Z. G. Gapparov sport psixologiy asi



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə13/138
tarix26.04.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#125922
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   138
18-45 Sport psixologiyasi

Yo‘q, zinhor bunday emas

Shundayga
o'xshaydi.

To‘g‘ri

Mutlaqo
to'g'ri

1. Men 0‘zimni erkin his etyapman

1

2

3

4

2. Men asabiylashayapman

1

2

3

4

3. Men tanglikni, taranglikni o‘zimda his qilmayapman

1

2

3

4

4. Men mamnunman

1

2

3

4

5. Men tashvishdaman

1

2

3

4

Yo'riqnoma: Jadvalning chap tarafidagi gaplarni diqqat bilan o‘qing va o‘zingizni ayni paytda qanday his etayotganligingizdan kelib chiqib, unga muvofiq keluvchi raqamlarni belgilang. Savollar ustida unchalik bosh qotirib o‘tirmang, chunki, bu yerda juda to‘g‘ri javoblar ham, mutlaqo xato javoblar ham yo‘q.
Umumiy yakuniy ko‘rsatkich bo'lib, bunda to‘rt o'lchamli shkalada ifodalangan har bir fikrning bahosiga teng ballar yig'indisi hisoblanadi. Shuningdek bunda 1, 3, 4 - savollar quyidagicha baholanadi: 1 raqami - 4 ballga, 2 raqami - 3 ballga, 3 raqami - 2 ballga, 4 raqami esa 1 ballga tengdir.

  1. chi va 5 chi savollar to'g'ridan - to‘g‘ri baholanadi: ya’ni

1-1 ball, 2-2 ball, 3-3 ball, 4-4 ball. Umumiy ko‘rsatkichlar 5 (kam vahimalilik) dan to 20 (yuqori darajadagi vahimalilik, stress) ballgacha boiishi mumkin, bunda eng optimal ko‘rsatkich 8-10 ball hisoblanadi.
Vahimalilik, ya'ni xavotir holati emotsional stressreaksiya sifatida biror - bir faoliyat sharoitida sinovga jalb etilgan shaxsni qurshab turgan mikromuhit (sheriklar, jamoadosh do‘stlar, sport murabbiysi, xizmatchi xodim, tanishlar, raqiblar, oila azolari va hokazolar) tomonidan real yoki kutilayotgan ta’sir ostida yuzaga kelishi mumkin. Bunda sinovga jalb etilgan shaxsning harakatlari, xulqi, munosabatlari uning o'zi tomonidan biivosita yoki bevosita baholanishi namoyon bo'ladi.
V. F. Sopovning motivatsion holat shkalasi.
Ushbu holatni o‘lchash uchun “1- chi motivatsion holat shkalasi” qo‘llaniladi (V.F. Sopov, 1985 y.). Ushbu shkala sporchining sport mashg‘uloti omillariga nisbatan bildiradigan 7ta mulohazasidan iborat bo‘lib, ularni baholashda sportchi to‘rt o‘lchamli shkaladagi o‘ziga ma’qul o‘ng tomondagi raqamlarni belgilashi kerak.
Bunda natijalarni umumlashtirish va talqin etish quyidagi tarzda amalga oshiriladi: umumiy yakuniy xulosa bo‘lib to‘rt o‘lchamli shkalada ifodalangan mulohazalarning ro‘parasidagi belgilangan raqamlarning umumiy yig'indisi hisoblanadi.
Bunda 1, 3, 4, 6 savollar belgilangan javob raqamiga qarab baholanadi (ya’ni, agar bir raqami belgilangan bo‘lsa, bu 1 ballga

teng, agar 2 raqami belgilangan bo‘lsa, bu 2 ballga teng va hokazo.)

  1. 5, 7, savollar esa aksincha baholanadi: ya’ni 1-raqami belgilansa 4 ball, 2, 3, 4 raqamlari ham xuddi shunday 3, 2, 1, ball hisoblanadi. Shkaladagi umumiy ko'rsatkich 7 (sport mashg‘ulotlari faoliyatiga hech qanday his-tuyg‘uning yo'qligi) dan to 28 (nihoyatda kuchli motivatsiya darajasi) gacha bo‘lishi mumkin. Bunda eng yaxshi ko‘rsatkich darajasi 20 - 22 ball bo‘ladi. 18 - 15 ballar kam ballar hisoblanib, ular sport murabbiysi bilan chuqur nizo holatidagi, o‘z mashg‘ulotlarining usuli samardorligiga shubha qiladigan, jamoaga kirish, yoki o‘z maqsadlariga yetish imkoniyatlarini yo‘qotgan sportchilarda kuzatiladi. 9-11 ballar esa hali malakasi yetarlicha oshmagan sportchilarga xosdir.

Maksimal ballar yuqori darajada hayajonlangan, o'zlarini o‘zlari nazorat qiiish qobiliyati pasaygan, “Oxirgi imkoniyat” vaziyatiga tushgan sporchilarda, shuningdek juda yosh va tajribasiz, yuzaga kelgan holatni ham, undagi o‘z ahvolini ham yaxshi baholay olmaydigan sportchilarda kuzatiladi.
Ushbu shkala sport tayyorgarligining turli bosqichlarida sportchining motivatsion holati dinamikasini, ya’ni o'zgarishini

  1. o‘rganish uchun qoilaniladi. Shkalaning alohida mulohazalarini

butun jamoa bo‘yicha yoki guruh bo‘yicha miqdoriy jihatdan tahlil qiiish (foizlarda-%) alohida sportchilarning (yoki jamoaning) o‘quv— mashq jarayonlarini tashkil etilishiga nisbatan munosabatlari tizimi, uning alohida mezonlari, shuningdek eng ojiz bo‘g‘inlari to‘g‘risidagi muhim axborotlar manbai bo'lishi mumkin.
Motivatsion holat shkalasi (MHSh)
(V.F.Sopov, 1985)
Familiya sana
Yo‘riqnoma: Har bir jumlani diqqat bilan o‘qing va o‘zingizni ayni paytda qanday his etayotganligingizdan kelib chiqib, unga muvofiq keluvchi o‘ng tomondagi raqamlarni belgilang. Savollar ustida unchalik bosh qotirib o‘tirmang, chunki, bu yerda juda to‘g‘ri javaoblar ham, mutlaqo xato javoblar ham yo‘q.





Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin