2. O‘quv dasturi mazmuni Gidrologik basharotlar



Yüklə 38,62 Kb.
səhifə1/17
tarix20.09.2022
ölçüsü38,62 Kb.
#117873
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
33

2. O‘quv dasturi mazmuni
Gidrologik basharotlar



Mavzuning nomi

Mavzuning qisqacha mazmuni

Jami

O‘qitishni tashkiliy shakli

Mustaqil ta’lim


Gidrometriya faniga kirish

Gidrometriya fani, predmeti, tadqiqot ob’ekti, tadqiqot usullari. Fanning maqsadi va vazifalari, qisqacha rivojlanish tarixi. Gidrometriyaning amaliy ahamiyati. Gidrometrik kattaliklar va ularni turli o‘lcham birliklari tizimlarida ifodalash.

2

N

1


Gidrologik stansiyalar va postlar

Gidrologik stansiyalar va postlar tarmog‘i. Gidrologik kuzatishlar tizimi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi gidrometeorologiya xizmati markazi (O‘zgidromet) va uning asosiy vazifalari. Gidrologik stansiyalar va postlar tarmog‘ini tashkil etish va ularni joylashtirishning asosiy tamoyillari. Gidrologik kuzatish tarmoqlari tasnifi.

4

N,A

2


Suv sathi haqida

Daryolar, ko‘llar, suv omborlari va boshqa suv ob’ektlarining suv sathi rejimi haqida umumiy ma’lumotlar. Suv sathini kuzatishning mohiyati. Suv sathini kuzatish joylari (postlari) tuzilishining asosiy prinsiplari va ulardagi balandlik hisob tizimlari. Suv o‘lchash postlarining turlari va ularning tuzilishi. Oddiy va uzatma suv o‘lchash postlari. Suv o‘lchash postlarida maksimal (eng baland) va minimal (eng past) suv sathlarini kuzatish, aniqligini oshirishga mo‘ljallangan asbob-uskunalar va qurilmalar.

4

N,A

2


O‘ziyozar suv o‘lchash postlarida suv sathini kuzatish

O‘ziyozar suv o‘lchash postlari. «Valday» tipidagi o‘ziyozar qurilmalarning tuzilishi va ishlash tamoyili. O‘ziyozar suv o‘lchash postlarini o‘rnatish usullari. Masofaga uzatuvchi (distansion) suv o‘lchash postlari. Nishablik postlari. Suv sathini kuzatish va o‘lchash ishlarini tashkil etish. Gidrologik post uchun daryo uchastkasi va joyini tanlash. Postni qurish, jihozlash va nivelirlash. Suv o‘lchash postini bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirish.

6

N,A

3



Yüklə 38,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə