Zamonaviy avtomobillarning differensiali



Yüklə 47,9 Kb.
səhifə1/10
tarix04.11.2023
ölçüsü47,9 Kb.
#131151
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Zamonaviy avtomobillarning differensiali reja Dıfferensıal va y-hozir.org


Zamonaviy avtomobillarning differensiali reja: Dıfferensıal va yetakchı g‘ıldırak valları



ZAMONAVIY AVTOMOBILLARNING DIFFERENSIALI

REJA:

      1. Dıfferensıal va yetakchı g‘ıldırak valları

      2. Oxırgı uzatmalar

      3. Avtomobıllarnıng yetakchı ko‘prıkları

XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR









































































Dıfferensıal va yetakchı g‘ıldırak valları



Differensial. O‘ziga berilgan burovchi momentni chi- qish vallari orasida taqsimlaydigan va ularning har xi1 tezlikda aylanishiga imkon beradigan transmissiya mexa- nizmi differensial deyiladi.
Konstruksiyasi bo‘yicha shesternyali, kulachokli, cher- vyakli va erkin yurish mexanizmli differensiallar farq qilinadi. Shesternyali differensial avtomobilga o‘rnatish joyi bo‘yicha g‘i1diraklararo, o‘qlararo va bortlararo differen- siallarga bo‘linadi.
G‘ildiraklararo differensial avtomobil (traktor) yetakchi ko‘priklari orasiga joylashgan.
Bortlararo differensial avtomobilning o‘ng va chap tomo- niga yetakchi g‘ildiraklar orasiga o‘rnati1adi.
Tavsiflangan differensial g‘i1dirak1araro differensialdir, chunki u avtomobilning o‘ng va chap yetakchi g‘i1dirak1ari oralig‘iga o‘rnati1adi. U simmetrik differensial ham bo‘1adi, chunki chiqish vallari (3) orasida burovchi moment (ular bir-biriga nisbatan aylanmasa) nosimmetrik differensial- lardan farqli ravishda teng taqsimlanadi.
Differensialning chiqish vallariga (3) uzatishi mumkin bo‘1gan maksimal burovchi momenti ko‘proq shataksiray- digan, ya’ni yo‘1 yoki tuproq bilan yomon ilashishadigan yetakchi g‘ildirakdan aniqlanadi. Differensialning bu xususiyati uning eng katta kamchiligi (traktor to‘siq1ardan o‘ta olishi va tortish sifatining cheklanganligi) hisoblanadi. Shu sababli differensial konstruksiyasiga blokirovka mexaniz- mi deb ataladigan maxsus qurilma kiritiladi.
Blokirovkalanadigan (62-rasm, a) va o‘z-o‘zidan blo- kirovkalanadigan (62-rasm, b) differensiallar farqlanadi.
Blokirovkalash differensiali chiqish vallarini bikr qo‘sha- digan moslamaga ega bo‘1adi. Bunday bikr bog‘lanish (masa- lan, IOM3-6M/6L) val (3) shlitsasiga o‘rnatilgan qo‘zg‘a- luvchan tishli muftaning (9) differensial korpusidagi (6) tishlar (8) bilan tishlashishi tufayli amalga oshishi mumkin. Differensialning blokirovka mexanizmi yuritmasi mexanik (IOM3-6M/6L), gidravlik (MT3-80/82) yoki pnevmatik (KaM3 avtomobilining o‘q1araro differensiali) bo‘lishi mumkin. Mexanik yuritmali blokirovka mexanizmi pedalni bosib qo‘shiladi, pedal qo‘yib yuborilganida tortuvchi prujina
ta’sirida uziladi.
Blokirovkalashni avtomatik amalga oshirish mumkin uni faqat birinchi marta qo‘shish yetarli, keyingi qo‘shish yoki uzish jarayonlari haydovchi qaramasa ham davom qila- veradi. Gidravlik yuritmali differensialning avtomatik bloki- rovkalanishi MT3-80 va MT3-82 traktorlarida tatbiq qilingan.
Disklari gidravlik siqiladigan friksion mufta differensial blokirovkalash mexanizmining ijrochi elementi bo‘lib xizmat qiladi. U transmissiya korpusida chap tormoz kojuxida joy- lashgan. Mufta qo‘shilganida (uning disklari moy bosimi kuchi bilan siqiladi) traktor chap oxirgi uzatmasining yetakchi shesternyasi maxsus va1 orqali differensial krestovinasi bilan,
binobarin, uning korpusi bilan bikr qo‘shiladi va differensial blokirovkalanadi. Blokirovkani qo‘shish va uzish uchun bosh- qarish ruli gidravlik kuchaytirgich tizimiga yo‘naltiruvchi g‘ildiragining burilish burchagiga bog‘liq holda muftani avtomatik qo‘shadi va ajratadi.
O‘z-o‘zidan blokirovkalanadigan differensiallarda chiqish vallaridagi momentlar notengligi avtomatik amalga oshiriladi. To‘liq ajraladigan va ikkala chiqish vali bir xi1 burchak tezligi bilan aylanadig an ya’ni blokirovkalanadigan differensiallar chiqish vallarining aylanishini tormozlanish ta’siriga qarab blokirovkalaydi. Bunda blokirovkalash vallar aylanishining zo‘riqishi ta’sirida amalga oshiriladi.
O‘z-o‘zidan blokirovkalanadigan differensialning bloki- rovkalash xossalari blokirovka koeffitsiyenti bilan baholanadi. Bu koeffitsiyent orqada qolgan val burovchi momentining ilgarilab ketga n val burovchi momentiga nisbati bilan aniqlanadi.
O‘z-o‘zidan blokirovkalanadigan differensiallar ishqala- nishi yuqori (MT3-82) va erkin yurish mexanizmli (FA3- 66b K-701) differensiallarga bo‘1inadi. Ular konstruktiv xususiyatlariga ko‘ra kulachokli, chervyakli, ishqalanishni oshirish uchun maxsus qurilmaga ega shesternyali va boshqalarga bo‘1inadi.
Ishqalanishi yuqori friksion muftali o‘z-o‘zidan blokirov- kalanadigan konus differensialning tu zilishi yuqorida tavsiflangan differensialning tuzilishiga o‘xshash, biroq unda yetakchi (10) (62-rasm, b) va yetaklanuvchi (11) disklari bo‘lgan simmetrik joylashgan bir xi1 friksion muftalar bor. Bundan tashqari krestovinalarining konstruksiyasi ham bir oz boshqacha.

Friksion mufta yetakchi diski (10) korpus (6) bilan, yetaklanuvchi diski (11) esa chiqish vali (3) bilan bog‘- langan. Disklar (10) va (11) differensialning konus she- sternyalari ishlashi natijasida o‘qda paydo bo‘1gan zo‘ri- qish ta’sirida siqilishga intiladi. Disklar siqilganida burovchi moment satellit va mu ftalar vositasida uzatiladi differensial qisman blokirovkalanadi. Yetakchi g‘ildirakning qarshilik momenti qancha yuqori bo‘lsa, bosh uzatma burovchi momenti shuncha katta, binobarin, mufta diskini siqish kuchi va blokirovka darajasi shuncha yuqori bo‘ladi.




K-701 traktorining o'z-o‘zidan blokirovkalanadigan differensiali:
? — differensial korpusining kosasi; 2, 4 — yetaklanuvchan yarim muftalar; 3 — shponka; 5 — prujina; 6, 7, 12 — gupchaklar; 8, ?7 — yetaklanuvchi yarim mufta halqasi; 9 — yetakchi mufta halqasi; ?fi — yetakchi mufta.
Traktor burilayotganida burilish markaziga nisbatan ichkarida bo‘1gan g‘ildirakka biriktirilgan orqada qoluvchi val qarshilikni oshiradi, disklar shataksiray boshlaydi va differensial blokirovkadan chiqadi.

K-701 (63-rasm) traktorining o‘z-o‘zidan blokirovka- lanadigan differensiali erkin yurish mexanizmiga ega kulachokli differensiallar tipiga kiradi.


Ikki tomonga joylashgan kulachokli mufta (10) diffe- rensialning yetakchi elementi bo‘1ib xizmat qiladi. Mufta differensial korpusining gupchagi (6) bilan kosa (1) orasiga o‘rnatilgan. Mufta bilan ikkita yetaklanuvchi yarim mufta (2 va 4) (ikki qator ichki va tashqi torsevoy uchli kulachokli) bilan tishlashib turadi. Tashqi qator kulachoklar profili yetakchi mufta (10) kulachoklari kabi to‘g‘ri burchak kesimli, ichki kulachoklar trapetsiadal kesimli bo‘ladi. Yarim mufta- ning trapetsiadal kulachoklari ichki halqadagi (9) shunday profilli kulachoklarga tegib turadi. Yetaklanuvchi yarim muftalar yetakchi muftaga prujina 5 bilan siqib turiladi.
Differensial quyidagicha ishlaydi. Traktor oldinga yurib
ketayotganida mufta (10) kulachoklari yarim mufta kula- choklari (2 va 4) bilan tishlashib turadi va yarim mufta
gupchaklar (7 va 12) orqali oxirgi uzatma yetakchi valiga burovchi momentni uzatadi. Differensial blokirovkalan- gan holatda bo‘1adi.
Traktor burilishida ilgarilab ketgan g‘i1dirak tezroq ayla- nishga intiladi. Bu g‘ildirak yarim muftasining ichki qator trapetsiadal kulachoklari ta’sirida prujina (5) siqilib, bir tomonga suriladi va mufta (10) kulachoklari bilan tishla- shishdan chiqadi. Shu bilan bir vaqtda yetaklanuvchi yarim muftaga kiydirilgan halqa (8 yoki 11) ham yetakchi mufta halqasi (9) bilan tishlashishdan chiqadi. Yetaklanuvchi yarim muftan ing tegishli halqasi (8 yoki 11) yarim burilgan idan keyi n shpo nka (3) bilan to xtatiladi va yetaklanuvchi mufta yetakchi muftani ( 10) quvib yetguniga qadar uni shu vaziyatda tutib turadi. Shu tufayli tishlarning shaqillashi barham yeydi va ilgarilab ketgan g‘ildirakka burovchi moment uzatilmaydi. Traktor burilib bo‘lganidan keyin yarim mufta teskari tomonga bir ozgina siljitilsa bas, bunda halqa (8 yoki 11) mufta (10) halqasi (9) tishlaridan chiqadi va yarim mufta prujina (5) ta’sirida yetakchi mufta (10) bilan tishlashadi, differensialni esa blokirovkalaydi.
Avtomobillarda yetakchi ko priklar orasiga o‘qlararo
differensiallar o‘rnatiladi. KaM3 avtomobillarida simmetrik blokirovkalaydigan konus o‘qlararo differensial bo‘ladi. U alohida karterda oraliq ko‘prikka joylashgan. Doimiy tishlash- gan tishli mufta va differensial shesternyasi bilan blokirovka- lash amalga oshiriladi. Blokirovkalashda tishli mufta shlitsa vositasida differensial kojuxidan iborat kosa bilan birikadi. Blokirovka pnevmatik qurilma vositasida qo‘shi1adi.



Yüklə 47,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin