Zokirjon saidboboyev



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə12/83
tarix01.01.2022
ölçüsü1,43 Mb.
#107142
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   83
2 5474133365772780609

Beruniy. Sharqshunoslarning taxminicha, Beruniy 150 tacha asarning muallifidir. Ba'zi sharqshunoslar, u 180 tacha kitob yozgan, degan fikrda. Sharqshunoslarning eng keyingi hisobiga kra, Beruniy asarlari quyidagicha taqsimlanadi: astronomiyaga oid asari — 70 ta, matematikaga oidi — 20 ta, geograflya-geodeziyaga oidi — 12 ta, kartografiyaga oidi — 4 ta, iqlim va ob-havoga oidi — 3 ta, mineralogiyaga oidi — 3 ta, falsafaga oidi — 4 ta, fizikaga oidi — 1 ta, dorishunoslikka oidi — 2 ta, tarix, etnograflyaga oidi — 15 ta, adabiyotga oid asari 28 tadir.

Beruniy asarlari orasida geografiyaga doir maxsus kitoblar anchagina; uning astronomiya va boshqa sohalarga baishlangan kitoblarida ham geografik ma'lumotlar kp. Beruniyning uzunliklar va kengliklar, Yer yuzidagi odamlar yashaydigan mamlakatlarning chegaralarini aniqlash, suratga tushirish, havoning isishi va sovishi sabablari trisidagi asarlari ham blgan; u Ptolemey „Geografiya"siga qisqacha sharh ham yozgan.

26

„Osori boqiya" („Al-osor al-boqiya an al-qurun al-holiya"-„Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar") taxminan 1000 yilda, Abu Rayhon Jurjon (Kaspiy dengizining janubi-sharqidagi shahar)da yashaganida yozib tamomlangan. Bu asar 1879 yil ingliz tiliga, 1943 yil fors tiliga, 1957 yil rus tiliga, 1968 yil zbek tiliga tarjima qilinib, nashr etildi. Asarda turli xalqlarning kalendar tizimi, oy va muchal nomlari, bayramlari, Oy manzillari, juda kp meteorologik, fenologik va tarixiy ma 'lumotlar, qabilalar va joylarning nomlari yozilgan. Yevropalik sharqshunoslar bu asami qisqacha „Xronologiya" deb ataydilar.

„Kartografiya" („Tastih as-suvar va tabtih al-quvar") 10 varaqdan iborat risola blib, xorazmshoh Abul Abbos Ma'munga baishlangan. Risolaning kirish szida astronomiya, kartografiya va geografiyaning amaliy ahamiyati tushuntirilgan.

„Geodeziya" („Kitobu tahdidi nihoyot al-amokin li tashih masofat al-masokin" — „Turar joylarning oralaridagi masofalarni aniqlash uchun joylarning chegaralarini belgilash haqida kitob"). Bu kitobning bittagina qlyozma nusxasi mavjud. Unda „23 rajab 426" yozuvi bor; bu-1025 yil 20 oktyabr degani. Kitob shu yili yozib tugatilgan. Aslida Beruniy uni 1017 yilda Xorazmda yoza boshlab, Kobulda davom ettirgan va aznada nihoyasiga yetkazgan.

Kitobning uchinchi bobida dunyo geografiyasi bayon etilgan-shaharlarning kengliklarini aniqlash, iqlimlarga blish, ularning chegaralari, okeanlar, dengizlar va orollarning taqsimlanishi bayon etilgan, shimolda yashaydigan isu va yugra qabilalari tilga olingan.

Kitobning beshinchi bobi joylarning geografik uzunligini aniqlash usullariga baishlangan. Umuman, bu kitobda taklif qilingan va amalda qllanilgan lchash uslublari, asboblari rta asrlarda eng ilor usullar va eng ma'qul asboblar blgan. Beshinchi bobning oxirida kpgina misollar keltirilgan; jumladan, Badod bilan Ray, Ray bilan Jurjon, Jurjon bilan Bolxon oraliqlaridagi meridian farqini aniqlash usuli, Balx va Jurjoniya shaharlarining uzunlik va kengliklariga asoslanib

27

Omul (Chorjy)ning uzunlik va kengligini aniqlash usuli, Babc bilan Buxoro orasidagi masofani ularning kenglik va uzun-liklariga qarab aniqlash usullari va hakozolar berilgan. Olim bir qancha joylarning kenglik va uzunliklarini shu usullarda aniqlagan.

„Hindiston" („Kitobi fi tahqiqi molil hind min maqola Maqbula fil aql au marzula" — „Hindlarga maxsus narsalarni tushuntirish kitobi") ni olim 1020 yilda yoza boshlab, 1030 yilda tamomlagan.



Geografiya uchun bu kitobning ahamiyati katta. Unda umumiy geografik malumotlar (Yer trisidagi ma'lumotlar, qumqlilcning chegarasi, dengiz va quruqliklar, suv ktarilishi va qaytishi, boshlanich meridian tarixi) bilan birga, Hindiston tabiatining mufassal ta'rifi (tolari, daryolari, shaharlari, qabilalari, hayvonoti va hokazo), tom ma'nosi bilan Hindiston tabiiy gegrafiyasi bor. Undagi etnografik malumotlar, din, falsafa, urf-odatlar ta'rifi mufassal va haqiqiydir.

Qoshariy. Mahmud Qoshariyning umumiy turkiy tillarni rganish, turkiy til shevalarining qiyosiy gramatikasini tuzish, folklor va etnografiya sohasidagi xizmatlari benihoya kattadir. Shu bilan birga, u turli tabiiy fanlar atamashunosligini yaratishga va geografiya faniga ham katta hissa qshgan. Mahmud Qoshariy mashhur „Devonu luatit turk" asarini bundan IX asr awal yozib qoldirgan blib, u qimmatli tarixiy-geografik va toponimik manba hisoblanadi.

Qoshariyning geografiyasi quyidagilarni o 'z ichiga oladi:

1) "Devon"da berilgan tabiiy geografik atamalar va ulaming izohi;

2) „Devonu luatit turk"ka ilova qilingan dunyo kartasi;

3) „Devon"da uchraydigan joy nomlari va ularning izohi;



4) rta Osiyoda uchraydigan ayrim qabilalarning joylashishi haqidagi „aholi geografiyasi"ga doir malumotlar;

5) „Devon"dagi astronomik ma'lumotlar, kalendar tkimi -muchallar va ularning tarixi.


Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin