Z. G. Gapparov sport psixologiy asi



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə16/138
tarix26.04.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#125922
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   138
18-45 Sport psixologiyasi

Dozalangan kinematometriya. Bu usul sinovga jalb etilgan shaxsning fazoviy sezuvchanligini va koordinatsiyasini o'lchash uchun mo‘ljallangan. Bu usul Jukovskiy tomonidan ixtiro qilingan kinematometrda amalga oshiriladi. Birinchi urinishda sinovga jalb etilgan shaxs 5 ta dastlabki urinishlardan so‘ng 20 gradusli burchakni ko‘zini yumgan holda o‘lchab beradi. Keyin xuddi shunday tarzda 70
gradusli burchakni o‘lchaydi. O’rtacha "X" hamda ideal ko‘rsatkich kichik amplituda va katta amplitudagi tafovutlardan hisoblab topiladi.
Sportning murakkab koordinatsiyalangan turlarida sportchining mashqlangan holatida bu tafovutlar 100% dan + 3 - 5 % dan oshmaydi. Mashqlangan holatini yo‘qotishda birinchi navbatda kichik amplitudali harakatlarning aniqligida ifodalanadi. Chunki bu ko'rsatkich boshqa ko‘rsatkichlarga nisbatan o‘zining beqarorligi bilan alohida ajralib turadi. Katta amplitudalardagi 15-20% tafovutlar musobaqa oldidan, sportchilar mashqlarni texnik jihatdan noto‘g‘ri bajarganliklari uchun jarohat olgan hollarda kuzatiladi.
Psixik holatni diagnostika qilishni psixologik, psixoenergetik, psixo(senso) motor, guruh testlari tarkibiga kiruvchi boshqa usullar bilan ham amalga oshirish mumkin.

  1. Sport jamoalarining psixodiagnostikasi

Sportchilarning jamoaviy faoliyatini o‘rganish uchun turli usullar keng qo‘llaniladi. Ular orasida sotsiometrik va gomeostatik usullarni alohida ajratib ko'rsatish lozim.
Sotsiometrik usul— kichik guruhlarvajamoalarni sotsial (ijtimoiy) psixologik jihatdan o‘rganishga mo'ljallangandir. Ushbu usul juda tez fursatlarda va texnik jihatdan juda oddiy tarzda guruhlarning ichki tarkibiga kirib borish va ulardagi shaxslararo muloqotlarning asosiy xususiyatlariga baho berish imkoniyatini yaratadi. Bundan tashqari, sotsiometriya shaxsni muayyan guruhning bir qismi, ya’ni elementi sifatida o‘rganishga ham xizmat qiladi.
Sotsiometriya usuli jamoa so‘rov shakllaridan biridir. Uning o‘ziga hos jihati shunda-ki, sport jamoasi boshqa azolarining xatti- haratlariga sub’ektiv baho berish, yoki ularni qandaydir bir faoliyati uchun tanlab olish yordamida jamoa a’zolari har birining alohida shaxsiy qiyofasi, shuningdek jamoaning umumiy qiyofasi keltirib chiqariladi. Sport amaliyotida sotsiometriya usulining asosan ikkita varianti keng tarqalgandir:

  1. Baholash usuli. Bunda har bir sportchi o‘z jamoasining boshqa barcha a’zolarini ro‘yxatdagi ayrim standart sifatlariga ko‘ra baholaydi yoki tavsiflaydi. Masalan, xokkeychilar jamoasida quyidagi sifatlarga baho berilishi mumkin: kuchli yakkama-yakka kurashda g‘olib chiqish qobiliyati; shaybani uzatishdagi aniqlik; kam miqdordagi o‘yinchilar bilan samarali o‘yin ko'rsatish qobiliyati va hokazolar.

  2. Tanlash usuli. Bunda har bir sportchi o‘z jamoasi a’zolari ichidan u yoki bu faoliyatni birga bajarish uchun, o‘zining sub’ektiv xohishiga asosan bir necha kishilarni ajratib oladi. Masalan, alpinistlar guruhini tashkil etish jarayonida quyidagi savollar berilishi mumkin: “Siz yo'nalishda birinchi bo‘lib yurishga kimni qo‘yar edingiz ?”, “O’zingizning ehtiyot choralaringiz uchun kimni tanlaysiz?”, “Qutqaruvchi guruh tarkibida kimlarni ko'rishni xohlar edingiz?”. Yuqorida qayd etilgan har ikki variant ham guruhda hukmron bo‘lgan norasmiy tarkibni hamda undagi psixologik muhitni tadqiq etish, ya’ni: jamoaning uyushganlik darajasini aniqlash, undagi kichik guruhlarni ajratish, har bir jamoa a’zosining obro‘ darajasini baholash, jamoa muhitiga g'ayirlik, janjal va dushmanlik ruhini olib kiruvchi sportchilarni aniqlash imkonini beradi. Kichik guruh tarkibini sotsiometriya natijalari bo‘yicha tavsiflash uchun jadvallar nazariyasining matematik usullari qo‘llaniladi. Bunda jamoadagi munosabatlarning mazmuni jadval tarzida ifodalanadi, unda sportchilar ushbu jadvalning cho'qqilari, ular o‘rtasidagi munosabatlar esa yon qovurg‘alar ko'rinishida ifodalanadi. Barcha qovurg‘alari ko‘rsatkich chiziqlardan iborat boigan, ya’ni unga xos munosabatlarni ko‘rsatib turuvchi jadval (masalan A sportchining В sportchiga nisbatan munosabatini) “yo‘naltirilgan jadval” deb ataladi. Ko‘pgina hollarda munosabatlarning nafaqat yo'nalishi, balki mazmuni ham ko‘rsatiladi (masalan, ijobiy yoki salbiy). Bunday hollarda jadvaldagi qovurg‘alarga“+” yoki ” belgilari qo‘yiladi. Bunday jadvallar “belgili jadvallar” deb ataladi. Shunday qilib, jamoaning tarkibini yo‘naltirilgan belgili jadval yordamida ochiq- oydin ifodalash mumkin bo‘ladi. Sotsiometriyaning natijalarini bunday usulda taqdim etilishi sotsiogramma deyiladi.

Jadvallarni tahlil etish jamoa tarkibi samaradorligining miqdoriy bahosini olish imkoniyatini beradi. Masalan, belgili jadval jamoaning uyushganlik darajasi, barqarorligi, guruh ichida o‘zaro nizolarning kelib chiqish ehtimollari, psixologik muhitning ayrim taziyqlarga yoki aksincha qulayliklarga ega bo'lishi va hokazolar haqidagi ma’lumotlarni beradi. Demak, jamoaning uyushganligi jadval tarkibidagi bog‘lanishlar darajasiga ко'ra baholanadi. Jadval bog'langan deb atalishi uchun undagi ko‘rsatkich chiziqlar uning
yuqori qismidan boshqa har qanday yuqori qismlar tomon bir xil izchillikda o‘tgan bolishi kerak. Psixologik jihatdan bu jamoaning har bir a’zosi uning barcha boshqa a’zolari bilan o‘zaro bog‘liq degan ma’noni anglatadi.
Guruhning nizoliligi sotsiogrammaning balanslanishiga ko‘ra baholanadi. Belgili jadvaldagi barcha sikllar ijobiy belgilangan bo!lsa, unda balanslangan deb ataladi. Balanslangan guruhdagi shaxslar o'rtasida hech qanday nizo bo‘lmaydi. Munosabatlarni balanslash sharoitlari a’zolari o‘rtasida hech qanday mojarolar, nizolar kelib chiqmaydigan jamoalarni shakllantirish imkoniyatini beradi.
Jadvallar nazariyasi usulini qo'llash shuningdek, sport faoliyatining muvaffaqiyati bilan chambarchas bog'liq boMgan jamoaning tavsifiga ega bo‘lish imkoniyatini ham beradi. Ushbu jamoaga xos fazilatlar sifatida birinchi galda “jamoaning barqarorligi, yashovchanligi” va guruh yakdilligi kabilarni tilga olish mumkin. Jamoaning yashovchanligi deyilganda u o‘zidagi ishchanlik qobiliyatini saqlab qola oladigan holatlar soni tushuniladi. Miqdoriy jihatdan yashovchanlik umumiy, “to‘la-to‘kis” aloqalar sonining zaruriy minimal aloqalarga munosabati tarzida baholanadi. Guruh “yakdilligi” tushunchasi esa uning yetakchisi tomonidan boshqarilish darajasini ifodalaydi. Boshqa barcha shunga teng sharoitlarda jamoaning tarkibi u qanchalik yashovchanlikka va jamoaviy yakdillikka ega bo‘lsa shunchalik samarali bo‘ladi.
Guruh faoliyatini o‘rganishning so‘rov usullaridan tashqari, uskunali o‘rganish usullari ham mavjuddir. Ana shunday uskunali o‘rganishning eng ko‘p tarqalgan usullaridan biri bu F.D.Gorbovning gomeostatik usulidir (1975 y.). Ushbu usul “Gomeostat” deb ataluvchi maxsus moslamada birgalikdagi hamda o‘zaro aloqadorlikdagi faoliyatni modellashtirishga asoslangan. Unda o‘zaro kesishuvchi aloqalar tamoyili qo‘llanilgan bo‘lib, bunday aloqalar orqali har bir sinovga jalb etilgan shaxs o‘ziga berilgan vazifani hal eta turib, boshqa sinovga jalb etilganlar faoliyatining natijalariga ham ta’sir ko‘rsatadi. U boshqaruvning faqat birgina dastagini aylantirishi mumkin (a, v, s): tutqichlarning burilishi sinovga jalb etilganlarning e’tibor markazida bo'lgan indikatorning holatiga ta’sir ko‘rsatadi (x, u, g). Boshqaruv dastaklari va indikatorlar o‘rtasida "K" va "Kv" kuchaytiruvchi bo'g‘inlar o‘rnatilgan. Ularning birinchisi asosiy boshqaruv ta’sirini ifodalasa, ikkinchisi — boshqaruv harakatlari o'zaro ta’sirlari darajasini ifodalaydi. Ushbu ko‘rsatkichlar ham manfiy, ham musbat bo‘lishi mumkin.
Sinovga jalb etilgan guruhning oldiga qo'yilgan vazifalar quyidagilardan iboratdir: boshqaruv dastagini imkon boricha tezroq aylantira turib, indikatorlar strelkasini nol ko‘rsatkichiga qo‘yish.
Faoliyat jarayonida barcha indikatorlarning strelkalari va boshqaruv dastaklarining harakatlari qayd etiladi. Sportchilar o'rtasidagi krosskorrelyatsiya koeffitsientlarini hisoblash orqali guruhning uyushganligi darajasi va undagi rollarining taqsimlanish darajasiga baho berish mumkin.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin