1. Ishlab chiqarish xarajatlarining mazmuni, tarkibi va turlari



Yüklə 95,5 Kb.
səhifə1/3
tarix20.04.2023
ölçüsü95,5 Kb.
#125665
  1   2   3
Korxona xarajatlari


Mavzu:Korxona(firma) xarajatlari va foydasi. Ish haqi va mehnat munosabatlari.

Reja:


  1. Ishlab chiqarish xarajatlarining mazmunini, tarkibi va turlari.

  2. Korxona (firma) ning pul tushumlari va foydasi. Foyda massasi va normasi.

  3. Ish haqining iqtidsodiy mazmuni.


1.Ishlab chiqarish xarajatlarining mazmuni, tarkibi va turlari.Ishlab chiqarish korxonalari faoliyati moddiy va mehnat xarajatlari bilan bog`liq. Xarajatlarning asosiy hissasi mahsulot ishlab chiqarish bilan bog`liq bo`ladi. Ishlab chiqarishning jami xarajatlari mahsulotning ishlab chiqarish tannarxini tashkil etadi va unga qarab ishlab chiqarilayotgan mahsulot korxonaga qanchaga tushayotganini aniqlash mumkin.
Ishlab chiqarish korxonalari mahsulotlarni sotish bilan bog`liq xarajatlarni ham amlga oshirishadi. Bunday xarajatlar ishlab chiqarishdan tashqari yoki tijorat xarajatlari ham deyiladi.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan “Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to`g`risidagi Nizom”ga muvofiq korxonalarning xarajatlari quyidagi guruhlarga bo`linadi:
- mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar;
- ishlab chiqarish tannarxiga kiritilmaydigan, biroq asosiy faoliyatdan olingan foydada hisobga olinadigan hamda davr xarajatlariga kiritiladigan xarajatlar;
- korxona umumxo`jalik faoliyatidan olingan foyda yoki zararlarni hisoblab chiqishda hisobga olinadigan korxonaning moliyaviy faoliyati bo`yicha xarajatlari;
- favqulodda zararlar.
Ishlab chiqarish harajatlari — korxonaning mahsulot i.ch. maqsadlarida, iqtisodiy resurslar sotib olish uchun qilgan pul sarflari. Firma oʻz faoliyatini bozordan moddiy resurslar, yaʼni asbob-uskuna, dastgohlar, transport va aloqa vositalari, xom ashyo, yoqilgʻi, har xil materiallarni, mehnat bozoridan ish kuchini sotib olishdan boshlaydi. Shunga muvofiq holda Ishlab chiqarish xarajatlari tarkibiga xom-ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yonilg'ʻi va energiya xarajatlari, asosiy kapital amortizatsiyasi, ish haqi va ijtimoiy sugʻurtaga ajratmalar, foiz toʻlovlari va boshqa xarajatlar kiradi. Ishlab chiqarish xarajatlariga qilingan barcha xarajatlarning puldagi ifodasi mahsulot tannarxining tashkil qiladi.
Ishlab chiqarish xarajatlarni oʻrganishga iqtisodchilar turlicha yondoshadilar. Jumladan, harajatlarning qiymat nazariyasiga koʻra, Ishlab chiqarish xarajatlar quyidagi turlarga boʻlinadi: doimiy harajatlar: — korxona toʻlov majburiyatlari, soliqlar, amortizatsiya ajratmalari, ijara haqi, qoʻriqlash xizmati harajatlari, boshqaruv xodimlari maoshi va b; oʻzga-ruvchan harajatlar: — xom ashyo, materiallar, yonilgʻi, transport xizmati, ishchilar ish haqi va shu kabilar uchun harajatlar.
Umumiy (yalpi) harajatlar — doimiy va oʻzgaruvchan harajatlar yi-gʻindisi. Bevosita i.ch. harajatlari — konkret mahsulot Ishlab chiqarishga ketgan va bevosita uning tannarxiga oʻtadigan harajatlar. Bilvosita harajatlar — mahsulot tannarxiga bevosita qoʻshilmaydigan harajatlar. Oʻrtacha harajatlar — maʼlum vaqt orali-gʻidagi mahsulot birligiga, tovarlar partiyasi boʻyicha yoki tashkilotlar gu-ruqi boʻyicha bir buyumga toʻgʻri keladigan harajatlarning oʻrtacha kattaligi. Ekspluatatsiya (foydalanish) harajatlari — uskunalar, mashinalar, transport, i.ch. vositalarini va kundalik foydalaniladigan xoʻjalik buyumlarini ishlatish bilan bogʻliq boʻlgan harajatlar (yana q. Muomala harajatlari). Marjinalistik sarf-xarajatlar nazariyasi boʻyicha korxona ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan resurslar oʻz resurslari yoki jalb qilingan resurslar boʻlishi mumkin. SHunga koʻra xarajatlar ichki yoki tashqi xarajatlarga boʻlinadi. Tashqi xarajatlar korxona tomonidan zarur resurs va xizmatlarni tashqaridan toʻlov asosida jalb etishi uchun sarf qilingan xarajatlardir. Korxonaning oʻziga tegishli boʻlgan resurslardan foydalanishi bilan bogʻliq xarajatlar ichki xarajatlar deyiladi. Ishlab chiqarish hajmining oʻzgarishiga (qisqarishi yoki ortishiga) ta’sir qilmaydigan xarajatlar doimiy xarajatlar deyiladi. Oʻzgaruvchi xarajatlar (OʻX) deb ishlab chiqarish hajmining oʻzgarishiga ta’sir qiladigan xarajatlarga aytiladi. Unga xomashyo, material, yonilgʻi, transport xizmati, ishchilar ish haqi va shu kabilarga qilinadigan sarflar kiradi. Ishlab chiqarishning har bir darajasida doimiy va oʻzgaruvchi xarajatlar yigʻindisi umumiy xarajatlar (UX)ni tashkil qiladi.


Yüklə 95,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin