8
Korxonalar buyurtmasi asosida bajariladigan kurs loyihalarning
afzalligi shundan iboratki, korxona talabalarga ilmiy izlanish olib
borishiga to`liq sharoit yaratadi hamda kerakli ma’lumotlar bilan
ta’minlaydi. Shu bilan birga muallif tomonidan tavsiya etilayotgan
takliflarni ishlab chiqarishga joriy etishga barcha shart sharoitlar
yaratadi va ilmiy izlanishlar natijasidan manfaatdor bo`ladi.
Bitiruv kursida bajariladigan kurs loyihalari bitiruv malakaviy
ishi mavzusi bilan bog`langan bo`lishi, loyiha malakaviy (bitiruv
oldi) amaliyotida qo`llangan ma’lumotlar asosida bajarilishi lozim.
Kurs loyihalarining mavzulari o`quv rejalarida kurs loyihalari
ko`zda tutilgan fanlar bo`yicha darslar olib boruvchi kafedralar
tomonidan taqdim etiladi va tasdiqlanadi.
Loyihani bajarish uchun asosiy yo`riqnoma va ma’lumotlar
kafedra
tomonidan
rasmiylashtiriladigan
kurs
loyihasining
topshirig`ida aks ettiriladi.
Topshiriqda loyihaning nomi, uning hajmini va mazmunini
aniqlovchi tafsilotlar yaqqol belgilanishi lozim. Shu bilan birga
topshiriqda loyihaning hisob-chizma qismini bajarish uchun
boshlang`ich ma’lumotlar, chizmalar soni va ko`rinishi belgilanishi
muhimdir.
Har bir topshiriq ilmiy va uslubiy jihatdan sinchkovlik bilan
o`ylab chiqilgan bo`lib, talabaning tayyorgarlik darajasiga va
loyihani bajarish uchun ajratilgan vaqtga muvofiq kelishi lozim.
Topshiriq mahsus blankalarda (1-ilova) rasmiylashtirilishi va
yo`riqnoma va boshlang`ich ma’lumotlar bilan ta’minlanishi lozim.
Yo`riqnoma va boshlang`ich ma’lumotlar zarur bo`lgan tanqidiy
baholash va tahlilsiz ko`chirib olish va foydalanishni oldini olish
maqsadida juda ham batafsil bo`lishi kerak emas.
Dostları ilə paylaş: