5.3.2. Issiqlik o‘tkazuvchanlik
Issiqlik o‘tkazuvchanlik birinchi navbatda, g‘ovaklikka, ya’ni betonning zichligiga bog‘liq. Yengil betonda bir xil zichlikda kvars qumining qo‘shilishi muhim rol o‘ynaydi, chunki kristallik kvars ancha amorf bo‘lgan yengil to‘ldirgichga qaraganda issiqlikni yaxshiroq o‘tkazadi: yengil to‘ldirgichga kvars qumidan har 10 hajmiy foiz qo‘shilishi betonning issiqlik o‘tkazuvchanligini taxminan 6% dan (shishirilgan slanes) 12% gacha (keramzit) oshiradi. Va aksincha, amorf qo‘shimchalar yordamida (trass, kul, termozit va shlak) issiqlik o‘tkazuvchanlikni taxminan shuncha oshirishi mumkin.
DIN 1048 (4-qism) standarti berk strukturali yengil betonning issiqlik o‘tkazuvchanligi uchun quyidagi hisobiy qiymatlarni beradi, ular kvars qumi qo‘shilganda 20% ortadi (6 – jadval):
6 – jadval. Yengil beton zichligi va issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsient o‘rtasidagi bog‘lanish (Germaniya tajribasi )misolida
Betonning o‘rtacha zichligi, kg/m³
|
Issiqlik o‘tkazuvchanlik, Vt/(m.K)
|
800
900
1000
1100
1200
1300
1400
1500
1600
1800
2000
|
0,39
0,44
0,49
0,55
0,62
0,70
0,79
0,89
1,0
1,3
1,6
|
Yengil betondan yer usti inshootlarini qurishda uning yaxshi issiqlik izolyatsion xossalari tufayli ma’lum sharoitlarda maxsus issiqlikdan izolyatsiyalovchi qatlamlardan voz kechish mumkin. Past darajadagi issiqlik o‘tkazuvchanlikning afzalliklari shuningdek bug‘lantirishda, qishda qurishda va yong‘in tushganda namoyon bo‘ladi. Ikkinchi tomondan kuchli issiqlik nurlanishda (masalan, ust yopma plitalarda) tashqi va ichki tomonlar o‘rtasida temperaturaning juda yuqori farqi oqibatida qiyshayish havfi vujudga keladi.
Dostları ilə paylaş: |