Zamonaviy qurilish materiallari, buyumlari va texnologiyalari


Iqtisodiy samara va qo‘llanishi



Yüklə 13,32 Mb.
səhifə17/39
tarix26.11.2023
ölçüsü13,32 Mb.
#136187
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   39
Zamonaviy qurilish materiallari, buyumlari va texnologiyalari

5.3.3. Iqtisodiy samara va qo‘llanishi
Sun’iy yengil to‘ldirgichlar xom-ashyo materiali sinchiklab tayyorlangandan so‘ng yuqori haroratlarda shishadi va keyin ko‘pincha katta masofalarga tashiladi. Biroq ularning tabiiy to‘ldirgichlarga nisbatan qiymati yuqoriligi konstruktiv yengil betonning bevosita va bilvosita afzalliklari hisobiga qoplanishi mumkin. Qulay sharoitlarda hatto tejash imkoni ham tug‘iladi.
Bevosita afzalliklari:

  • qurilish elementlarining xususiy og‘irligi ancha past, bu birinchi navbatda harakatdan tushadigan yuklanish uncha katta bo‘lmaganda (tomlar, piyodalar yuradigan ko‘priklar) ahamiyatga ega;

  • Transport va montaj og‘irligi uncha katta emas, shu tufayli yana yirik tayyor qurilish elementlarini tashish va kichikroq yuk ko‘tarish qobiliyatiga ega yuk mashinalari va kranlardan foydalanish mumkin;

  • Yaxshiroq issiqlik izolyatsiyasiga ega;

  • Issiqlikdan kengayish kam;

  • Ancha past elastiklik moduli tufayli kirishish va yer qimirlashlarida amortizatsiyasi yaxshi.

Bilvosita afzalliklari:

  • qurilish inshootlarining uncha katta bo‘lmagan balandligi va ravoqlar uzunligining kattaligi;

  • po‘latning kam sarflanishi;

  • pastda joylashgan konstruktiv elemenlarning o‘lchamlari kichik;

  • poydevor o‘lchamlarining kichikligi, qoziqlarni tejash va kirishishdagi farqlarni to‘g‘rilash;

  • gidratatsiya issiqligini ancha sekin yo‘qotilishi tufayli qishda betonlashning yengilligi;

  • o‘tga bardoshliligi yuqori;

  • yer qimirlaganda gorizontal yuklanishlarning kamligi.

Bu afzalliklardan sun’iy yengil to‘ldirgichlarni qo‘llashning quyidagi yanada qulay imkoniyatlari kelib chiqadi:

  • Oddiy beton juda og‘ir bo‘ladigan yer usti qurilishlarini amalga oshirish;

  • Yengil betondan qilingan ustyopmalardan foydalanib, 70 qavatdan yuqori qurilgan baland uylar;

  • “Xususiy og‘irlik umumiy yuklanish” ning qulay nisbati oqibatidagi piyodalar o‘tadigan ko‘priklar;

  • Uch ravoqli katta ravoqli ko‘priklarning o‘rta qismi;

  • Ko‘priklarning oldindan kuchlantirilgan armatura kamarlari;

  • Vintsimon ko‘priklarning bikirlik to‘sinlari;

  • Osma tomlar;

  • Chiqig‘i uzunligi katta bo‘lgan konsollar;

  • Dengizda burg‘ulash uchun suzuvchi derrikkranlar yoki burg‘ulash platformalari kabi dengizda turuvchi inshootlar;

  • Oldindan kuchlantirilgan yengil betondan suyuq gaz uchun tonkerlar yoki suzib yuruvchi doklar kabi suzuvchi qurilmalar yoki transport vositalari;

  • Zamindagi noqulay sharoitlar;

  • Yirik tayyor elementlar, uncha katta bo‘lmagan transport va montaj og‘irligi bilan;

  • Yaxshi issiqlik izolyatsion xossalari tufayli cherkovlar qurish;

  • To‘ldirgich bilan dekorativ betondan konsol plitalar, paropet devorlar, temperatura ko‘priklarining oldini olish uchun deraza ravoqlari va karnizlari;

  • Qurilish elementi uy tomonidan shishishni barqarorlashtirish uchun qovurg‘asimon konstruksiyaga ega bo‘lishi kerak bo‘lgan joyda yog‘och bezaklar va burmasimon konstruksiyalar.

Biroq bu afzalliklar bilan bir qatorda quyidagi kamchiliklar ham mavjud:

  • Yuqori qo‘shimcha xarajatlar;

  • Ma’lum hollarda sement sarfining yuqoriligi;

  • Ancha kuchli deformatsiyalar;

  • Beton qorishmasini uzatishdagi murakkabliklar;

  • Cho‘zilishga, kesishga ancha past mustahkamlik va shuning uchun siljishga ishlovchi ancha yirik armatura talab qilinishi;

  • Ajratish joylarida mustahkamlikning kichikligi;

  • Ishlab chiqarishda va sifatni ta’minlashda ancha katta sinchkovlik zaruriyati.

Har bir inshootni qurishda texnologiyaning afzalliklarini va kamchiliklarini sinchiklab o‘rganib chiqish va qurilish usulining tejamkorligini baholash zarur. Yer ustida qurishda ko‘pincha faqat ko‘p qavatli uylarni qurishda tejashga erishish mumkin. Iqtisodiy va texnik afzalliklardan to‘la foydalanish uchun ko‘pincha mutlaqo yangi konstruktiv-montaj tizimlarini ishlab chiqish zarur. Ayrim qurilish masalalarini faqat ana shunday tizimlar yordamidagina amalga oshirish mumkin.

Yüklə 13,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin