Yangi mavzuni mustahkamlash qismi(15-min) FSMU texnologiyasi Ushbu texnologiya munozarali masallarni hal etish hamda о‘quv jarayonini bahs-munozarali о‘tkazishda qо‘llaniladi, chunki bu texnologiya о‘quvchilarni о‘z fikrini himoya qilishga, erkin fikrlash va о‘z fikrini boshqalarga о‘tkazishga, bahslashishga hamda bahslashish madaniyatini shakllantirishga о‘rgatadi.
О‘tkazish tartibi:
Har bir о‘quvchiga FSMU texnologiyasining 4 bosqichi yozilgan qog‘ozlar tarqatilib, unda о‘quvchilar о‘z fikrlarini aniq, qisqa ifoda etgan holda tasdiqlovchi dalililar yoki inkor etuvchi fikrlarni bayon etadilar.
F – fikringizni bayon eting.
S – fikringiz bayoniga sabab kо‘rsating.
M – kо‘rsatilgan sababingizni isbotlovchi dalil (misol) keltiring.
U - fikringizni umumlashtiring.
О‘qituvchi bahs – mavzusini belgilab oladi.
Kichik guruhlarga bо‘linib, FSMU texnologiyasining 4 bosqichi yozilgan katta formatdagi qog‘oz tarqatiladi.
Kichik guruhlarga har birlari yozgan qog‘ozlardagi fikr va dalillar 4 bosqich bо‘yicha yozishlari taklif etiladi.
Kichik guruhlarni yozgan fikrlari о‘qib, himoya qilinishi sо‘raladi
О‘qituvchi tomonidan muammo bо‘yicha fikrlar umumlashtirilib, baholanadi.
О‘qituvchi bahs – mavzusini belgilab oladi. Bahs-munozara mavzusi: Windows oynalari foydalanuvchilar uchun kerakmi? Kichik guruhlarga bо‘lingan о‘quvchilar fikrlarini katta formatdagi qog‘ozlarga bayon etadilar .Guruhning bir a’zosi guruh fikrini himoya qiladi.
F – fikringizni bayon eting. Ha! Foydalanuvchilar uchun Windows oynalari kerak.
S – fikringiz bayoniga sabab ko’rsating. Kompyuterda oson ishlash uchun, vaqtdan yutishda,va hamma piktogrammalarning rasmi berilganligi,hattoki kompyuter olamiga yangi qadam bosayotgan foydalanuvchilar uchun ham qulaylik tug’diradi.