Ctrl + P, yoki Ctrl+Shift+F12 – Hujjatni bosmaga chiqarish
Ctrl + Z, yoki Alt + Backspace - Oxirgi bajarilgan harakatni bekor qilish
Ctrl + Y, yoki F4, yoki Alt + Enter - Bekor qilingan harkatni qaytarish
Ctrl + X, yoki Shift +Delete - Tanlab olingan matn qismi qirqib olish
Ctrl + C, yoki Ctrl + Insert, yoki Ctrl + Num0 - Belgilangan qismni xotiraga olish
Ctrl + V, yoki Shift + Insert, yoki Shift+Num0 - Xotirada joylashgan matn qismini qo’yish
Ctrl + A, yoki Ctrl + Num5- Butun matnni belgilash
Ctrl + F - Butun matndan biror bir so’z yoki jumlani izlash
Ctrl + H - Butun matnda biror bir so’z yoki jumlani topib uning o’rniga boshqa so’z yoki jumla bilan almashtirish
Delete - Tanlab olingan matn qismi o’chirish
F7 - Butun matnning imlo xatolarini tekshirish
Shift + F7 - Tanlangan so’zning sinonimlarini topish
F12 - Ekranda ochiq bo’lgan faylni qayta nomlash
Alt + Ctrl + I - Bosmaga tayyorlangan hujjatni sahifaga joylashishini oldindan ko’rish
Ctrl + E - Matnni markaz bo’yicha tekislash.
4- bosqich 2-mutaxassislik talabasi Abduazizov Husanboyning
“Matn protsessorida hujjat yaratish va uni tahrir qilish mavzusini o’qitish metodikasi”
mavzusidagi kurs ishiga
RAHBAR XULOSASI
Bugun mamlakatimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini davlat boshqaruvi, iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va kundalik hayotga izchil joriy etish bo’yicha keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Talaba ushbu “Matn protsessorida hujjat yaratish va uni tahrir qilish” mavzusidagi kurs ishini yoritish davomida Informatika va axborot tеxnologiyalari fani taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari, Informatika va axborot tеxnologiyalari fanini o‘qitishdagi innovatsiyalar va ilg‘or xorijiy tajribalar, Informatika va axborot tеxnologiyalari fani dasturining qisqacha tavsifi, “Matn protsessorida hujjat yaratish va uni tahrir qilish” mavzusini o’qitish metodikasi keng ma`noda yoritilgan. Ushbu kurs ishda bayon etilgan ma’lumotlar axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish salohiyati to’g’risida fikr yuritishga asos bo’ladi. Ayniqsa, o’quv maqsadlarini belgilash, talabalarni mustaqil bilim olishga undash, o’quv jarayonini doimo rivojlanib boruvchi dinamik tizim sifatida loyihalash kabi tashkiliy-uslubiy ishlarni amalga oshirishda innovatsion texnologiyalar katta imkoniyatlarga ega. Innovatsion texnologiyalar joriy etish tajribasini o’rganish va unga maqsadli yondashish, o’quv jarayonini insonparvarlashtirish, bunda talabani sust ob’ektdan faol sub’ektga aylantirish, bilish faoliyatining aniq maqsadlarga yo’nalganligini hamda o’quv jarayonini ishlab chiqarish jarayoni kabi takrorlanuvchanligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo’ladi.
Abduazizov Husanboyning kurs ishi mavzusini mustaqil ravishda bajarganligi, internet ma’lumotlaridan, ilmiy adabiyotlardan keng foydalanganligini hisobga olib, ushbu kurs ishini ijobiy bahoga himoya qilishiga ishonch bildiraman.