Yangi mavzuning bayoni(45 daqiqa).
Mavzu:Microsoft Windows XP “Ish stoli” tuzilishi va unga o’zgartirish kiritish. Reja:
1.Microsoft Windows XP operatsion tizimi “Ish stoli” ko’rinishi.
2. Microsoft Windows XP topshiriqlar paneli.
3. Microsoft Windows XP “Ish stoli”ga o’zgartirishlar kiritish.
1.Windows XP operatsion tizimida ish stoli mavjud. Windows XP ish stoli “Пуск” menyusi va topshiriqlar panelidan tashkil topgan(1-rasm).
2.Topshiriqlar paneli dasturlarni tez ishga tushirish bo’limi, ochilgan dastur va fayllar joylashuvi, til,vaqt va kunni ko’rsatuvchi bo’limlardan tashkil topadi.
K un va vaqtni ko’rsatuvchi bo’lim ustida sichqonchaning chap tugmasini ikki marta bosilsa,kun va vaqtni o’zgartirish darchasi namoyon bo’ladi
(2-rasm).
Bu darchadan kun (oy,yil,kun) va vaqtni (soat,daqiqa va soniya) o’zgartirish imkoniyati namoyon bo’ladi.Kun va vaqtni o’zgartirish darchasi vaqt kengligini (часовой пояс) o’zgartirish bo’limida (GMT +05:00) Islamabad,Karachi, Tashkent bandini tanlash bilan vaqtni Toshkent vaqtiga o’zgartirish mumkin.
3 .“Ish stoli”ning bo’sh qismida sichqonchaning o’ng tugmasi bosilganda 3-rasmdagi kabi ko’rinishdagi darcha paydo bo’ladi. Bu darchada Свойства bo’limini tanlash lozim. 3-rasm.
Bu bo’lim tanlangandan keyin Свойства: Экран darchasi
ochiladi (4-rasm).
Paydo bo’lgan darchada Темы bo’limini tanlash lozim. Темы bo’limida operatsion tizimda ochiladigan darchalarning ko’rinishini o’zgartirish mumkin. Buning uchun bo’limning Tema darchasida Kлассическая va Windows XP ko’rinishlarini tanlash ham mumkin(5-rasm)
Odatda, Windows XP operatsion tizimida Windows XP ko’rinishi tanlangan bo’ladi. Kлассическая ko’rinishi nisbatan sodda ko’rinishga ega bo’lib, Windows XP ga qaraganda operativ xotiraning kamroq qismini band qiladi. Albatta, bu ko’rinish kompyuterning tez ishlashiga ta’sir ko’rsatadi. Cвойства: Экран darchasi Рабочий стол bo’limida(7-rasm) ish stoliga kerakli rasm tadbiq qilish mumkin.Buning uchun Фоновий рисунок darchasi kerakli rasm tanlanadi va OK tugmasi bosiladi. Фоновий рисунок darchasi rasmlar ro’yxatida keltirilmagan rasmni ro’yxatga qo’shish uchun Обзор tugmasi bosiladi.Ochiladigan Обзор darchasidan kerakli rasm joylashgan joyni ochib, rasm tanlanadi va Открыть tugmasi bosiladi.
“Ish stoli” elementlarini boshqarish uchun Настройка рабочего стола… tugmasini bosish lozim.Ochilgan Елементы рабочего стола darchasida kerakli elementlarni “Ish stoli” ga chiqarish yoki olib tashlash va bu elementlarning ko’rinishlarini o’zgartirish mumkin(7-rasm).
Свойства: Экран darchasining Заставка bo’limi yordamida kerakli Заставка taqdim qilish mumkin(8-rasm)
Заставка deb, belgilangan muddat ichida foydalanuvchi sichqoncha yoki klaviaturada harakatni amalga oshirmagan vaziyatda ekranda paydo bo’ladigan rasmlar yoki rasmlar ketma-ketligiga aytiladi.Bu bo’limda kerakli ketma-ketlikni belgilash uchun Заставка darchasidan ketma-ketlik tanlanadi. Интервал darchasida qancha vaqt (daqiqalarda) davomida foydalanuvchi sichqoncha yoki klaviaturada harakatni amalga oshirmaganda Заставка ishga tushishini belgilab qo’yish mumkin. Заставка паролем darchasida belgi qo’yiladigan bo’lsa, Заставка bo’limidan chiqib ketilgan paytda qayd varag’iga kirish parolini so’raydi. Заставка rejimidan chiqib ketish uchun sichqonchani harakatlantirish yoki klaviaturaning ixtiyoriy tugmasini bosish mumkin.
Свойства: Экран darchasi Оформление bo’limi yordamida operatsion tizimi darchalari rangini,shriftini va effektlarini o’zgartirish mumkin(9-rasm).
Ekran tiniqlik darajasini o’zgartirish uchun Свойства: Экран darchasi Параметры bo’limini ochish lozim(10-rasm).
Разрешение экрана bo’limida slayderni kamroq (меньше) yoki ko’proq (больше) tomonga harakatlantirib, mos ravishda ekran tiniqlik darajasini (разрешение) kamaytirish yoki oshirish mumkin.
“Ish stoli”ni tartibga keltirish uchun ixtiyoriy bo’sh joyga sochqonchaning o’ng tugmasi bosiladi. Paydo bo’lgan darchada (11-rasm) Упорядочить значки bo’limini tanlash lozim. Bu bo’limda “Ish stoli” dagi fayllar,yorliqlar va hujjatlarni alfavit (Имя), hajmi (Размер) fayl turi (Тип) va o’zgartirilgan vaqti (Изменен) ko’rsatkichlari bo’yicha ketma-ketlikda tartiblab chiqish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |