1.2. Kompyuterning dastur ta’minoti haqida ma’lumotlar Kompyuterning ishlashi uchun zarur bo’lgan barcha dasturlarni bir so’z bilan dastur ta’minoti deb yuritiladi. Dastur ta’minoti:
Sistemali dasturlar kompyuterning barcha qurilmalarini, sistemalarini o’z’aro bog’liqli holda ishlashini, hamda foydalanuvchi bilan kompyuter orasidagi muloqotni osonlikcha tashkil etishni ta’minlaydi.
Kompyuterni mikroelektron (fizik) va dasturiy manbalarini samarali taqsimlash, boshqarish uchun mo’ljallangan o’ta yuqori satxdagi dasturga operasion sistema deyiladi. Sistemali dasturlar turiga operatsion sistemalar kiradi.
Hozirgi kungacha turli operatsion sistemalar yaratilgan bo’lib, ularga misol tariqasida MS DOS, UNIX, DRD, WARP, Windows XP, Macintosh va boshqalarni keltirib o’tish mumkin.
Amaliy yoki standart dasturlar foydalanuvchi tomonidan ma’lum bir turdagi ishni bajarishda qo’llaniladigan dasturlar to’plamidir. Boshqacha aytganda ular qatoriga Microsoft office dasturlari paketini keltirish mumkin. Bu dasturlar paketiga MS Word, MS Excel, MS Access, Power Point va boshqalar kiradilar.
Dasturlash tillari foydalanuvchi uchun istalgan bir masalani dastur tuzish orqali kompyuterda hal etish imkonini beradi. Dasturlash tillari qatoriga Beysik, Paskal, Ada, Prolog, SI, Delphi, Clipper, FoxPro, Oracle, HTML, Visual Basic for Aplication va boshqalar kiradi. Fizik, matematik masalalarga dastur tuzishda asosan o’quv jarayoni uchun muljallangan dasturlash tillari Beysik, Paskal, SI, Delphilardan keng foydalaniladi. Iqtisodiy masalalarni hal etishda Clipper, FoxPro, Oraclelarni ishlatish maqsadga muvofiq. HTML, Front Page, Java Script, Visual Basic for Aplication tillari kompyuter uchun Web sahifalar, elektron ma’ruzalar va qo’llanmalar yaratishda ishlatilishi mumkin.
Shaxsiy kompyuterlar uchun operatsion sistemalar. Shaxsiy kompyuterning ishlashi uchun eng avvalo uning xotirasida operatsion sistema qismlari o’rnatilgan bo’lishi lozim. Dastlabki paytlarda sakkiz razryadli shaxsiy kompyuterlar yaratilgan bo’lib, ular uchun birinchi operatsion sistema CP/M-80 (Control Programm for Microcomputers, ya‘ni mikrokompyuterlar uchun boshqaruvchi dasturlar) nomi bilan yuritilgan.
Microsoft (Maykrosoft) kompaniyaining asoschisi va prezidenti Bill Geyts rahbarligidagi bir guruh mutaxassislar tomonidan 16 razryadli shaxsiy kompyuterlar uchun MS DOS (Microsoft Disk Operation System-Maykrosoftning Diskli Operatsion Sistemasi) 1981 yilda yaratildi. Keyingi paytlarda bu operatsion sistemaga o’zgartirishlar, qo’shimchalar kiritilib, tez-tez yangilandi va bir qancha versiya (variant) lari kompyuterlarda qo’llanilmoqda.
MS DOS shaxsiy kompyuter ishga tushirilishi zahoti avtomatik tarzda uning tezkor xotirasiga yuklanadi. Yuklash jarayoni muvaffaqiyatli tugallansa, ekranda C:\ ko’rinishidagi taklif belgisi chiqadi. Bunday belgi joylashgan satrga buyruqlar satri deyiladi. Klaviatura yordamida foydalanuvchi tomonidan kiritiladigan barcha buyruqlar shu satrda yoziladi va har bir buyruq “Enter” klavishini bosish bilan yakunlanadi.
Foydalanuvchi biron bir axborotni MS DOS ning buyruqlaridan foydalanib kompyuterda saqlashi, zarur bo’lganda uni o’zgartirishi, qog’ozlarda chop etishi va boshqa ishlarni amalga oshirishi mumkin.
Ixtiyoriy belgilar ketma-ketligining xotirada biror nom bilan saqlangan sohaga fayl deb yuritiladi. Faylning to’liq nomi ikki qismdan iborat bo’lib, unda fayl nomi va nuqta bilan ajratib yozilgan faylning kengaytmasi yoziladi. Masalan, Command.com, autoexe.bat, system.com, matematik.bas, amaliy.txt, fizik.pas, biolog.tx1, io.sys va boshqalar.
Bu yerda Command, autoexe, system, matematik, amaliy, fizik, biolog, io lar faylning nomlari deyiladi. com, bat, bas, txt, pas, tx1 va sys lar esa faylning kengaytmalaridir. Fayl atributlari deganda, faylning nomi, turi, hosil qilingan sanasi va vaqti tushuniladi.
Papka (Katalog) ham fayl singari nomlanadi. Ammo unda kengaytma bo’lmaydi.
1998 yilning 1 martida Microsoft firmasi tomonidan Windows-XP operatsion sistema yaratilgan bo’lib, u eng mukammal operatsion sistemalardan biri sifatida zamonaviy professional shaxsiy kompyuterlarda qo’llaniladi.
Windows-XP operatsion sistemasi vinchesterning sistema fayllar sohasida joylashib, kompyuter elektr tarmoqqa qo’shilishi bilan Windows-XP ning avtomatik ishga tushishi ko’zatiladi va foydalanuvchi uchun uning barcha imkoniyatlari mujassam bo’ladi.
Windows XP foydalanuvchi ixtiyoriga quyidagi imkoniyatlarni tavsiya etadi:
Dasturlarni ishga tushurish, hujjatlarni ochish, saqlash, disklar bilan ishlash, server, tarmoqlar bilan ishlashni juda oson amalga oshirish va boshqalar.