (lot. Partio – bo’laman, ajrataman) g’oyaviy jihadan maslakdosh, manfaatlari mushtarak bo’lgan, shuningdek, muayyan ishni bajarish uchun ajratilgan kishilar guruhi.



Siyosiy partiyalar konstitutsiyaning 74-moddasiga binoan jamoat birlashmalari tizimiga kiruvchi jamoat birlashmalardan biridir. Siyosiy partiya jamiyatda kishilarni birlashtiradi va ularning maqsad – muddaolarini birligini ta’minlaydi, vakillik organlari uchun kurashib, o’z siyosiy guruhlarining manfaatlarini himoya qiladilar.


Siyosiy partiya O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining qarashlar, manfaatlar va maqsadlar mushtarakligi asosida tuzilgan, davlat hokimiyati organlarini shakllantirishda jamiyat muayyan qismining siyosiy irodasini ro‘yobga chiqarishga intiluvchi hamda o‘z vakillari orqali davlat va jamoat ishlarini idora etishda qatnashuvchi ko‘ngilli birlashmasidir.
Konstitutsiyaning 74-moddasida siyosiy partiyalarning maqomi konstitutsiyaviy asosda mustahkamlab qo‘yilgan. Unga asosan:



Siyosiy partiyalar turli tabaqa va guruhlarning siyosiy irodasini ifodalaydilar va o'zlarining demokratik yo'l bilan saylab qo'yilgan vakillari orqali davlat hokimiyatini tuzishda ishtirok etadilar. Siyosiy partiyalar o'z faoliyatlarini moliyaviy ta'minlanish manbalari haqida Oliy Majlisga yoki u vakil qilgan organga belgilangan tartibda oshkora hisobotlar berib turadilar.

Demak, siyosiy partiyalar :



demokratik saylovlarda ishtirok etadi;



demokratik saylov ntijasida turli organlarga (Oliy majlisning Qonunchilik palatasi, maxalliy kengashlari) saylangan vakillari orqali davlat hokimiyatlarini tuzishda (hukumatni) ishtirok etadi.

mamlakatdagi turli tabaqa va guruhlarning siyosiy irodasini ifodalaydi (demak bu siyosiy tashkilot);

Siyosiy partiyalar davlat hokimiyatini tuzishda ishtirok etar ekan o‘z o‘zidan ularning shu organlar faoliyatida ishtirok etishi, ularning faoliyatini nazorat qilishda ishtirok etishini vujudga keltiradi.


Siyosiy partiya mamlakatdagi kuchli tuzulmalardan bo‘lib jamiyat taraqqiyotiga ta'sir ko‘rsatadigan kuchdir. Shuning uchun ularning faoliyatini moliyalashtirish ochiq, ixtiyoriy bo‘lishi kerak. Siyosiy partiyalar faoliyatidan mamlakat dushmanlari foydalanishi, ularni noto‘g‘ri yo‘lga boshlashi mumkin. Bu asosan siyosiy partiyalarning faoliyatini moliyalashtirish asosida amalga oshiriladi. Shuning uchun konstitutsiyada siyosiy partiyalar faoliyatini moliyalashtirish ahvoli, yo‘llari haqida Oliy Majlisga hisob berib turish belgilangan.
Konstitutsiya normalaridan tashqari siyosiy partichlari faoliyati haqida bir necha joriy qonunlar bor. Jumladan, “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”, “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida” qonunlar.
O’zbekiston Respublikasi “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida” gi qonun, siyosiy partiyalarning tuzish, faoliyat ko‘rsatish prinsiplarini, unga a'zolik masalasi, faoliyat kafolatlarini, faoliyatini to‘xtatish, tugatish, siyosiy partiyalarning huquqlarini, vakillik organlarini tarkibida fraksiyalar (guruhlar) tuzish, siyosiy partiyalarning mulki masalalarini batafsil tartibga soladi.
Siyosiy partiyalarning davlat hokimiyatidagi ishtirokining eng muhimlardan biri Prezidentlikka, vakillik organlariga deputatlikka nomzod ko‘rsatishdir. Siyosiy partiyalarning hokimiyat ishlarida ishtirokining yana bir shakli Qonunchilik palatasi tarkibidagi partiya fraksiyalari, Mahalliy kengashlardagi partiya guruhlari faoliyati orqali ko‘rinadi.

Yüklə 330,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin