Zbekiston respublikasi oliy va


Informatikaning asosiy tushunchalarini o’rgatishda grafik organayzerlardan foydalanish



Yüklə 1,49 Mb.
səhifə9/18
tarix11.10.2023
ölçüsü1,49 Mb.
#130037
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
Informatika o’qitishda gra

2.2. Informatikaning asosiy tushunchalarini o’rgatishda grafik organayzerlardan foydalanish.
Shaxsga yo’naltirilgan o’qitish dasturlarining maqsadi o’quvchilar yodlab olishlari uchun tayyor bilimlarni berish emas, balki doimiy ravishda ularning ilmiy izlanish, ijodkorlik tajribasini boyitib borish, har bir o’quvchi(talaba)da bo’lajak professional sifatida o’zini tadqiqotchi qilish mexanizmini shakllantirishni nazarda tutadi. Talabalarni innovatsion faoliyatga jalb etish, ularda ijodiy pedagogik vazifalarni aniqlash, ta’riflash, tahlil qilish va yechish qobiliyatlarini shaklllantirish, ya’ni oldin o’zlashtirilgan bilim va ko’nikmalarni yangi vaziyatga ko’chirish, tanish vaziyatda obyektning yangi funksiyasida muammoni ko’rish, obyekt tuzilishini aniqlash, yechim alternativasini toppish, oldin o’zlashtirilgan faoliyat turlarini paydo bo’lgan muammoli vaziyatdagi faoliyatida birgalikda qo’llash, tanqidiy fikrlashni rivojlantirishdan iborat. Innovatsion ta’lim texnologiyalari bunday pedagogik vazifalarni samarali amalga oshirish imkonini beradi.
Aniq fanlarni o’qitishda ilg’or pedagogic texnologiyalarning qo’llanishi belgili muammolar tug’diradi. Buning sababi aniq fanlarda diskussiya, bahs, alternative g’oyalarni rag’batlantiruvchi mavzular kamdan-kam uchraydi. Aniq fanlar aniq faktlarga, argumentlarga tayanadi va qo’yilgan masalalarni aniq qoida, formula yoki algoritm bo’yicha yechishni o’rgatadi. Shu sababli bunday fanlarda ta’lim oluvchilarning bilimini baholashda ko’pincha reproduktiv test, aniq shablon bo’yicha misol yechish, aniq algoritm bo’yicha dastur turidagi topshiriqlar beriladi. Albatta, ta’lim maqsadlarini amalgam oshirishda belgili me’yorlarda bunday topshiriqlar ham zarur, lekin yuqorida aytib o’tilgan zonaviy pedagoglar oldida turgan buyuk missiyani bajarishimiz uchun, ya’ni ijodiy fikrlashga qodir yoshlrni tarbiyalashiimiz uchun biz ularga ko’pincha real turmushda uchraydigan vaziyat bilan bog’liq muammolarni yechish yo’llarini toppish, bu yechimlarning eng optimal bo’ladiganini tanlash kabi topshiriqlar berishimiz maqsadga muvofiq bo’ladi. O’qituvchining vazifasi ta’lim oluvchilarga bunday topshiriqlarni bajarish uchun zarur bo’lgan axborotni toppish texnikasi, tadqiqot vositalariri bilan qurollantirish va jarayonni boshqarishdan iborat bo’ladi.
Informatika darslarida ta’lim oluvchilarning analitik qobiliyatlari, taqqoslash orqali mantiqiy aloqalar, umumiy qonuniyatlarni o’rnatish, tizimli fikrlash qobilitatlari, muammoli masalalar yechish ko’nikmalari rivojlantirish kerak. Buning uchun fan o’qituvchilari ma’lumotlarni tartiblashtirish, taqqoslash, o’zaro aloqalarni o’rnatish imkonini beruvchi metodlardan va vositalardan foydalansa bo’ladi. Bunday qobiliyatni rivojlantirishda grafikli organayzerlar yordam beradi.

Quyida grafikli organayzerlarni Informatika va axborot texnologiyalari, fanlarini o’qitishda qo’llashga doir misollar keltirilgan.
“Qanday?” iearxiyali diagramma ta’lim oluvchilarning tizimli va ijodiy fikrlash, izlanuvchanlik, tashkilotchilk qobiliyatlarini rivojlantiradi. “Qanday?” diagrammasi muammoni amaliy jihatdan yechish strategiyasini bosqichma bosqich ishlab chiqish ishlatiladi. Bunda yuqoridan pastga qarab quyi darajada amalga oshiriladigan har bir bosqich uchun “Bu qanday amalga oshiriladi?” – degan savolga javob berib boriladi.
Diagramma bo’yicha eng pastki bosqichdan yuqoriga qarab harakatlarni bajarish muammoning yechilishini ta’minlaydi.
Konseptual sxema – o’rganilayotgan vaziyat, hodisa, tushuncha, g’oyalarni bir necha jihatlari bo’yicha taqqoslash orqali tizimli fikrlash, ma’lumotlarni tuzilmaga keltirish, tartiblashtirish ko’nikmalarini rivojlantiradi.




Yüklə 1,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin