¤збекистон республикаси халк таьлим вазирлиги


 KURS LOYIHALARINI TARKIBIY TUZILISHI



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/12
tarix18.05.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#127044
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Tuyev Kurs ishi Metodik tavsiyalar

 
5. KURS LOYIHALARINI TARKIBIY TUZILISHI 
Kurs loyihasi chizma qismi va hisob-tushuntirish xatidan 
tashkil topishi lozim (arxitekturaviy loyiha asosan grafik ijrodan 
iborat bo`ladi, grafik ijroga yozma tushuntirish qismi hajm jihatdan 
chegaralanmagan holda beriladi). 
Chizmalar davlat standarta talablariga muvofiq bajarilishi 
shart. Ular aniq, ravshan va ihcham bulishi lozim. Umumiy 



ko`rinish, tugunlar va detallarning barcha chizmalari zarur bo`lgan 
proeksiyalar soniga ega bo`lishi shart. 
Chizmalar zarur bo`lgan o`lchamlar, shartli belgilar va mahsus 
ro`yxat bilan, odatda, qalamda yoki mahsus kompyuter dasturlari 
("AutoCad", "CorelDraw" va boshqalar) yordamida bajariladi. 
Ishchi chizmalarda texnologik xaritalarni tuzish va detallarni yasash
qurilish ishlarini bajarish, jihozlar va uskunalarni yig`ish uchun 
zarur bo`lgan barcha o`lchamlar, shartli belgilar va ko`rsatmalar 
keltirilgan bo`lishi shart. Yig`uv va detallashtirish chizmalarida 
loyihalanayotgan qurilma va inshootning ishlatish bo`yicha texnik 
shartlar, tushuntirishlar, yo`riqnomalar va boshqa zarur bo`lgan 
ma’lumotlar keltirilishi lozim. Tushuntirish xatining matni texnik 
jihatdan to`g`ri, qisqa va ihcham bo`lishi lozim. 
Tushuntirish xati loyihalangan inshoot, agregat, konstruksiya 
va shularning asosnomasini o`z ichiga olishi shart. 
Barcha kurs loyihalarida loyihalanayotgan ob’ektga nisbatan 
xavfsizlik texnikasi talablari hisobga olinishi shart. 
 
6. KURS LOYIHASINI TASHKILLASHTIRISH
VA BOSHQARISH 
Texnika sohasidagi OTMlar o`quv rejalarida kurs loyihalari 
soni 4-5 tagacha belgilanadi (arxitektura yo`nalishida loyihalar soni 
bir 
semestrda 
ikkitadan 
oshmasligi 
kerak). 
Ulardan 
umummuxandislik fanlardan - 2 ta loyiha va 2-3 ta maxsus 
fanlardan. Vaqt cheklangan sharoitida loyihalar sonini bundan 
oshirish loyiha materiallarini qisqarishiga, ularni yuzaki va chala 
tugallanishiga olib keladi. 
Umummuxandislik fanlari bo`yicha kurs loyihalari muhim 
ahamiyatga egadir, chunki bu loyihalarda talabalar loyihalash 
bo`yicha boshlang`ich ko`nikmalarga ega bo`lishi va kelgusida 
maxsus fanlardan loyihalarni muvaffaqiyatli bajarishi bunga bog`liq 
bo`ladi. 
Kurs loyihasiga rahbarlik qilish, odatda, tegishli kafedralarning 
yetakchi, ishlab-chiqarish va ilmiy tajribaga ega bo`lgan yuqori 
malakali professor-o`qituvchilariga topshiriladi. 
Kurs loyihalarida qo`yilgan o`quv maqsadlarini ishlab-
chiqarish talablari bilan uzviylashtirish maqsadida, shuningdek 


10 
OTM va korhonalarning loyihalash borasida uzaro tajriba almashish 
maqsadida, kurs loyihasiga rahbarlik uchun ishlab-chiqarishda 
bevosita 
ishlayotgan 
mutaxassislar 
jalb 
etilishi 
maqsadga 
muvofiqdir. 
Kurs loyihasi rejalashtirilgan har bir kafedra tomonidan kurs 
loyihasini bajarish bo`yicha uslubiy qo`llanmalar ishlab chiqilgan 
bo`lishi 
shart. 
Uslubiy 
qo`llanmalarda 
loyiha 
vazifalari, 
boshlang`ich ma’lumotlar, loyihaning tahminiy hajmi, tushuntirish 
xati va alohida qismlarining mazmuni, chizmalar soni, tavsifi va 
masshtabi hamda loyihani bajarish tartibi yetarli darajada aniq 
izohlangan bo`lishi kerak. 
Kurs loyihasiga rahbarlik loyihaga topshiriq berishdan 
boshlanadi. Loyiha topshirig`ini berishda asosiy bosqichlarni 
bajarish vaqtlari ko`rsatilgan grafik tavsiya qilinadi. Kurs 
loyihalarini taqdim etish muddatlari OTM rahbariyati tomonidan 
mazkur yo`nalish o`quv rejasiga mos holda belgilanadi. 
Loyiha topshirig`i loyiha rahbari imzosi bilan beriladi, kafedra 
jurnalida berilgan kun sanasi kayd kilinadi. 
Kurs loyihasining ahamiyati, unga qo`yiladigan talablar, hisob-
grafik qismining tarkibi va loyihani rasmiylashtirish, topshiriqni 
bajarish bo`yicha umumiy topshiriqlar, uning hajmiga bo`lgan 
talablar haqidagi ma’lumotlar mazkur fan bo`yicha kirish ma’ruzasi 
o`qilganda tushuntiriladi. 
Kurs loyihasi, zaruriy uslubiy qo`llanmalar, ma’lumotnomalar, 
standartlar, soha me’yorlari va loyiha namunalari bilan ta’minlangan 
maxsus kurs loyihasi xonasida bajariladi. 
Kurs loyihasi bajarish uchun talabaning mustaqil ishi sifatida 
vaqt ajratiladi va jadvalda ko`rsatilgan vaqtlarda o`qituvchi 
maslaxati tashkil etiladi. Kurs loyihasi raxbari talaba loyihani 
bajarishi jarayonida uning ijodiy bilimini rivojlantirishga harakat 
qilishi kerak. 
Kurs loyihasini bajarish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi, 
birinchi bosqichni bajargandan so`ng keyingi bosqichni bajarishga 
ruhsat etiladi. 
Talabalar tomonidan kurs loyihasining bajarilish jarayoni 
kafedra mudiri tomonidan muntazam ravishda nazorat qilinib
kafedra majlislarida muhokama etib boriladi. 


11 
Kurs loyihasi chizmalari va tushuntirish xati talaba tomonidan 
imzolanada. Qo`yilgan talablarga javob beruvchi kurs loyihasi 
rahbar tomonidan imzolanadi va hay’atda himoya qilish uchun 
tavsiya etiladi. 

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin